O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA” 2000-YIL 26 IYuNDAGI 243-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1781-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ilovaga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) 5-bandda:
“Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatining talablari” ustunidagi “Matbuot nashrlarida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasini cheklash” so‘zlari “Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklama qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi” ustuniga “O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari” so‘zlari qo‘shilsin.
b) 6-bandda:
“Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatining talablari” ustunidagi “Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamalarini tashqi joylashtirishni nazorat qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni moddasi” ustunidagi “23-modda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-oktabr,
240-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 380-modda)