15.09.2010 yildagi O‘RQ-256-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.09.2010 yildagi O‘RQ-256-son
Date of entry into force
16.09.2010
Hujjat 16.09.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI TIZIMI YANADA MODERNIZATSIYA QILINIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 29-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlatning maqsadli jamgʻarmalari hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar yigʻilishini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, maʼlumotlar kompyuter bazasining yagona tizimini yuritish asosida soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarining gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini ragʻbatlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiisteʼmolliklarga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalari amalga oshirilganda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish boʻyicha tizimli ishni amalga oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni doimiy asosda taʼminlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 16 va 17-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatish hamda surishtiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga, 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar faqat davlat soliq xizmati organlari boshliqlariga va ularning oʻrinbosarlariga, 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 10-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlarining mansabdor shaxslari, davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan mazkur boʻlinmalar boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkazilib, keyinchalik bu haqda maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda) 401-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar “uchinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmasi boshligʻining tekshiruv oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻladi. Davlat soliq xizmati organlarining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmasi nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organni yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasini oʻtkazilgan qisqa muddatli tekshiruv toʻgʻrisida tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 92-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar “uchinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 15-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-256-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 314-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)