28.12.2007 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 28.12.2007 yildagi 175-son
Date of entry into force
28.12.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudI PLENUMining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOVARLARNI TANLAB OLMASLIK BILAN BOGʻLIQ NIZOLARNI HAL QILISHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sud amaliyotining bir xilligini shakllantirish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiy sudlar tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonunchilikni qoʻllashlari lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tovarlarni tanlab olmaslik deganda, mahsulot yetkazib beruvchining omboridan sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni shartnomada belgilangan tartib va muddatda olib chiqish (olish) majburiyatini bajarmasligi tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. FK 448-moddasining birinchi qismiga muvofiq, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi (oluvchi)ning yetkazib beruvchi joylashgan yerda tovarlarni tanlab olishi nazarda tutilgan boʻlsa, sotib oluvchi (oluvchi) oʻziga topshirilayotgan tovarlarni ular topshiriladigan joyda koʻzdan kechirishi lozim. Tovarlarning shartnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, u bunday tovarlarni olishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, tovarlarning tayyorligi toʻgʻrisida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan soʻng oqilona muddatda tanlab olmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga shartnomani bajarishdan bosh tortish yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini toʻlashni talab qilish huquqini beradi (FK 448-moddasining ikkinchi qismi).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni tanlab olmaganlik uchun sotib oluvchidan neustoyka undirish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishda shartnomada belgilangan muddatda uning tanlab olish amalga oshirilishi lozim boʻlgan ombori yoki bazasida mahsulot yetkazib berishning shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va assortimentda tovarlar mavjud boʻlganligini va bu tovarlar sifati, navi, qadoqlanishi, oʻrami va shu kabilar boʻyicha shartnoma shartlariga muvofiqligini hamda daʼvo qilingan paytda mavjud boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishga majburdir.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqishda iqtisodiy sudlar taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalar yoki shartnomaning tovarlarni tanlab olish (topshirish) tartibi toʻgʻrisidagi shartlaridan kelib chiqishlari va taraflar tomonidan bu shartlarga rioya qilinishini tekshirishlari lozim. Xususan, agar tovarlarni tanlab olish sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining tovarlarning topshirishga tayyorligi haqidagi bildirish xatida koʻrsatilgan maʼlum bir muddat ichida amalga oshirilishi lozim boʻlgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan ushbu bildirish xatining yuborilganligi tekshirilishi lozim. Agar sotib oluvchining (oluvchining) tovarni olish uchun kelishining aniq muddatlari shartnoma bilan belgilangan boʻlsa yoxud ular belgilanmagan hollarda va mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarning topshirishga tayyor ekanligi haqidagi bildirish xati oʻz vaqtida yuborilgan boʻlib, sotib oluvchi (oluvchi) tovarni olish uchun mahsulot yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) kelmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchining (oluvchining) kelmaganlik holatini isbotlashga majbur emas.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda sotib oluvchi (oluvchi) tovarni olish uchun mahsulot yetkazib beruvchining omboriga oʻz vaqtida kelganligini, shuningdek sotib oluvchi (oluvchi) hozir boʻlgan paytda mahsulot yetkazib beruvchining omborida shartnomada kelishilgan tovarning mavjud boʻlmaganligini isbotlash majburiyati uning zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan tanlab olingan tovarlarni mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan berilishining rad etilishi yoki mahsulot yetkazib beruvchining omborida kelishilgan assortimentdagi tovarlarning mavjud boʻlmaganlik holatlari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shartnomada sotib oluvchi hisoblanmagan oluvchi tomonidan tovarlarni tanlash nazarda tutilgan hollarda, tanlab olmaslik uchun javobgarlik shartnoma boʻyicha sotib oluvchining zimmasida boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (oʻz muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — 10 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar tanlab olinmagan hollarda yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etgan holda, tanlab olinmagan tovarlar qiymati toʻlanishini talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sotib oluvchi tomonidan tovarlarni bir necha bor tanlab olmaslik FKning 455-moddasiga muvofiq, mahsulot yetkazib berish shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi va mahsulot yetkazib beruvchining shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Qonunning 24-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik uchun javobgarlik chorasi qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1994-yil 5-yanvardagi “Mahsulot va mollarni oʻz vaqtida tanlab olib ketmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi 20-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175-son