28.12.2007 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 28.12.2007 yildagi 174-son
Date of entry into force
28.12.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifati tegishli darajada bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bog‘liq nizolarni hal etish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha sud amaliyotining bir xilligini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sifati tegishli darajada bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashi lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish deb, sifatsiz, nostandart va but bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish anglanilishi sudlarga tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘liq yoki jiddiy qayta ishlovsiz, vazifasiga muvofiq foydalanilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot (tovar) sifatsiz deb tan olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda tasdiqlangan standartlar va metrologiya qoidalari, texnik shartlar va namunalar (etalonlar)ga xilof ravishda chiqarilgan mahsulot (tovar), bunday mahsulot (tovar) belgilangan maqsadlarda foydalanilishi mumkinligi yoki mumkin emasligidan qat’i nazar, nostandart hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Standartlar, texnik shartlar, namunalar (etalonlar) bilan nazarda tutilgan ayrim detallarsiz, ehtiyot qismlarsiz va boshqa elementlarsiz chiqarilgan mahsulot (tovar) butlanmagan mahsulot (tovar) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. FKning 446-moddasiga asosan sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) o‘zi qabul qilgan tovarni qonun hujjatlarida, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda ko‘zdan kechirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi) xuddi shu muddatda qabul qilingan tovarlarning miqdori va sifatini qonun hujjatlarida, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan tartibda tekshirishi va tovarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari to‘g‘risida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek, bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan bo‘lsa, FKning 434-moddasiga binoan sotib oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlarning e’tibori Qonunning 26 va 27-moddalarida nazarda tutilgan sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlarni, shuningdek but bo‘lmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun javobgarlik choralari mazkur Qonunning 24-moddasiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qo‘llanilishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlar shuni hisobga olishlari lozimki, Qonunning 26-moddasiga muvofiq, agar yetkazib berilgan tovarlar sifati, assortimenti va navi bo‘yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga), qonun hujjatlarida yoki xo‘jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi tovarlarni qabul qilish hamda ularning haqini to‘lashni rad etib, yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarimani undirish to‘g‘risidagi to‘lov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin o‘n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish to‘g‘risidagi to‘lov talabnomasi belgilangan o‘n kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. But bo‘lmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi Qonunning 27-moddasiga ko‘ra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida o‘zga muddat belgilangan bo‘lmasa, o‘n besh kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini to‘lashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, belgilangan tartibda to‘langan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishmayotgan qismlar qiymatini qo‘shgan holda, yetkazib beruvchidan but bo‘lmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab bermasa, sotib oluvchi but bo‘lmagan tovarlarni qaytarib berishga hamda but bo‘lmagan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Da’vogar sifatsiz yoki but bo‘lmagan mahsulot (tovar)larning yetkazib berilishidan kelib chiquvchi talablarni va boshqa asoslardan (masalan, kamomaddan, narxlardagi tafovutdan) kelib chiquvchi talablarni, bu talablar ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)ning bitta hisob-kitob hujjati bo‘yicha mahsulot yetkazib berishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, bitta da’vo arizasida birlashtirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mahsulot (tovar)larning yetkazib berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan da’vo talablarini asoslash uchun da’vo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPKning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar;
