27.12.2010 yildagi 316-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.12.2010 yildagi 316-son
Date of entry into force
27.12.2010
Hujjat 27.12.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“OLMALIQ KMK” OAJNING “RANGLI METALLAR GEOLOGIYASI” ILMIY-ISHLAB CHIQARISH MARKAZINI TASHKIL ETISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorining 4-bandiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sharqiy Qurama” OAJ va “Olmaliq KMK” OAJ aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilganligi hamda “Sharqiy Qurama” OAJni “Olmaliq KMK” OAJga birlashtirish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan “Sharqiy Qurama” OAJning “Olmaliq KMK” OAJga berilayotgan mol-mulki negizida yuridik shaxs maqomisiz “Olmaliq KMK” OAJning “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazini (keyingi oʻrinlarda “Rangli metallar geologiyasi” IICHM deb ataladi) tashkil etish, Olmaliq shahri, Primqulov koʻchasi, 1-uyni uning joylashgan joyi etib belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rangli metallar geologiyasi” IICHMning tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv apparati tuzilmasi hamda markaz toʻgʻrisidagi Nizom loyihasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rangli metallar geologiyasi” IICHM tomonidan 2011-yilda amalga oshiriladigan Geologiya-qidiruv ishlari dasturi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Olmaliq KMK” OAJ va “Sharqiy Qurama” OAJ aksiyadorlarining “Sharqiy Qurama” OAJni “Olmaliq KMK” OAJga birlashtirish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi hamda belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sharqiy Qurama” OAJning davlatga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasiga va qoʻmitaga idoraviy mansub davlat korxonalariga tegishli aksiyalarini davlatning ulushi hisobiga “Olmaliq KMK” OAJ aksiyalari etib konvertatsiya qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan jamiyat aksiyalari “Sharqiy Qurama” OAJ tomonidan bozor qiymati boʻyicha sotib olinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sharqiy Qurama” OAJning jismoniy shaxslarga tegishli aksiyalarini “Olmaliq KMK” OAJning imtiyozli aksiyalari etib konvertatsiya qilishni nazarda tutadigan taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rangli metallar geologiyasi” IICHMning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rangli metallar geologiyasi” IICHMning boshqaruv apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rangli metallar geologiyasi” IICHM toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” OAJ bosh direktoriga “Rangli metallar geologiyasi” IICHMning tashkiliy tuzilmasiga, boshqaruv apparati tuzilmasiga hamda markaz toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Olmaliq KMK” OAJ “Rangli metallar geologiyasi” IICHM 2011-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatishni boshlashini va keyinchalik samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
316-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-dekabrdagi 316-son qaroriga
1-ILOVA

“Olmaliq KMK” OAJning “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkiliy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-dekabrdagi 316 -son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” OAJning “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazining boshqaruv apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-dekabrdagi 316-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmaliq KMK” OAJning “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Olmaliq KMK” OAJning “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz “Olmaliq KMK” OAJning (keyingi oʻrinlarda OKMK deb ataladi) yuridik shaxs maqomisiz filiali sifatida uning alohida boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek OKMK boshqaruv organlari qarorlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz oʻz faoliyatini OKMKning geologiya-qidiruv ishlarini olib borish samaradorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishda qatnashuvchi boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markazga unga OKMK tomonidan biriktirilgan mol-mulk beriladi. Markaz ushbu mol-mulkdan tasarruf etish huquqisiz OKMK tomonidan berilgan huquqlar doirasida foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazga biriktirilgan mol-mulkni begonalashtirish OKMK vakolatli boshqaruv organlarining qaroriga koʻra belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz ilova hisob raqamiga ega va ishlab chiqarish boʻlinmasi huquqi bilan tugallanmagan buxgalteriya balansi tuzadi. Buxgalteriya balansi belgilangan muddatlarda OKMKning yigʻma balansiga kiritish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Markazning tashkiliy tuzilmasi va uni boshqarish apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markazning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonjiza geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-mavzuli guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sharqiy-Qurama geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologik materiallarni kompyuterda qayta ishlash xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahliliy laboratoriya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning boshqaruv apparati tuzilmasi boʻlimlardan va boshqa tarkibiy boʻlinmalardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markazning boshqaruv apparati shtat jadvali OKMK bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markazning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalarning shtat jadvallarini OKMK rahbariyati bilan kelishgan holda hamda bajariladigan ishlarning oʻziga xosligi va hajmi hisobga olingan holda namunaviy tuzilmalarga hamda ishchi va xizmatchilar soni normativlariga muvofiq Markazning direktori tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz boshqaruv apparati boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek Markazning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalar rahbarlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni toʻxtatish Markaz direktorining taqdimnomasiga koʻra OKMKning Bosh direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz boshqaruv apparati boʻlinmalari, shuningdek Markazning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalar xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va ularni toʻxtatish OKMK Bosh direktorining vakolatli oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markaz direktori vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Markazning Bosh muhandisi bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markazning boʻlinmalari, shu jumladan boshqaruv apparatining boʻlinmalari oʻrtasidagi funksiyalarni boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomga va ushbu nizomga muvofiq Markaz direktori taqsimlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Markazning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, rangli metallarning mineral-xom ashyo bazasini hamda ularga qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalarni takror ishlab chiqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rangli metallarning mineral-xom ashyo bazasini hamda ularga qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalarni yanada mustahkamlash va kengaytirish maqsadida yer qaʼrini geologik oʻrganish (izlash, baholash va qidirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OKMK balansiga berilgan qimmatbaho metallar konlarini qayta qidirish va foydalanilayotgan konlarda qidirish ishlari olib borish ustidan metodik nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rangli metallar va ularga qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar zaxirasi oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmasini bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Markazning funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markaz yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) geologik va boshqa maʼlumotlarni tahlil qilish asosida yer qaʼri toʻgʻrisida OKMK geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), oʻrtacha muddatli (uch yilgacha davrga) va yillik dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun materiallarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun obyektma-obyekt geologik topshiriqlar va loyihalar ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning butun hududida istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganishni hamda rangli metallar va ularga qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar oʻsishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konlarni izlash va qidirish texnologiyalarini takomillashtirish uchun qidiruv maʼlumotlarini qiyoslashni hamda rangli va qimmatbaho metallar konlaridan foydalanishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
