Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 03.05.2002 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.05.2002 yildagi 152-son
Date of entry into force
03.05.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumxalq bayrami — 9-may — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 57 yilligi munosabati bilan va urush qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga 9000 (to‘qqiz ming) so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qarorni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita va Milliy xavfsizlik xizmati mazkur pul mukofotlarining tantanali va bayramona vaziyatda to‘lanishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Madaniyat ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz erkinligi va sha’ni himoyachilarini sharaflashga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 3-may,

152-son