Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.06.1991 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.06.1991 yildagi 166-son
Date of entry into force
21.06.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOShKENT VILOYATINING ANGREN ShAHRIDAGI JIGARISTON POSYoLKASIDA ROʻY BERGAN TABIIY OFAT — KOʻChKI OQIBATLARINI TEKShIRISh NATIJALARI YuZASIDAN OʻZBEKISTON SSJ PROKURATURASINING AXBOROTI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuchli jala va seysmik taʼsir natijasida 1991-yilning 4-may kuni Toshkent viloyatining Angren shahridagi Jigariston posyolkasi rayonida tabiiy ofat — koʻchki yuz berdi va u moddiy zarar yetkazdi. Uy-joylar, xoʻjalik imoratlari, kommunikatsiyalar, yoʻllar va boshqa inshootlar zararlandi. Qurbon boʻlganlar bor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, Jigariston posyolkasida yuz bergan koʻchki tasodifiy va kutilmagan hodisa emas. 1990-yilning aprel oyidayoq yoki voqea yuz berishidan bir yil oldin OʻzSSJ Davlat geologiya qoʻmitasining injenerlik-geologiya xizmati 33 xonadondan aholini xavfsiz joyga darhol koʻchirish haqida xalq deputatlari Angren shahar Soveti (oʻrtoq Yusupaliyev)ga rasmiy xatlar yoʻllagan edi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSJ Vazirlar Mahkamasi 1990-yilning 5-may kuni Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi (oʻrtoq Saydaliyev)ga va “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi (oʻrtoq Leleko)ga bu masalani darhol koʻrib chiqib, qabul qilingan chora-tadbirlar haqida jumhuriyat Hukumatini 10 kun muddat ichida xabardor qilishni topshirgan edi. Lekin hech qanday amaliy chora-tadbirlar koʻrilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu masalaga nomaʼlum sabablarga koʻra xavfli zonadan koʻchishni rad etgan Jigariston aholisining gaplariga uchib, Angren shahar ijroiya qoʻmitasi rahbarlari mazkur masalaga murosasozlik bilan, befarq munosabatda boʻlganliklarini alohida qayd qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur rahbarlar sansalorlik, ishda uyushqoqsizlikka yoʻl qoʻydilar, bu bilan ana shu fojianing oldini olish yuzasidan oʻz vaqtida chora koʻrilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar koʻrgan aholiga zarur yordam koʻrsatish va tabiiy ofat oqibatlarini tugatish uchun hukumat komissiyasi va favqulodda jumhuriyat shtabi tuzildi. Odamlar xavfli zonadan darhol koʻchirildi, ularga uy-joy berildi, moddiy yordam koʻrsatildi. Ovqatlanish va tibbiy yordam koʻrsatish, jamoat tartibini saqlash, kundalik ehtiyoj mollari va qurilish materiallari bilan savdo qilish punktlari tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalq deputatlari Angren shahar Sovetining raisi oʻrtoq S.Y.Yusupaliyevning va Angren shahar ijroiya qoʻmitasining raisi oʻrtoq A.M.Aliqulovning boʻlib oʻtgan voqea yuzasidan javobgarliklari haqidagi masalani xalq deputatlari Toshkent viloyat Sovetida koʻrib chiqish zarur va maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni hal etishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi va yuzaga kelgan xavfli vaziyatda odamlar taqdiriga befarq munosabatda boʻlganligi uchun “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori oʻrtoq A.I.Leleko qattiq ogohlantirilsin. Oʻrtoq A.I.Leleko mansabdor shaxslarning javobgarlik darajasini aniqlab, Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi, Angren shahar ijroiya qoʻmitasi, “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi 2 hafta muddat ichida odamlarning koʻchki xavfi boʻlgan zonada bundan buyon xavf-xatarsiz yashashini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar, idoralar, Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi, Angren shahar ijroiya qoʻmitasi, “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi hamda Jigariston posyolkasidagi tabiiy ofat — koʻchki oqibatlarini tugatishda qatnashuvchi boshqa tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga qisqa muddat ichida barcha zarur kuchlar, texnika va moddiy resurslarni toʻplab, sentyabr oyida 50 ta yakka tartibdagi uy-joylarni foydalanishga topshirish vazifasi yuklansin, ular suv, elektr energiya, aloqa va yoʻllar bilan taʼminlansin, shuningdek, 1176 oʻquvchi oʻrniga ega boʻlgan umumiy taʼlim maktabi, 280 oʻrinli bolalar bogʻchasi qurilishi boshlab yuborilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. OʻzSSJ Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi (oʻrtoq Temkin), OʻzSSJ Davlat geologiya qoʻmitasi (oʻrtoq Shoyoqubov), “Oʻzgidromet” (oʻrtoq Chub) xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2 oy muddat ichida aholi yashaydigan joylarni, sanoat korxonalarini va boshqa xalq xoʻjaligi obyektlarini tabiatning xavfli hurujidan himoya qilish masalalarini kompleks hal etishga qaratilgan takliflarni tayyorlab Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OʻzSSJ Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlar ishtirokida 3 oy muddat ichida ilmiy-ishlab chikarish kompleksi (Oʻzbekiston SSJ “GlavINJzashchita”)ni tashkil etish haqida taklif kiritsin, u prognozlash, loyihalash, himoya inshootlarini qurish va ishga tushirish, ekzogen jarayonlarning oldini olish yuzasidan profilaktik chora-tadbirlarni oʻtkazish masalalarini hal qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarmoq boʻlimlari zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 21-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166-son