burgʻulash, kon va boshqa geologiya-qidiruv ishlarining istiqbolli, yillik, choraklik va oylik rejalari ishlab chiqilishini, shuningdek Markaz boʻyicha pul mablagʻlari sarfi smetasi OKMK boshqaruv apparatiga taqdim etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rudali konlar prognozi va ularni qidirish usullarini takomillashtirish boʻyicha tajriba-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari tezkor joriy etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati uchun zarur boʻlgan tovar-moddiy boyliklarga buyurtmanomalar ishlab chiqilishini va OKMKning boshqaruv apparatiga taqdim etilishini, shuningdek ajratilgan limitlar doirasida shartnomalar boʻyicha tovar-moddiy boyliklar olinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qaʼrini geologik oʻrganish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) barcha bosqichlarda geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilishiga metodik rahbarlik qiladi, shuningdek bajarilayotgan ishlarning geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan loyihalariga muvofiqligini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarining natijalari boʻyicha hisobotlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Markazning boʻlinmalari tomonidan geologiya-qidiruv ishlari olib borilishi uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) geologiya tarmogʻi kadrlari malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli asosda ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek oʻz tarkibiga kiradigan boʻlinmalar orqali hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Markazning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OKMK rahbariyatining ruxsati bilan, chet tashkilotlarning roziligi boʻyicha geologik materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun ularning mutaxassislarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OKMK rahbariyatining ruxsati bilan Markazning balansidagi mol-mulkni belgilangan tartibda OKMKning boshqa boʻlinmalariga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OKMK rahbariyati bilan kelishgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mutaxassislardan vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish, shu jumladan shartnomalar asosida ushbu ishga chet tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari rejasi bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy va aylanma mablagʻlar, moddiy-texnika resurslari saqlanishi, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning hisobot hujjatlari belgilangan shaklda oʻz vaqtida taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va texnika xavfsizligiga rioya qilinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish va ijro intizomiga rioya qilinishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaz xodimlarining javobgarligi darajasi qonun hujjatlarida va lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Markaz faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Markazga umumiy rahbarlikni OKMKning bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor amalga oshiradi. Markaz direktori oʻz faoliyatida bevosita OKMK bosh muhandisiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning bosh muhandisi va bosh geologi Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha OKMK bosh direktorining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha OKMK bosh direktorining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ilmiy ishlar boʻyicha bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Markaz direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OKMK bosh direktori tomonidan berilgan ishonchnoma asosida Markaz nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markazning tashkiliy tuzilmasini, boshqaruv apparati tuzilmasini oʻzgartirish toʻgʻrisida OKMK rahbariyatiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisida OKMK rahbariyatiga taqdimnomalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning boshqaruv apparati va tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi Nizomni, shuningdek markaz xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi tashkil etilishini va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga va OKMK Ustaviga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Geologiya-qidiruv ishlarining eng muhim yoʻnalishlarini, geologiya-qidiruv ishlari natijalari boʻyicha loyihalar va hisobotlarni hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish uchun Markaz huzurida 15 kishidan iborat Ilmiy-texnik kengash tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-texnik kengash tarkibiga Markaz boshqaruv apparati va uning boʻlinmalarining mutaxassislari, OKMK kon boshqarmasining bosh geologlari kiradi. Ilmiy-texnik kengash ishiga OKMKning boshqa mutaxassislari ham jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-texnik kengashga Markaz direktori boshchilik qiladi. Ilmiy-texnik kengashning tarkibi va u toʻgʻrisidagi Nizom OKMKning bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Markazning boshqaruv apparati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalar taʼminoti OKMK mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Markazning OKMK boʻlinmalari va chet tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Markaz OKMK boʻlinmalari bilan OKMK boshqaruv apparatining tegishli funksional boʻlinmalari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish aloqalarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markazning OKMK boʻlinmalari, shuningdek chet tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi ushbu Nizomda nazarda tutilgan Markazning vazifalari, funksiyalari va huquqlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Hisob va hisobot. Markaz faoliyatini tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Markaz davlat statistika organlari, moliya organlari va OKMK rahbariyati tomonidan belgilanadigan tartibda va muddatlarda ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliya-iqtisodiy faoliyat natijalarining tezkor, statistika va buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshiradi, oʻzining tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boʻlinmalar boʻyicha buxgalteriya va statistika hisoboti, yigʻma hisobot yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Markazning ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliya-iqtisodiy faoliyatini tekshirish OKMKning tegishli boʻlinmalari tomonidan bir yilda kamida bir marta, shuningdek OKMK faoliyatini tekshirish doirasida belgilangan tartibda nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 519-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)