Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.02.1996 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.02.1996 yildagi 67-son
Date of entry into force
19.02.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA DAVLAT TOMONIDAN YORDAM KOʻRSATISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimiz musulmonlarining muborak Haj safarini tashkil etishga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Movarounnahr musulmonlari idorasining 1996-yilgi Haj ziyoratini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muborak Haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar roʻyxatini keng jamoatchilik fikrini eʼtiborga olgan holda tuzish, ularning ehtiyojlari va talablarini odilona va xolisona qondirish, bu jarayonda har tomonlama adolatni taʼminlash masʼuliyati toʻlaligicha Movarounnahr musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi eʼtiborga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Movarounnahr musulmonlari idorasiga 1996-yil Haj safarini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bevosita yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Gʻ. Rafiqov) 1996-yil aprel oyida ziyoratchilarni Jidda shahriga olib borish va qaytarib kelish, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini qisqartirish maqsadida samolyotlarda joʻnash va qaytish punktlarini joylarda tashkil qilish masalalarini hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Gataulin) Movarounnahr musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh. Karimov) ziyoratchilarni Saudiya Arabistonining iqlim sharoitini hisobga olgan holda tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni va Haj davrida tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini noqonuniy yoʻllar bilan Haj ziyoratiga borishi oqibatida roʻy beradigan koʻngilsiz voqealarning oldini olish va ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi (Z. Fayziyev) va Oʻzbekbirlashuv uyushmasi (F. Burxonov) Movarounnahr musulmonlari idorasining buyurtmalariga muvofiq joylarda ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R.Azimov) — Movarounnahr musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyxatga asosan Oʻzbekiston Respublikasidan Haj ziyoratiga boruvchi har bir fuqaro uchun 1238 AQSh dollarini imtiyozli vositachilik haqi olinmagan holda almashtirib berishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ziyoratchilarning tegishli miqdordagi soʻmlarning joylarda umumlashtirilgan holda yigʻib olish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tegishli boʻlimlariga topshirish Movarounnahr musulmonlari idorasining mutasaddi vakillari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu mablagʻlar Movarounnahr musulmonlari idorasining milliy bankdagi maxsus hisob raqamiga jamlanib, belgilangan miqdorda konvertatsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Movarounnahr musulmonlari idorasi barcha zarur toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Hamidov) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi birjasi orqali — 4 mln 333 ming AQSh dollarini sotishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Movarounnahr musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak Haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini, uning yakunlarini keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 19-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67-son