17.05.2010 yildagi 92-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.05.2010 yildagi 92-son
Date of entry into force
17.05.2010
Hujjat 01.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ELEKTR ENERGETIKASI TOʻGʻRISIDA” 2009-YIL 30-SENTABRDAGI OʻRQ-225-SON QONUNI)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 17-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizom II boʻlimining 1.3-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) isteʼmolchilar tomonidan elektr qurilmalarining yagona elektr energetikasi tizimi tarmoqlariga yoki issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarning issiqlik taʼminoti korxonalari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyilishi korxonalar va tashkilotlardan ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatining 10 baravari miqdorini undirib olishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“k” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“k) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan qoidalar talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatidagi hamda ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi yozma koʻrsatmalarining muntazam bajarilmasligi ushbu qurilmalar balansida boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, uzatiladigan yoki mazkur qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiya oʻrtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy choralar qoʻllashga sabab boʻladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-banddagi “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaning 12-bandidagi “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandning birinchi xatboshiga “Fuqarolik kodeksiga” soʻzlaridan keyin “Elektr energetikasi toʻgʻrisida” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Elektr energiyasiga amaldagi tariflar oʻzgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan kamida oʻn besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “joriy etilgan” soʻzlari “kuchga kirgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125 va 126-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“125. Elektr energiyasi isteʼmolchilari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining elektr qurilmalarini texnik shartlarga muvofiq hududiy elektr tarmoqlariga ulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifat koʻrsatkichlari davlat standartlariga muvofiq boʻlgan elektr energiyasi olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi yetkazib berishning toʻxtatib qoʻyilishi sabablari toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ular isteʼmol qiladigan elektr energiyasi hajmlarining oʻzgartirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish. Bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini oʻzgartirish boʻyicha taklif moʻljallanayotgan oʻzgartirishdan oldin 10 kundan kechikmay (joriy oy tugagungacha) berilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi toʻliq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat koʻrsatkichlari davlat standartlariga muvofiq boʻlmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga kelayotgan nizolarni hal etish uchun sudga yoki boʻysunishi boʻyicha yuqori tashkilotga, mansabdor shaxsga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Elektr energiyasi isteʼmolchilari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti shartnomasi shartlarida belgilangan elektr energiyasini isteʼmol qilish rejimiga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq, kelgusi hisob-kitob oyi uchun elektr energiyasi va isteʼmol qilinadigan quvvat hajmi uchun oʻz vaqtida haq toʻlash (maishiy isteʼmolchilardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlatilayotgan elektr qurilmalari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr taʼminoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi toʻgʻrisida xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasining elektr qurilmalarining texnik holati yaxshilanishiga va ishlatishning tashkil etilishiga, shuningdek elektr energiyasidan oqilona foydalanilishiga yoʻnaltirilgan yozma koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarining talablari bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga olish priborlarini koʻrishiga imkon berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabiga koʻra quyidagilarni hisobga olishi va xabar qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilinayotgan quvvatning har sutkalik, har oylik sarfi va amaldagi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona elektr energetika tizimining eng koʻp va eng kam yuklamali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona elektr energetika tizimining eng koʻp yuklamasining oʻtish davrida aktiv energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr taʼminoti korxonasi quyidagi hollarda elektr energiyasini isteʼmolchiga yetkazib berishni belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyishi mumkin va uzib qoʻyish oqibatlari uchun javob bermaydi:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “elektr qabul qilgichlar” soʻzlari “elektr qurilmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 152-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)