Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.08.1991 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.08.1991 yildagi 207-son
Date of entry into force
06.08.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZSSJ SAVDO VAZIRLIGI, OʻZBEKBIRLAShUV, “UZGLAVLEGSNABSBIT” VA OʻZSSJ DAVLAT TAShQI SAVDO VA ChET MAMLAKATLAR BILAN ALOQALAR QOʻMITASINING JUMHURIYAT ISTEʼMOL BOZORINI XALQ ISTEʼMOLI MOLLARI BILAN TOʻLDIRISh BOʻYIChA IShLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, sovet va xoʻjalik organlari tomonidan, shu jumladan, xorijiy firmalar bilan barter bitimlari tuzish hisobiga tovar resurslarini qidirib topish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay jumhuriyat aholisini ular bilan taʼminlash oʻta keskinligicha qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy yilda jumhuriyat savdo tashkilotlari tomonidan yarmarkalarda ajratilgan fondlardan (amaldagi chakana narxlarda) 887 mln soʻmlik tovarlar kam xarid qilib olindi. Umumittifoq yetkazib berishlari hisobiga ancha miqdordagi goʻsht va sut mahsulotlarining, qand-shakar, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining kelishi masalalari hal qilinmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buning ustiga jumhuriyat sanoati oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish surʼatlarini oshirish oʻrniga joriy yilning yanvar - iyun oylarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ularni ishlab chiqarish hajmlarining 7,3 foiz, goʻsht va goʻsht mahsulotlari yetishtirish boʻyicha esa 11,2 foiz, oʻsimlik moyining 4,5, qaymogʻi olinmagan sut mahsulotining 2,5 foiz pasayishiga yoʻl qoʻydi. Birgina OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan shu davrda oziq-ovqat mollari ishlab chiqarish hajmi 194,2 mln soʻmga kamaytirib yuborildi. Yanvar-iyun oylarida 52 mln soʻmlik nooziq-ovqat mollari savdoga yetkazib berilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar resurslari borasida shunday keskin ahvol hukm surgan bir paytda OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar aholi uchun zarur tovarlarni markazlashmagan tartibda xarid qilib olish boʻyicha ishlarni susaytirib yubordilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, OʻzSSJ Savdo vazirligi va Oʻzbekbirlashuv tomonidan aholini kundalik zarur mollar bilan kafolatli taʼminlash, ularni taqsimlashda ijtimoiy adolatga rioya qilish yuzasidan uzil-kesil choralar koʻrilmadi. Koʻpgina savdo tashkilotlari aholiga un, qand-shakar va boshqa oziq-ovqat turlarini sotishning muvaqqat tartibi talablarini yetarlicha bajarmayaptilar, ularni sotish va qoldiqlarini hisobga olishni kerakli darajada yoʻlga qoʻymadilar. Idoraviy ishchilar taʼminoti boshqarmalari va ishchilar taʼminoti boʻlimlari ishida ham jiddiy nuqsonlar mavjud, bu yerlarda ajratilgan oziq-ovqat resurslari sochib yuborilayapti va ularni sotish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumhuriyatda xorijiy firmalar bilan tovar ayirboshlash operatsiyalari orqali tovar resurslari bilan toʻldirish uchun katta imkoniyatlar boʻlgan bir paytda OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Uzglavlegsnabsbit” va OʻzSSJ Davlat tashqi savdo va chet mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi ushbu ish bilan juda kam shugʻullanmoqdalar, sustkashlikka yoʻl qoʻyishayapti, tuzilgan bitimlar boʻyicha tovarlar yetkazib berish muddatlariga rioya qilish ustidan zarur nazoratni amalga oshirmayaptilar. Muntazam nazoratning yoʻqligi oqibatida tovar ayirboshlash operatsiyalari hisobiga “obroʻli” deb atalmish tovarlar xarid qilib olinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalda barcha tashqi savdo tashkilotlari oʻz faoliyatlarini asosan faqat paxta tolasi va uning chiqindilari asosida amalga oshirishga harakat qilishadi. Boshqa resurslarni jiddiy izlash, mahsulot assortimentini kengaytirish boʻyicha ishlar juda oz amalga oshirilmoqda, Jumhuriyatda tashqi savdo faoliyatining aniq dasturi ishlab chiqilmagan, xalq isteʼmoli mollarini eksport-import qilishning yillik rejalari yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzglavlegsnabsbit”, OʻzSSJ Davlat tashqi savdo va chet mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasining isteʼmol bozorini xalq isteʼmoli mollari, ayniqsa, oziq-ovqatlar bilan toʻldirish borasidagi ishlari yetarli emas deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
