Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.05.1995 yildagi 196-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.1995 yildagi 196-son
Date of entry into force
31.05.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 31.05.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MINTAQAVIY OLIY OʻQUV YuRTLARINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar markazlarida tashkil etilgan oliy oʻquv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ularning ilmiy-intellektual potensialini va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, tasarrufida oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda yuqorida qayd etilgan oliy oʻquv yurtlarining hamda akademik institutlarning taniqli olimlarini hamda yuqori malakali oʻqituvchilarini pedagogik va ilmiy faoliyatni olib borish uchun, doimiy ishdagi besh yil mobaynida ularning lavozim maoshlariga 50 foizgacha miqdorda ustamalar belgilashni nazarda tutgan holda yoʻllasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv semestrlari davrida Toshkent shahridagi oʻquv yurtlarining tajribali professor hamda oʻqituvchilarini leksiyalar kurslarini oʻqish va fan, texnika hamda texnologiya yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida mintaqaviy yoʻllashni amalda qoʻllasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy oʻquv yurtlarining ilmiy-pedagogik potensialidan va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 1995-yil 1-iyulgacha oliy oʻquv yurtlarining viloyatlardagi filiallari tarmogʻi qayta koʻrib chiqilsin va ularni viloyatlar oʻquv yurtlariga fakultetlar, oʻquv boʻlinmalari sifatida berishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Toshkent shahar oliy oʻquv yurtlarida viloyatlar oliy oʻquv yurtlaridan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida aspirantura va doktoranturaga yoʻllayotganlar uchun oʻrinlar ajratsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy oʻquv yurtlari huzurida, ularning oʻqituvchi-professorlarini jalb qilib, ularga oliy oʻquv yurtlari, gimnaziyalar, litseylar tashkil etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy oʻquv yurtlarini ijtimoiy rivojlantirishni yaxshilash maqsadida band boʻlmagan xonalarni, taʼlim va tarbiya ishlariga zarar yetkazmay, shartnoma asosida vaqtincha ijaraga berishga ruxsat etsinlar. Oliy oʻquv yurtlari xonalarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar, bu mablagʻlar oʻquv jarayonining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltirilgan taqdirda, mahalliy budjetga soliq toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy oʻquv yurtlariga budjetdan tashqari mablagʻlarni oʻqituvchilar va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻllashiga ruxsat etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy oʻquv yurtlari xodimlarini budjetdan tashqari oʻz mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Viloyatlar hokimliklari respublikaning yetakchi oʻquv yurtlaridan vazirliklar va idoralar yoʻllanmalari boʻyicha kelayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislarga turarjoyni navbatdan tashqari berish tartibini belgilasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va fan boʻlimiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196-son