O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT TEMIR YO‘L TRANSPORTI MUHANDISLARI INSTITUTIGA AKMAL IKROMOV NOMINI QAYTADAN BERISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining professor-o‘qituvchilari jamoasining ushbu institutga Akmal Ikromov nomini qaytadan berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin va bundan buyon u “Akmal Ikromov nomidagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti” deb atalsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 19-aprel,
105-son