24.01.2003 yildagi PF-3202-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 24.01.2003 yildagi PF-3202-son
Date of entry into force
24.01.2003
Hujjat 24.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XUSUSIY SEKTORNING ULUSHI VA AHAMIYATINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sektorni jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning roli va ahamiyatini tubdan oshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xususiy tadbirkorlikni keng koʻlamda rivojlantirish, xususiy mulkchilikka asoslangan, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirish natijasida, korxonalarni tashkil qilish va shu asosda iqtisodiyot tarkibida xususiy sektorning ulushini sezilarli darajada oshirish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va bozor oʻzgartirishlarining gʻoyat muhim ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining muhokamasiga taqdim etsin, unda xususiy korxonalarni tashkil qilish hamda uning faoliyati tartibi, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida xususiy mulkchilikning ustuvor darajada oʻsishini ragʻbatlantirishga qaratilgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi koʻzda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi 25 foiz va undan kam miqdorda boʻlishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblansin hamda uni asosan xususiy mulk sifatida sotish amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003—2004-yillarda ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi 25 foiz va undan kamroq boʻlgan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining davlat paketlarini fond bozorida bosqichma-bosqich sotsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda mazkur Farmonning qoidalarini hisobga olgan holda 2003-2005-yillarga moʻljallangan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yilning 1-fevralidan boshlab ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasining eng kam miqdori jamiyat roʻyxatga olingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha 50000 AQSH dollariga ekvivalent summani tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq aksiyadorlik jamiyatlari 2004-yilning 1-yanvariga qadar oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini yuqorida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlmagan summaga yetkazishlari shart, aks holda ular belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga asosan xususiy korxonalarga aylantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat qatnashchilarining soni 50 ta yuridik va jismoniy shaxslardan oshishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-dekabrdagi F-1680-son Farmoyishi bilan tuzilgan xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (R. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulki qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ustav jamgʻarmasini belgilangan miqdorda shakllantira olmagan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish borasida mazkur bandda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga ushbu muddatni uzaytirish muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jismoniy shaxslarning xususiylashtirish jarayonida ishtirokini yanada ragʻbatlantirish maqsadida jismoniy shaxslarning xususiylashtirilgan korxonalar negizida barpo etilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining aksiyalari (ulushlari) boʻyicha dividendlar holida olgan daromadlari besh yil muddatga soliqdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kuzatuvchi kengash qarorini davlatga tegishli aksiyalar paketining ishonchli boshqaruvchisi yoki davlatning ishonchli vakili roziligisiz qabul qilish mumkin boʻlmaydigan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatning ishonchli vakili aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorining ijrosini toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega boʻlgan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarning davlat paketlarini xoʻjalik birlashmalarining ustav jamgʻarmasiga ishonchli boshqarish huquqi bilan topshirishga yoʻl qoʻyiladigan tartib bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, tegishli tarmoqlarda yagona texnikaviy siyosatni amalga oshirish uyushmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar va konsernlarning eng muhim vazifasi hisoblanadi hamda ular oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalarning tezkor faoliyatiga aralashish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining Komplekslari bilan birgalikda 2003-yilning birinchi yarmida ustav jamgʻarmalari tegishli tarmoqlar korxonalarining davlat aktivlari hisobiga tuzilgan xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini chuqur oʻrgansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazilgan tahlil natijalari boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmalar, xoldinglar, kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar va boshqa xoʻjalik birlashmalarining oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalarning tezkor faoliyatiga asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqib, amalga oshirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarni xom ashyo va tovar-moddiy resurslar bilan taʼminlashning bozor mexanizmlarini toʻla miqyosda joriy etish, ularning uyushmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar va boshqa xoʻjalik birlashmalari orqali taqsimlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-2004-yillarda aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini tanlov asosida professional boshqaruv kompaniyalarning ishonchli boshqaruviga bosqichma-bosqich topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Aksiyadorlik jamiyatlari ijrochi organlarining, avvalo direktorlar korpusining aksiyadorlar oldidagi masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatining samaradorligini koʻtarish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorni (boshqaruv raisini) tayinlash toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida, asosan tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor (boshqaruv raisi) bilan ishga yollash shartnomasi bir yil muddatga tuziladi va har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, ayrim hollarda esa kuzatuvchi kengash tomonidan ana shu muddatni uzaytirish yoki toʻxtatish mumkinligi toʻgʻrisida qaror qabul qilib turiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijrochi organ tomonidan kelgusi yilga ishlab chiqiladigan korxona biznes-rejasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki uning topshirigʻi boʻyicha kuzatuvchi kengash tomonidan tasdiqlanishi lozim. Ishlab chiqarishni oʻstirish, foyda olishni koʻpaytirish va dividendlarni toʻlash ana shu biznes-rejaning eng muhim koʻrsatkichlari boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor (aksiyadorlik jamiyatining ijrochi organi) yillik biznes-reja qanday bajarilayotgani toʻgʻrisida har chorakda kuzatuvchi kengash oldida hisobot beradi. Kuzatuvchi kengash yillik biznes-reja qoʻpol ravishda buzilgan yoki uning tasdiqlangan parametrlarini bajarish barbod etilgan hollarda direktor (boshqaruv raisi) bilan ishga yollash shartnomasini muddatidan ilgari toʻxtatish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijrochi direktorlarni va kuzatuvchi kengash raislarini moddiy ragʻbatlantirish aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, kuzatuvchi kengashlar aʼzolarining faoliyatini ularning mazkur aksiyadorlik jamiyatlaridagi yollanma mehnat faoliyati bilan qoʻshib olib borilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Aksiyadorlik jamiyatlari uchun rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi tarkibida Korporativ boshqaruv markazi tashkil qilinsin hamda uning zimmasiga kuzatuv kengashlarining aʼzolari va direktorlar korpusi uchun korporativ boshqaruv, moliyaviy hisobot, samarali menejment boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respulikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF–1740-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 24-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3202-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 13-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 461-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)