07.04.2010 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.04.2010 yildagi 66-son
Date of entry into force
07.04.2010
Hujjat 07.04.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA” 2009-YIL 22-AVGUSTDAGI 245-SON QARORI)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 5-avgustdagi 341-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 69-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“aholidan tashqari, barcha toifalardagi isteʼmolchilar uchun energiya (quvvat) yetkazib berish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan belgilangan muddatlarda va shartnoma shartlarida nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib beriladigan elektr va issiqlik energiyasi uchun majburiy ravishda oldindan haq (avans toʻlovi) toʻlagan holda hamda oʻz vaqtida yakuniy hisob-kitob qilgan holda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “toʻlov muddati oʻtgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining elektr tarmoqlarida elektr energiyasi berishda energiya sarfi koʻrsatkichlarini buzib koʻrsatishdan himoya qilish va texnologik sarf hajmlarini aniqlash uchun isteʼmolchilarda (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) oʻrnatilgan elektr va issiqlik energiyasini hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni har oyda yozib olish, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzuvchilarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini koʻrish taʼminlansin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) rus tilidagi matnda 2-ilovaning 1-bandidagi “Elektroenergiya” soʻzi “Elektricheskaya energiya” soʻzlari bilan almashtirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (3-ilova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilidagi matnda II bob nomidagi, 11 va 18-bandlardagi “elektroenergii” soʻzi “elektricheskoy energii” soʻzlari bilan almashtirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Elektr energiyasi (quvvati)ni isteʼmolchilarga yetkazib berish tuzilgan elektr taʼminoti shartnomalari asosida, elektr energiyasi uchun tegishli tariflar boʻyicha, budjetdan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilar uchun esa — ajratilgan budjet mablagʻlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilidagi matnda “elektroenergii” soʻzi “elektricheskoy energii” soʻzlari bilan almashtirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Isteʼmolchining elektr energiyasi uchun qarzi mavjud boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovlari hisobiga oʻtkazgan mablagʻlari qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13—15-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Elektr energiyasi uchun toʻlov maishiy isteʼmolchi tomonidan har oyning 10 sanasigacha, aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash qurilmalari mavjud boʻlgan, hisobga olish hisob-kitob priborlari oʻrnatilgan maishiy isteʼmolchilar elektr energiyasi uchun toʻlovni oldindan haq toʻlash tartibi boʻyicha amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan toʻlangan haq doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Isteʼmolchining aybi bilan elektr energiyasi elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan hajmdan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans sifatida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Elektr taʼminoti shartnomalarida (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisob-kitob davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari toʻlash nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar isteʼmolchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr taʼminoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oxirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-band chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda nazarda tutilayotgan oʻzgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech boʻlmagan muddatda isteʼmolchining taklifiga koʻra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga oʻzgartirishlar, oldindan haq toʻlanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“19. Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qoʻyilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan uzluksiz texnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq toʻlanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr taʼminotining avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamagan isteʼmolchilarni energiya manbaidan uzib qoʻyishga doir talablar” soʻzlari “yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamagan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatishga doir talablar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilidagi matnda “elektroenergii” soʻzi “elektricheskoy energii” soʻzlari bilan almashtirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilidagi matnda 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “elektroenergiyu” soʻzi “elektricheskuyu energiyu” soʻzlari bilan almashtirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha yuridik shaxslar — elektr energiyasi isteʼmolchilari isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq har oyda toʻliq hisob-kitob qilishlari shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarz toʻlov muddati oʻtgan hisoblanadi va toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, 1-ilovaga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berishning maxsus tartibiga ega boʻlgan korxonalar uchun esa — 0,2 foiz miqdorida penya hisoblab yoziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylar hamda turar joy va turar joy boʻlmagan fond xonalarining oldi-sotdi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish faqat energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun qarzlar toʻliq toʻlangan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr taʼminoti shartnomalarini tuzmagan va shartnomada nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 30 foizi miqdoridagi haqni oldindan toʻlamagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos boʻlgan hisobga olish hisob-kitob elektron priborlarini oʻrnatmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan qarzi boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha isteʼmol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qarzi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib turish boʻyicha talablarga rioya etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari zimmasiga yuklansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimi va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “texnologik yoʻqotishlar” soʻzlari “uni uzatishdagi texnologik sarflar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 5-banddagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 6-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilab qoʻyilsinki, aholi isteʼmol qilingan elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun toʻlovni oʻz tanloviga koʻra, cheklanmagan holda, tijorat banklari muassasalari, toʻlovlarni qabul qilish kassalari, tashkilotlari va punktlarida amalga oshiradilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) qarorga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova nomidagi “beriladigan” soʻzi “yetkazib beriladigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) qarorga 2-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova nomidagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Ushbu Nizom isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasi isteʼmolchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek tuman, shahar doirasida isteʼmolchilardan elektr energiyasi uchun pul mablagʻlarini yigʻish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi xususiy operatorlarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning amal qilishi maishiy isteʼmolchilar (aholi) tomonidan elektr energiyasi isteʼmol qilinishiga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Elektr energiyasini uni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning aynan bir vaqtda amalga oshirilishini xarakterlovchi alohida tovar turi sifatida yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr qurilmasi bevosita hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilar oʻrtasida tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subisteʼmolchilarning isteʼmolchi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasini yetkazib berish va isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitob qilishdagi oʻzaro munosabatlari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Qoidalar hamda ushbu Nizom bilan tartibga solinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Isteʼmolchida turli tarif guruhlariga mansub boʻlgan elektr qurilmalari mavjud boʻlgan taqdirda hisob-kitoblar ularga oʻtkazilgan liniyalarda oʻrnatilgan hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida, har qaysi tarif guruhi boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Yakuniy hisob-kitob qilish hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha, tasdiqlangan tariflarga muvofiq, elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 va 8-bandlardagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Elektr energiyasini har oyda barcha toifalardagi isteʼmolchilarga yetkazib berish ular tomonidan elektr taʼminoti shartnomasiga binoan tegishli oy uchun yetkazib berilishi nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlovi toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchining elektr energiyasi uchun qarzi mavjud boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablagʻlari qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchining aybi bilan elektr energiyasi elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan hajmga nisbatan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans sifatida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy sarfini aniqlash uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchi bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib oladi. Shu bilan birga, belgilangan shakl (ushbu Nizomga 3a-ilova) boʻyicha tegishli dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish priborlaridan yozib olingan koʻrsatkichlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmolchi elektr energiyasi uchun toʻlashi kerak boʻlgan summalarni hisoblashda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi va quvvati sarfi toʻgʻrisidagi hisobot (ushbu Nizomga 3-ilova) hamda elektr energiyasi (quvvati) yetkazib berish dalolatnomasi asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisoblashni amalga oshiradi va isteʼmolchiga schyot-faktura va toʻlovni toʻlash uchun schyot yozib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchida turli tarif guruhlariga mansub boʻlgan bir nechta obyekt mavjud boʻlgan taqdirda har qaysi tarif guruhini koʻrsatgan holda umumiy schyot-faktura yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari yozib olinmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob-kitobni elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi miqdori boʻyicha amalga oshiradi, keyinchalik hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmolchi bilan birgalikda aniqlangan elektr energiyasining haqiqiy isteʼmol qilingan hajmi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Shu bilan birga, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi schyot-faktura yozib beradi va xizmat koʻrsatuvchi bank orqali belgilangan tartibda toʻlov talabnomasini taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandning birinchi xatboshidagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10,11,12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Isteʼmolchilar isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻliq hisob-kitobni har oyda, elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki isteʼmolchining oʻzi yozadigan toʻlov hujjatlari boʻyicha amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻlov elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oshirilmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatadi, ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan isteʼmolchilar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarz toʻlov muddati oʻtgan hisoblanadi va toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, 1-ilovaga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berishning maxsus tartibiga ega boʻlgan korxonalar uchun esa — 0,2 foiz miqdorida penya hisoblab yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Elektr taʼminoti shartnomalarida (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisob-kitob qilish davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari toʻlash nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar isteʼmolchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr taʼminoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oxirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda nazarda tutilayotgan oʻzgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech boʻlmagan muddatda isteʼmolchining taklifiga koʻra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga oʻzgartirishlar, oldindan haq toʻlanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Hisoblangan davr uchun elektr energiyasi (quvvati)ning ortiqcha olingan hajmi hisobga olish priborlarining belgilangan shakldagi dalolatnoma yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi, u jarima miqdorini hisoblash uchun asos hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-banddagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilot” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18, 19, 20, 21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18. Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qoʻyilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq toʻlanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr taʼminotining avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda elektr energiyasi isteʼmolchisi tomonidan imzolangan texnologiya va avariya broni dalolatnomalari shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitob qilish sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda aktiv va reaktiv energiya (quvvat)ni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlariga muvofiq elektr energiyasi hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
schyot-fakturalarni rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov talabnomalarini tayyorlash, rasmiylashtirish hamda ularni yetkazib berilgan elektr energiyasi (quvvati) qiymatini va elektr energiyasi ortiqcha olinganligi uchun jarima sanksiyalarini (penyalarni) toʻlash uchun bankka taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanma vedomostni yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar mahsulotlar va asosiy faoliyat boʻyicha boshqa daromadlar balansini tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy hajmini aniqlash va hisobga olish priborlari tartib raqamlarini hamda haqiqiy isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (ushbu Nizomga 3a-ilova) koʻrsatgan holda elektr energiyasi (quvvati) yetkazib berish dalolatnomasini tuzish uchun isteʼmolchi bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) belgilangan shakl (ushbu Nizomga 4-ilova) boʻyicha isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitobni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) hisob-kitob qilish davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻlovni, solingan jarima sanksiyalarini, penyalarni, hujjatlar paketini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) isteʼmolchining hisob-kitob qilish davri mobaynida isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari va isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitob qilish asosida aylanma vedomostni (ushbu Nizomga 5-ilova) toʻldiradi. Aylanma vedomostni qoʻlda toʻldirishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldan foydalanish lozim. Isteʼmolchining elektr energiyasi uchun toʻlov summasi mablagʻlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob raqamiga tushishiga koʻra aylanma vedomostga yozib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) aylanmalarni (taqdim etish va toʻlash) va har qaysi hisob-kitob oyi uchun saldo qoldiqlarini aks ettirish uchun shaxsiy kartochka boʻyicha hisobni yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan dastlabki hujjatlar va aylanma vedomost asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har oyda asosiy faoliyat boʻyicha (ushbu Nizomga 6-ilova), ortib boruvchi yakun bilan (chorak, yarim yil va yil uchun) “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilagan muddatlarda tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar balansini tuzadi. Asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar balansida har oyning boshi va oxiridagi aylanmalar (koʻrsatish va toʻlash) hamda saldo qoldiqlari aks ettiriladi. Balanslarning haqqoniyligi debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻlgan barcha isteʼmolchilar tomonidan solishtirish dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Har oyda, aylanma vedomost va tovar mahsulotlar hamda asosiy faoliyat boʻyicha boshqa daromadlar balansi asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchilar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (ushbu Nizomga 7-ilova) tuzadi, u hisob-kitob qilish davri uchun korxona moliya-xoʻjalik faoliyati balansining uzviy qismi hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 1-ilovadagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 2-ilovadagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 3, 4, 5, 5a, 6, 7 va 8-ilovalar Nizomga quyidagi mazmundagi 3, 3a, 4, 5, 5a, 6 va 7-ilovalar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

