23.11.2010 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.11.2010 yildagi 260-son
Date of entry into force
23.11.2010
Hujjat 23.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“AHOLI OʻRTASIDA MIKRONUTRIYENT YETISHMASLIGI PROFILAKTIKASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi sogʻligʻini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida” 2010-yil 7-iyundagi OʻRQ-251-sonli Qonunini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2011-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida I nav bugʻdoy uni va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi va sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-son qarori bilan tashkil etilgan Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy hamda maʼnaviy barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, shuningdek mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan va sotadigan korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari joriy etilishi va isteʼmol qilinishini hisobga olgan holda aholi sogʻligʻi mustahkamlanishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Unni boyitish Milliy dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-avgustdagi PQ-153-son qarori bilan belgilangan tartib saqlab qolinsin. Unga muvofiq I nav boyitilgan bugʻdoy uni ishlab chiqaradigan korxonalarga mikronutriyentlar yetkazib berish oldindan haq toʻlanmasdan, keyinchalik korxonalar tomonidan ularning sotib olinishini taʼminlash uchun mikronutriyentlar qiymatiga teng miqdorda boyitilgan un sotilishidan olingan tushumni maxsus hisob raqamiga oʻtkazgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi I nav bugʻdoy unini va osh tuzini boyitish uchun zarur boʻlgan vitamin-mineral aralashmalar va boshqa tovarlar oʻz vaqtida xarid qilinishi va respublikaga yetkazib berilishi boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2011-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqariladigan mahsulotlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan meʼyorlarga va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mikronutriyentlar mavjud boʻlishining tavsiya etiladigan darajalariga muvofiq mikronutriyentlar bilan boyitilishi jarayoni yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining sifati va sotilishi uchun shaxsiy javobgarlik korxonalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikronutriyentlar bilan boyitilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar oʻz mahsulotiga ulgurji-sotish narxlarini belgilashda mahsulotning mikronutriyentlar bilan boyitilishiga mablagʻlar xarajatini hisobga olsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarining boshqa turlarida mikronutriyentlarning zarur darajasi mavjud boʻlishi boʻyicha maʼlumotlar tahlili doimiy asosda olib borilishini, ularning yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mikronutriyent bilan boyitilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini kengaytirishga oid takliflar kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda mikronutriyentlar bilan boyitilishi boʻyicha davlat sanitariya nazorati amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining muayyan guruhlari oʻrtasida mikronutriyentlar saplementatsiyasiga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha doimiy monitoring tashkil etilishini va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi baholanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy yoki boshqa jihatdan mikronutriyentlar bilan boyitilgan tuzni isteʼmol qilish toʻgʻri kelmaydigan shaxslar uchun mikronutriyentlar bilan boyitilmagan tuz ishlab chiqarish va sotish hajmlari belgilanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdavdoninspeksiya”, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari uchun texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oziq-ovqat mahsulotlarini mikronutriyentlar bilan boyitish boʻyicha majburiy talablar mavjudligini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki shtat birligidan iborat boʻlgan Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-2” hamda “Ayollar va bolalar sogʻligʻini mustahkamlash” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma byuro tarkibida saqlab qolsin, ular mehnatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-avgustdagi PQ-153-son qaroriga muvofiq “Unni boyitish Milliy dasturi” loyihasini amal oshirish davrida amalda boʻlgan miqdorda haq toʻlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “Unni boyitish Milliy dasturi” loyihasini amalga oshirish guruhining barcha asosiy va aylanma mablagʻlari ushbu guruhga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 428-modda; 2016-y., 8-son, 79-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)