(9-bandning birinchi xatboshisi birinchi kichik xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot (tovar)lar yetkazib berish nazarda tutilgan shartnoma, bitim, kontrakt yoki qayd etib o‘tilgan hujjatlardan tasdiqlangan nusxa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi)dan olingan, yetkazib berilgan mahsulot (tovar)lar sifatini tasdiqlovchi hujjat (pasport, sertifikat, sifat to‘g‘risida guvohnoma va h.k.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berilgan mahsulot (tovar)larning sifati va butligi (komplektligi) standartlar, texnik shartlar, namunalar (etalonlar)ga, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan talablarga nomuvofiqligini belgilovchi dalolatnoma; tijorat dalolatnomasi, agar transportda amal qiluvchi qoidalarga muvofiq ana shunday dalolatnoma tuzilgan bo‘lsa; qayta tekshirish dalolatnomasi, agar ishlab chiqaruvchi tomonidan unga qaytarilgan mahsulot (tovar)lar belgilangan tartibda qayta tekshirishdan o‘tkazilgan bo‘lsa va bu qayta tekshirish dalolatnomasi da’vogarda bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda — yetkazib berilgan mahsulot (tovar) muvofiq kelishi kerak bo‘lgan standartlar yoki texnik shartlar yoxud ulardan tasdiqlangan ko‘chirmalar, namunalar olish dalolatnomasi va laboratoriya tahlillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘lov talabnoma-topshirig‘i, akkreditiv, yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi)ning pattasi yoki uning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
da’vo summasining asosli hisob-kitobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot (tovar)lar narxi tushirilganda yoki ular sifati bo‘yicha pastroq toifaga o‘tkazilganda ularning haqiqatda olingan sort sifat bo‘yicha kirim qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot (tovar)larni temir yo‘l, suv yoki havo transporti bilan yetkazib berishda — transport yuk xati (konosament), mahsulot (tovar)larni avtomobil transportida yetkazib berishda — tovar-transport yuk xati yoki qayd etib o‘tilgan hujjatlarning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oluvchi — korxona jamoatchilik vakiliga yoki boshqa korxona vakiliga berilgan guvohnoma Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar va xalq iste’moli tovarlarini sifati bo‘yicha qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga mos holda berilgan bo‘lib, agar u mahsulot (tovar)larni qabul qilib olishda qatnashgan va shartnoma shartlariga ko‘ra mahsulot (tovar)ni qabul qilib olish ham mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lsa;
(9-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) yoki boshqa tashkilotlarning vakilini mahsulot (tovar)larning sifati yoki butligini tekshirishda va dalolatnoma tuzishda qatnashish uchun chaqirish to‘g‘risidagi xat, telegramma yoki telefonogrammaning nusxasi, agar bunday chaqirish qayd etilgan Yo‘riqnomada, tomonlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Da’vo savdo korxonasi tomonidan berilgan bo‘lsa, qayd etib o‘tilgan hujjatlardan tashqari, u:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narx pasaytirilishining iste’molchiga ma’lum qilinganligi to‘g‘risidagi dalillarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez buziladigan sifatsiz mahsulot (tovar)larning qayta baholanganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risidagi dalillarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot (tovar)larning ular o‘tkazilgan sort (sifat)dagi narx bo‘yicha sotilganligi yoki ularning qayta baholanganligi to‘g‘risida korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolangan ma’lumotnomani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar mahsulot (tovar)lar hali sotilmagan bo‘lsa, ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan mahsulot (tovar)larning tegishli sort (sifat)ga qayta markirovka qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez buziladigan sifatsiz mahsulotni yo‘q qilinganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda tuzilgan dalolatnomani yoki shu dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mahsulot (tovar)larning tegishli darajada sifatli bo‘lmaganligi sababli qiymatini to‘lashni to‘la yoki qisman rad etganligi yuzasidan savdo korxonasiga nisbatan da’vo berilganda, sud bunday rad etishning asosliligini tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo korxonasining ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi, sotuvchi)ga nisbatan mahsulot (tovar)larning kafolat muddati tamom bo‘lishidan oldinroq ishdan chiqqan va xaridor tomonidan savdo tarmog‘iga qaytarilgan mahsulot (tovar)larning qiymatini undirish bilan bog‘liq da’volari taqdim etilganda, sudlar kafolatli tuzatishni amalga oshiradigan maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ma’lumotnomalari mavjudligini tekshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi)ning mahsulot (tovar)larning kamchiliklarini beminnat bartaraf qilish yoki ularni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash haqidagi talablari qanoatlantirilgan taqdirda, savdo korxonasining tovar ishlab chiqaruvchiga nisbatan qaytarma talab qilish (regress) huquqi yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oluvchi korxona transport organidan yuklarni qabul qilib olishda transportda amal qiluvchi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashish paytida yukning saqlanishi ta’minlanganligini tekshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur toifadagi nizolarni hal etishda iqtisodiy sud transport tashkilotlaridan yukni qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga rioya qilinganligani tekshiradi, tijorat dalolatnomalariga, tashish paytida mahsulot (tovar)lar sifatining saqlanishi ta’minlanganligi yoki ta’minlanmaganligidan dalolat beruvchi boshqa hujjatlarga huquqiy baho beradi.
