27.07.2005 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.07.2005 yildagi 170-son
Date of entry into force
27.07.2005
Hujjat 27.07.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SAMARQAND VILOYAT SIL KASALLIKLARI DISPANSERIGA BINO AJRATISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sihat-salomatlik yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida Samarqand viloyat sil kasalliklari dispanserining shart-sharoitlarini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining Samarqand tumani, Mironkoʻl shaharchasida joylashgan oʻquv-tajriba markazi bino va inshootlari kompleksini keyinchalik unga viloyat sil kasalliklari dispanserini joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi balansidan Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi koʻrsatib oʻtilgan obyektning belgilangan tartibda bepul berish-qabul qilib olinishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Samarqand viloyati hokimligi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi balansiga oʻtkazilayotgan oʻquv-tajriba markazi bino va inshootlari kompleksini homiylar mablagʻlarini jalb etgan holda tegishli ravishda rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi balansiga oʻtkazilayotgan obyektni zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlashda yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 1-ilovadagi 196-pozitsiya — “Oʻquv-tajriba markazi bino va inshootlari kompleksi” chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev va Samarqand viloyati hokimi M.B.Nurmurodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 27-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170-son