Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.11.2001 yildagi 448-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.11.2001 yildagi 448-son
Date of entry into force
10.11.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 10.11.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SANTEXQUYMA” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATIGA XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika qurilish materiallari tarmogʻiga ilgʻor texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, avtomobil ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish salohiyatini zamonaviylashtirish va jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini xalqaro standartlar talablariga muvofiq oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy investor—“Complect Europe B.V” (Niderlandiya) kompaniyasi oʻz zimmasiga “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyatining biznes-rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish majburiyatini olayotganligi, unga koʻra ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini koʻpaytirish uchun ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, uning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini, shu jumladan texnologik asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish hisobiga oshirish hamda 4 yil mobaynida kamida 4,0 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar qoʻyish nazarda tutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyatining xorijiy investorga sotish uchun moʻljallangan 39,1 foiz aksiyalar paketidan va davlat ixtiyorida qolayotgan ulushni qisqartirish hisobiga 11,9 foiz aksiyalar paketidan iborat 51 foiz aksiyalarini “Complect Europe B.V” (Niderlandiya) kompaniyasiga sotish toʻgʻrisidagi taklifiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasining “Complect Europe B.V” kompaniyasi tomonidan sotib olinayotgan aksiyalar paketi qiymati, kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan valyuta kontraktlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan idoralar korxonalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan moddiy resurslarni sotishdan olingan qonuniy soʻmlar hisobidan toʻlanishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
249520 AQSh dollariga teng miqdordagi 39,1 foiz aksiyalarni sotishdan olingan tushum begʻaraz asosda toʻliq hajmda “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga kreditorlik qarzlarini toʻlash va import xomashyo xarid qilish uchun beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114862,75 AQSh dollariga teng miqdordagi davlat ulushi hisobidan 11,9 foiz aksiyalarni sotishdan olingan tushum Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-maydagi 258-son qarorida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyati import boʻyicha keltirilayotgan ishlab chiqarish asbob-uskunalari va xomashyo uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan istisno tariqasida 2 yil muddatga (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarayotgan mahsulotdan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash muddati 2 yilga kechiktirilsin, ushbu soliq keyingi ikki yil mobaynida har oyda teng ulushlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi sotish xarid qilish shartnomasini bir oy muddatda tuzsin, unda “Complect Europe B.V” (Niderlandiya) kompaniyasi mulk sifatida sotib olayotgan aksiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarorida belgilangan tartibda oʻtkazib berish shartlarini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
448-son