(11-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishdagi mavjud hujjatlar, shu jumladan ekspertiza, ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirlik va idoralarning xulosalari sud tomonidan tanqidiy baholanishi kerak. Sud, xususan, mahsulot (tovar)larni sifat va butligi bo‘yicha qabul qilib olishda, shu jumladan mahsulot (tovar)larning sifati va butligini tekshirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan mahsulotdan namuna olishda sinov uslublarida, shuningdek ish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar mohiyati yuzasidan xulosa bergan shaxslar tomonidan standartlar, texnik shartlar, boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilinganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, mahsulot (tovar)larning sifatini tanlab tekshirish natijalari, agar bunday tekshirish sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan standartlar, texnik shartlar va tomonlar uchun majburiy bo‘lgan boshqa qoidalar yoki shartnoma asosida va belgilangan tartibga rioya qilingan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, butun turkumga taalluqli bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolgan hollarda tanlab tekshirishning natijalari yetkazib berilgan butun turkumga tatbiq etilmaydi va faqat mahsulot (tovar)larning tekshirilgan qismiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar standartlar, texnik shartlar va shartnoma bilan mahsulot (tovar)larning sifati va butligi bo‘yicha, shuningdek mahsulot (tovar)lar o‘ralgan idishlarni qabul qilish tartibi kelishilgan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan barcha talablarni aniq bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Da’vo muddati sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan unga yetkazib berilgan mahsulot (tovar)larning kamchiliklari yoki but emasligi belgilangan tartibda aniqlangan kundan boshlab hisoblanadi. Yetkazib berilgan mahsulotning tegishli darajada sifatga ega emasligini yoki but emasligini belgilovchi dalolatnoma o‘z vaqtida tuzilmagan hollarda, da’vo muddati dalolatnoma tuzilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot (tovar)larning ishlab chiqaruvchisi bo‘lmagan yetkazib beruvchi sotib oluvchi (oluvchi)ga yuklab jo‘natishdan oldin mahsulot (tovar)larning sifati yoki butligini yalpi yoki tanlab (qisman) tekshirishi shart bo‘lgan bo‘lsa, yetkazib beruvchi tomonidan jo‘natilgan mahsulot (tovar)larning tegishli darajada sifatga ega emasligi yoki butligi bilan bog‘liq sotib oluvchi (oluvchi)ning ishlab chiqaruvchiga nisbatan da’vosi uchun da’vo muddati tegishli darajada sifatga ega bo‘lmagan yoki but bo‘lmagan mahsulot (tovar)lar haqidagi dalolatnoma jo‘natuvchi tomonidan tuzilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tegishli darajada sifatli bo‘lmagan yoki but bo‘lmagan mahsulot (tovar)larning yetkazib berilishi yuzasidan sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan yetkazib beruvchiga da’vo qilinsa, da’vo muddati yetkazib berilgan mahsulotning tegishli darajada sifatli bo‘lmaganligini yoki but bo‘lmaganligini aniqlaydigan dalolatnoma sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan tegishli tartibda tuzilgan yoki tuzilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qachonki, mahsulotning ishlab chiqaruvchisi bo‘lmagan yetkazib beruvchi uning uchun belgilangan tartibga muvofiq o‘z omborida ishlab chiqaruvchidan olingan mahsulot (tovar)larning sifatini yoki butligini tekshirishga majbur bo‘lmasa, sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan ishlab chiqaruvchiga ham, yetkazib beruvchiga ham da’vo qilishi uchun da’vo muddati mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sotib oluvchi-fuqarolar tomonidan tovarlarning kafolatli ta’mirini amalga oshiradigan maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ma’lumotnomalari asosida tovarlarning qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan savdo korxonalarining da’volari bo‘yicha da’vo qilish muddati sotib oluvchi-fuqaroning savdo korxonasiga belgilangan tartibda ma’lumotnomani ilova qilib murojaat qilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Regress tartibida da’vo qilish muddati da’vogar tegishli mablag‘larni uchinchi shaxsga o‘tkazish yuzasidan bankka topshiriqnoma bergan kunidan yoki tan olingan mablag‘ni o‘tkazish uchun topshiriq berilmagan bo‘lsa, e’tirozning tan olingan kunidan yoki regress da’voni taqdim etish uchun asos bo‘lgan iqtisodiy sudning qarorini olgan kunidan yoxud tegishli mablag‘ni akseptsiz (so‘zsiz) tartibda hisobdan o‘chirish to‘g‘risidagi bankning xabarnomasi olingan kundan boshlab hisoblanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agar sotib oluvchining yetkazib beruvchiga nisbatan yaroqsiz deb topilgan va yetkazib beruvchiga qaytarilgan mahsulot (tovar)lar qiymatini qaytarish to‘g‘risidagi da’vosini hal etishda mahsulot (tovar)larning asossiz ravishda yaroqsiz deb topilganligi aniqlansa, sud berilgan da’voni qanoatlantirishni rad eta turib, aynan shu qaror bilan sotib oluvchining zimmasiga unga tegishli bo‘lgan va yetkazib beruvchining mas’ul saqlanishida bo‘lgan mahsulot (tovar)larni muayyan muddatda tasarruf etish majburiyatini yuklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yetkazib beruvchi sotib oluvchining farmoyishini bajarishdan bosh tortgan holda. sotib oluvchi da’vo muddati davomida mahsulot (tovar)lar uchun to‘langan summani qaytarish to‘g‘risida yetkazib beruvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir. Bu muddat mahsulot (tovar)lar sotib oluvchi tomonidan yetkazib beruvchiga qaytarib berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1993-yil 3-iyundagi “Sifati lozim darajada bo‘lmagan mahsulotlar (tovarlar) yetkazib berish bilan bog‘liq nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi 18-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174-son