Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.01.1996 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.01.1996 yildagi 10-son
Date of entry into force
05.01.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“BUXOROTEKS” AKSIONERLIK JAMIYATI UCHUN TOʻQIMACHILIK USKUNALARINI XARID QILISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori sifatli kalava ip ishlab chiqarishni koʻpaytirish va Shveysariya Konfederatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga qarashli “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati bilan “Mashiniyenfabrik Riter AG” firmasi (Shveysariya) oʻrtasida uskunalarni montaj qilish va ishga tushirishni 0997-yil aprel oyida tamomlash sharti bilan 54/1-kardgʻaltak ip ishlab chiqaruvchi uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga qiymati 5.04 mln Shveysariya franki boʻlgan kontrakt tuzilganligi maʼlumot oʻrnida qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 85 foizi — Shveysariya Birlashgan Banki (YUBS) krediti asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi — “Buxoroteks” aksionerlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el valyutasidagi kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni toʻlash 5 yil davomida “Buxoroteks” aksionerlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda Shveysariya Birlashgan Banki (YUBS) bilan Yakka tartibdagi kredit bitimini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buxoroteks” aksionerlik jamiyati tomonidan olinadigan kredit resurslarini oʻz vaqtida mablagʻ bilan qayta taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati bilan “Mashiniyenfabrik Riter AG” firmasi (Shveysariya) oʻrtasida uskunalar yetkazib berish va montaj qilishga tuzilgan kontrakt boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi bojxona hujjatlari oʻz vaqtida (uch kundan koʻp emas) rasmiylashtirilishini hamda ushbu kontrakt boʻyicha “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati uchun keltirilayotgan asbob-uskunalar va moddiy resurslar belgilangan joyga toʻsiqsiz yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 5-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-son