Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.11.1996 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.11.1996 yildagi 410-son
Date of entry into force
22.11.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.11.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

GʻOʻZANI PLYoNKA OSTIDA OʻSTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxtachilikni yanada rivojlantirish, noqulay ob-havo sharoitlarida hamda suv taʼminoti yetarli boʻlmagan mintaqalarda paxta xomashyosidan yuqori hosil olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining 1997—2000-yillarda gʻoʻzani 1-ilovaga muvofiq maydonlarda plyonka ostida oʻstirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda gʻoʻzani plyonka ostida oʻstiruvchi xoʻjaliklar roʻyxatini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1996-yilning dekabr oyida xoʻjaliklar rahbarlari va mutaxassislarining gʻoʻzani plyonka ostida oʻstirishning agrotexnika qoidalari va texnologiyasi boʻyicha oʻqishini oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomasiga binoan Andijon mexanika zavodida maxsus plyonka ostida chigit ekish seyalkalarining quyidagi miqdorlarda tayyorlab berilishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 1-martgacha 3 ming dona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998 — 2000-yillarda ekish mavsumi boshlanishigacha yiliga 4 ming donadan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi seyalkalarni koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda tayyorlash uchun “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyatini metall va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashga oid barcha masalalarni shartnoma asosida hal qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 15-fevralgacha 7,5 ming tonna polietilen plyonka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 15-fevralgacha 1998-yil hosili uchun foydalanish uchun 15 ming tonna polietilen plyonka xarid qilinishi va yetkazib berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 15-fevralgacha 15 ming tonna plyonka ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, texnologiya, shuningdek yil davomida har oyda uni ishlab chiqarish uchun xomashyo yetkazib berish yuzasidan xorijiy firmalar bilan kontraktlar tuzilishini taʼminlasin. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi polietilen plyonka ishlab chiqarishni Jizzax plastmassa zavodi maydonlarida joylashtirsin, ishlab chiqarish ishga tushirilishini va uning 1997-yil 15-martgacha loyihadagi quvvatga yetishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi chigit ekish uchun erib ketuvchi plyonka ishlab chiqarishni tashkil etish masalasini ishlab chiqsin va tegishli takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Plyonka ostidagi gʻoʻzadan hosil olishga oid barcha tashkiliy va agrotexnika tadbirlarining oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun shaxsiy masʼuliyat viloyat hokimlarining qishloq xoʻjaligiga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosarlariga, tumanlar va xoʻjaliklarning rahbarlariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 22-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
410-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-2000-yillarda gʻoʻzani plyonka ostida ekish oʻstirish maydonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(ming gektar)

1997‎ 1998‎ 1999‎ 2000‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 6‎ 15‎ 40‎ 80‎
viloyatlar:
Andijon 70‎ 90‎ 90‎ 90‎
Buxoro 10‎ 30‎ 60‎ 80‎
Jizzax 3‎ 15‎ 25‎ 45‎
Qashqadaryo 10‎ 25‎ 60‎ 100‎
Navoiy 3‎ 15‎ 30‎ 40‎
Namangan 18‎ 50‎ 70‎ 85‎
Samarqand 18‎ 50‎ 70‎ 80‎
Surxondaryo 15‎ 45‎ 70‎ 85‎
Sirdaryo 4‎ 15‎ 25‎ 45‎
Toshkent 10‎ 50‎ 70‎ 90‎
Fargʻona 18‎ 50‎ 70‎ 90‎
Xorazm 15‎ 50‎ 70‎ 90‎
Respublika boʻyicha jami 200‎ 500‎ 750‎ 1000‎
Keyingi tahrirga qarang.