M.3.Usmonov, G.G.Volkov, Sh.Q.Gataulin, A.S.Mahmudov oʻrtoqlardan oʻz ishlarini tanqidiy tahlil etish talab qilinsin, nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan choralar koʻrilsin, aholini kundalik zarur mollar va oziq-ovqatlar bilan taʼminlash boʻyicha ishlarning ahvoli uchun mansabdor shaxslarga nisbatan talabchanlik va masʼuliyat oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi (oʻrtoq Islomov), OʻzSSJ Mahalliy sanoat vazirligi (oʻrtoq Chjen) va boshqa vazirliklar va idoralar ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirishga hamda savdo tashkilotlariga xalq isteʼmoli mollarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini buzishga yoʻl qoʻygan har bir korxonani muhokama qilsinlar, joriy yilning III choragi mobaynida yoʻl qoʻyilgan qoloqlikni ular tomonidan toʻldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Dehqonchilik-sanoat (oʻrtoq Joʻrabekov), xalq isteʼmoli mollari, savdo va maishiy xizmat (oʻrtoq Mutalov) komplekslarining rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mumkin boʻlgan bitimlarni ishlab chiqsinlar hamda jumhuriyatni 1992-yilda don bilan taʼminlash yuzasidan, birinchi yarim yillikda kafolatli yetkazib berish sharti bilan, takliflar kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumhuriyat boʻyicha donning yigʻma balansini tayyorlasinlar, ular bilan aholining taʼminlanganligini alohida satrlarda ajratib koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, OʻzSSJ Ichki ishlar vazirligi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son qarori bilan belgilangan sotish normalariga qatʼiy muvofiq holda uzluksiz sotishni taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat tovarlarini, ayniqsa un va non-bulka mahsulotlarining jumhuriyat tashqarisiga olib ketilishini taqiqlash boʻyicha nazoratni kuchaytirsinlar. DAN postlarida bojxonaga oʻxshash xizmatlarni tuzishni ishlab chiqsinlar va 10 kun muddat ichida taklif kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday tovarlarni sotishning belgilangan tartibini buzishga yoʻl qoʻygan hamda ularning olib ketilishiga yordam bergan savdo tashkilotlari va korxonalarining rahbarlarini ishdan boʻshatishgacha qattiq javobgarlikka tortsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. OʻzSSJ Savdo vazirligi va Oʻzbekbirlashuv norma boʻyicha sotiladigan xalq isteʼmoli mollari va oziq-ovqatlarning qoldiqlari boʻyicha jumhuriyat, viloyatlar. shaharlar va nohiyalar miqyosida hisobotni joriy qilsinlar. Har 10 kunda Vazirlar Mahkamasiga mazkur masala boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar taqdim qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalq isteʼmoli mollari, savdo va maishiy xizmat kompleksi (oʻrtoq Mutalov), OʻzSSJ Savdo vazirligi va Oʻzbekbirlashuv viloyatlarga borib tovar resurslarining qay ahvoldaligini koʻrib chiqsinlar va aholini uzluksiz taʼminlash uchun ularni toʻldirish yoʻllarini belgilasinlar. Ikkinchi yarim yillik uchun oziq-ovqat resurslarining balansini tuzsinlar, jumhuriyatning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularni qoplash manbalarini belgilasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda jumhuriyat hududida xizmat koʻrsatuvchi ishchilar taʼminoti boshqarmalari va ishchilar taʼminoti boʻlimlarining ishini atroflicha va batafsil koʻrib chiqsinlar hamda shu yilning 1-sentabrigacha Vazirlar Mahkamasiga ularning keyingi faoliyati haqida takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi OʻzSSJ Davlat tashqi savdo va chet mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Uzglavlegsnabsbit” bilan birgalikda uch oy muddat ichida 1992-yilda xalq isteʼmoli mollarini eksport va import qilish boʻyicha yagona jumhuriyat dasturini, shuningdek, uning bajarilishini taʼminlaydigan zarur normativ aktlarning loyihalarini ishlab chiqsin va Hukumatning koʻrib chiqishi uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari oʻz tasarruflaridagi korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning oʻz ixtiyorlarida qoladigan 10 foizi hisobiga xarid qilib olishga ruxsat berilgan oziq-ovqat mollarining roʻyxatini belgilasinlar va OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasiga taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq isteʼmoli mollari, savdo va maishiy xizmat kompleksiga hamda Umumiqtisodiyot kompleksiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 6-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207-son