Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.10.1997 yildagi 488-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.10.1997 yildagi 488-son
Date of entry into force
29.10.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-YILNING IV ChORAGIDA DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun isteʼmolchilar hisob-kitoblarini oʻz vaqtida qilishlarini taʼminlash, shuningdek xalq xoʻjaligida toʻlov intizomining ahvolini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ilgari tuzilgan kontraktlar, shu jumladan, fyuchers asosida tuzilgan kontraktlar boʻyicha paxta tolasi uchun mablagʻlarning “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasiga oʻz vaqtida tushishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi 1997-yil hosilidan topshirilgan paxta xomashyosi uchun uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan joriy yil oxirigacha hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
debitorlik va kreditorlik qarzlarini tarmoq ichida va idoralararo uzish yoʻli bilan ikki tomonlama oʻzaro qarzdorlikni qisqartirishga oid asoslangan takliflarni bir oy muddatda tayyorlasin va ularni Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha respublika komissiyasining koʻrib chiqishi uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari bilan birgalikda 1997-yil noyabr-dekabr oylarida muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini, ularni solishtirish dalolatnomalarini rasmiylashtirgan holda, yalpi xatlovdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻliq qamrab olinishini taʼminlashda hamda muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari xatlovi sifatli oʻtkazilishida har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar xatlov natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq daʼvo muddati tamom boʻlgan debitorlik qarzlarini 1998-yil 1-yanvargacha hisobdan chiqarsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki, tijorat banklari ishtirokida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari 1998-yil 1-yanvardagi balans boʻyicha hisobotda toʻliq va aniq aks ettirilishini taʼminlasin. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan hisobotlarni qabul qilishda muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining barcha summasiga solishtirish dalolatnomalarini talab qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tijorat banklariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi tashkilotlarning debitorlik qarzlari paydo boʻlishining oldini olish maqsadida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq buyurtmachilar tomonidan kapital qoʻyilmalar yillik limitlarining kamida 30 foizi miqdoridagi mablagʻlar maxsus schyotlarda band qilib qoʻyilgan taqdirda korxonalarning oʻz mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlashni rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi tashkilotlarning muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik uchun muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarini qaytarishga mablagʻlarini hisobga olmasdan turib qurilishlar roʻyxatlarining mablagʻ bilan taʼminlashga qabul qilinishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlariga va mablagʻ bilan taʼminlashning real manbalariga ega boʻlmagan obyektlarni qurish hollari aniqlangan taqdirda ularning qiymatini pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarning umumiy hajmidan va hisoblangan ish haqidan chiqarib tashlash tavsiya etilsin. Aniqlangan hollarga oid materiallarni aybdor shaxslarga nisbatan iqtisodiy taʼsir choralari qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oshirish, shu jumladan, undirilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda budjetga oʻtkazgan holda buyurtmachi va pudratchidan teng ulushlarda jarimalar undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet va boshqa kreditorlar oldida muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlarning oʻz valyuta mablagʻlarining, soʻmlardagi tushumni budjetga muddatida toʻlanmangan toʻlovlarni va respublika mahsulot yetkazib beruvchilariga kreditorlik qarzlarini toʻlashga yoʻnaltirgan holda, majburiy sotilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit mablagʻlari ajratishda korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini har tomonlama va chuqur oʻrganish tavsiya qilinsin. Kreditlar faqat ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun kontraktlar va aniq xaridorlar mavjud boʻlgan taqdirdagina ajratilsin. Omborlarda tayyor mahsulotning normativdan ortiq qoldigʻiga ega boʻlgan korxonalarga kredit mablagʻlari ajratish taqiqlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish maqsadida faktoring xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish va hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qoʻllash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari toʻlov muddatlari buzilgan taqdirda (tovar olingandan keyin 60 kun ichida) koʻrsatib oʻtilgan isteʼmolchi korxonalarga mahsulotni bundan keyin faqat hisob-kitoblarning akkreditiv shakli boʻyicha joʻnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, tijorat banklari rahbarlari hisob-kitoblarning mazkur bandda belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar. Ushbu tartib bajarilmagan taqdirda korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga nisbatan moddiy va maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda debitorlik va kreditorlik qarzlarini buxgalteriya hisobi va hisobotida yagona narxlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni 1998-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 29-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
488-son