Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.04.2006 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.04.2006 yildagi 66-son
Date of entry into force
21.04.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IJTIMOIY-IQTISODIY TADQIQOTLAR MARKAZINING SAMARALI FAOLIYATI UChUN ZARUR ShART-ShAROITLAR YaRATIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 2-avgustdagi PQ-143-son qaroriga muvofiq va Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yilda Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markaziga Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va bitta yengil avtomashina sotib olish uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining Toshkent shahar, A.Qayumov koʻchasi, 2-uyda joylashgan binosining joriy taʼminoti uchun Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markaziga ikkita yengil xizmat avtomashinasi taʼminoti uchun limit belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazini uning buyurtmanomasiga binoan zarur telefon aloqasi, shu jumladan Hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 21-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-son