Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI PLENUMINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh VA OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish kiritilsin:
4-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “huquqni keltirib chiqaruvchi bitim” soʻzlari “huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat” soʻzlari bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 136-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish kiritilsin:
1) rus tilidagi matnining kirish qismidagi “(novaya redaksiya)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2) kirish qismining uchinchi xatboshisidagi “kassatsiya shikoyati” soʻzlari “kassatsiya shikoyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi ““Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 142-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish kiritilsin:
1) rus tilidagi matni 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “zatrebuyet” soʻzi “istrebuyet” soʻzi bilan almashtirilsin;
2) 32-bandining beshinchi xatboshisidagi “Agar qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan boʻlsa,” soʻzlari “Qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan holda,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 176-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish kiritilsin:
rus tilidagi matni IV-bandining ikkinchi xatboshisidagi “ot 15-iyunya 2007 goda № 163 “O nekotorix voprosax primeneniya xozyaystvennimi sudami grajdanskogo zakonodatelstva, reguliruyuщix otvetstvennost za neispolneniye ili nenadlejaщeye ispolneniye obyazatelstv” soʻzlari “ot 15-iyunya 2007 goda № 163 “O nekotorix voprosax primeneniya aktov grajdanskogo zakonodatelstva ob imuщestvennoy otvetstvennosti za neispolneniye ili nenadlejaщeye ispolneniye obyazatelstv” soʻzlari bilan almashtirilsin.
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni koʻrishda respublika xoʻjalik sudlari tomonidan qonunchilikni tatbiq etish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 53-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Toshkent sh.,
2008-yil 30-oktabr,
189-son