Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.11.1999 yildagi 496-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.11.1999 yildagi 496-son
Date of entry into force
15.11.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAMAKI SANOATINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika tamaki sanoatini rivojlantirishni taʼminlash hamda uning eksport imkoniyatini oshirish, “British Amerikan Tobakko PLS” kompaniyasining investitsiya loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish, texnika bilan qayta jihozlash, tamaki mahsuloti ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha mahalliy ishlab chiqarishlarni barpo etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasi tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda 1999—2004-yillarda tamaki industriyasini mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, Dastur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yilga borib Oʻzbekistonda tamaki sanoati uchun zarur boʻlgan tamaki yetishtirishni 48 foizgacha, bosma-oʻrov materiallari ishlab chiqarishni 56 foizgacha va boshqa komponentlarni ishlab chiqarishni 50 foizgacha, mahalliylashtirishning umumiy darajasini 50 foizgacha yetkazishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma korxonaning eksport imkoniyatini kengaytirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar bilan birgalikda 2004-yilga borib “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta xarajatlarini oʻzi qoplashini taʼminlashni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti Xorijiy investitsiyalar agentligi bilan birgalikda mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilishda “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasiga zarur yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma korxonaning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo materiallari va boshqa mahsulotlar bojxona bojlari toʻlash yuzasidan berilgan imtiyozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod qilish yuzasidan berilgan imtiyozlar, qoʻshma korxonaga markazlashtirilgan valyuta resurslaridan mablagʻ ajratish tegishli miqdorga qisqartirilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlarini qurish va ulardan foydalanish, shuningdek tamaki bargini qayta ishlash va fermentatsiyalash yuzasidan mutlaq huquqlar 2004-yil noyabr oyigacha uzaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining faqat “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasiga 10 yil muddatga “Izmir” tamaki bargini yetishtirish, xarid qilish, qayta ishlash va eksport qilishni tashkil etish huquqini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “OʻzBAT A.J.” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalari boʻyicha “Izmir” tamakisini yetishtirish uchun har yili zarur lalmi yerlar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari “Izmir” tamakisini boshqa xaridorlar tomonidan xarid qilinishini bartaraf etish ustidan nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Izmir” tamakisining ruxsatsiz olib chiqib ketilishini bartaraf etish chora-tadbirlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
496-son