20 __ yil ______________ oyidagi elektr energiyasi va quvvati (aktiv, reaktiv)sarfi toʻgʻrisida
‎HISOBOT

Koʻrsatkich yozib olingan sana — 20__yil “______” ________________

Hisoblagich turi (aktiv, reaktiv), hisoblagichning zavod, inventar raqami Hisoblash koeffitsiyenti Hisoblagich koʻrsatkichi Hisoblagich koʻrsatkichidagi tafovut Sarfi kVt., kVar.s Hisobga qabul qilingan eng yuqori quvvat, kVt, kVar
tok transformatori boʻyicha (tt)‎ kuchlanish transformatori boʻyicha (kt) ‎ umumiy‎ boshlangʻich‎ oxirgi‎
Jami‎
Isteʼmolchi rahbari Korxona vakili
______________________________________

_____________________________________

F.I.O. (imzo, sana)

F.I.O. (imzo, sana)

M.Oʻ.‎
Isteʼmolchining bosh buxgalteri
_________________________________
F.I.O. (imzo, sana)
‎‎Bosh energetik
‎‎_____________________________
F.I.O. (imzo, sana)‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3a-ilova
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlik, idora:

XXTUT:‎

Isteʼmolchining nomi:

Manzil:

Bank, h/r, bankning FPM, STIR:

Telefon (faks)

20 __ yil ______________ oyidagi elektr energiyasi va quvvati (aktiv, reaktiv) yetkazib berish
‎DALOLATNOMASI

‎‎Koʻrsatkich yozib olingan sana — 20__yil “______” ________________

Hisobga olish pribori (hisoblagich)ning zavod raqami va turi Hisoblash koeffitsiyenti Aktiv energiya koʻrsatkichi Aktiv energiya koʻrsatkichidagi tafovut Sarfi, kVt. soat Amaldagi eng yuqori quvvati kVt Reaktiv energiya koʻrsatkichi Reaktiv energiya koʻrsatkichidagi tafovut‎‏ Sarfi kVar. soat Amaldagi eng yuqori quvvati, kVAr Izoh
tok transformatori boʻyicha (TT) kuchlanish transformatori boʻyicha (TN)‎ umumiy‎ boshlangʻich‎ oxirgi‎ boshlangʻich‎ oxirgi‎
‎1 2 3‎ ‎4=2x3 ‎5 ‎6 ‎7=6-5 8=4x7‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12=11-10‎ 13=4x12‎ 14‎ 15‎
‎Jami
‎Toʻldirish tartibi:

1-ustun — hisoblagichning (zavod) raqami va turi;

2,3,4-ustunlar — tok transformatori va kuchlanish transformatori parametrlari asosida belgilanadigan hisoblash koeffitsiyenti;‎

5,6-ustunlar— (aktiv) elektr energiyasi hisoblagichining boshlangʻich va oxirgi (koʻrsatkich yozib olingan vaqtda) koʻrsatkichi;‎

7,8-ustunlar— koʻrsatkichdagi tafovutni hisoblash va har bir hisoblagich boʻyicha (aktiv) elektr energiyasi sarfi;‎

9 - ustun — eng koʻp energiya talab qilinadigan vaqtda hisobga qabul qilingan amaldagi aktiv quvvati (yuklamasi);‎

10,11- ustunlar— (reaktiv) elektr energiyasi hisoblagichining boshlangʻich va oxirgi (koʻrsatkich yozib olingan vaqtda) koʻrsatkichi;‎

12,13- ustunlar — koʻrsatkichdagi tafovutni hisoblash va har bir hisoblagich boʻyicha (reaktiv) elektr energiyasi sarfi;‎

14- ustun— hisobga olingan amaldagi reaktiv quvvati (yuklamasi);‎

15- ustun— izoh.

1. Korxona rahbari __________________‎

2. Hududiy elektr tarmoqlari
‎korxonasi vakili ___________________________

(F.I.O., imzo)

(F.I.O., imzo)

M.Oʻ.‎
Korxonaning elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxsi

‎____________________________________

(F.I.O., imzo)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitob

20__yil ___________oyi _________ hisobi

Isteʼmolchi__________________________________________________________

(nomi)

___________dagi ______________raqamli shartnoma_______________________‎
Manzili ____________________________________________________________
‎____________________________________________________________________‎
Hisob raqami___________________ STIR _______________________________
Bank __________________________ bank kodi ____________________________‎
Oluvchi: _____________________________________________________________‎

(nomi)‎

Oluvchining hisob raqami ____________________STIR____________________‎
Oluvchining banki _____________________ bank kodi _____________________
‎‎
Nomi‎ Oʻlchov birligi‎ Sarfi Tarifi‎ Summasi‎
Koʻrsatilgan quvvat‎ kVt‎
Amaldagi quvvat‎ kVt‎
Reaktiv quvvat‎ kVar‎
Hisoblagich raqami‎ kVt.soat (kVar. soat)‎
……………‎ kVt.soat (kVar. soat)‎
Isteʼmolchining elektr uzatish liniyasidagi yoʻqotish ‎ %‎
Transformatorlardagi yoʻqotish‎ %‎
Isteʼmolchining jami yoʻqotishlari‎ kVt. soat‎
Tariflar boʻyicha jami‎ kVt. soat‎
……………‎ kVt. soat‎
Amaldagi isteʼmol‎ kVt. soat‎
Shartnomadagi miqdor ‎ kVt. soat‎
Jarimalar (belgilanganidan ortiqcha olish, penyalar)‎ kVt. soat‎
shu jumladan energiyani belgilanganidan ortiqcha olish boʻyicha‎
shu jumladan quvvatni belgilanganidan ortiqcha olish boʻyicha‎
shu jumladan penyalar boʻyicha‎
jarimalar boʻyicha toʻlov uchun jami‎ Soʻm‎
Jami koʻrsatilgan ‎ kVar. soat‎
Iqtisodiy miqdori kVar. soat‎
Ustama (chegirish)‎ kVar. soat‎
Toʻlov uchun jami‎ Soʻm‎
QQS bilan summasi‎ Soʻm‎
shu jumladan QQS‎ Soʻm‎
_____________uchun oldindan toʻlov ‎ Soʻm‎
(oy)‎
Toʻlov uchun hammasi‎ Soʻm‎
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi buxgalteri _________________________
(F.I.O. ,imzo)
Yuridik shaxslar bilan ishlash boʻyicha muhandis‎ _________________________
(F.I.O.,imzo)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTR ENERGIYASI UCHUN HISOB-KITOBLAR BOʻYICHA YIGʻMA AYLANMA VEDOMOST
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t/r Isteʼmolchining nomi JAMI Shu jumladan
Davr boshidagi saldo‎ Hisoblab yozilgan Toʻlangan Davr oxiridagi saldo‎ Elektr energiyasi
Debet‎‏ Kredit‎ Debet Kredit Davr boshidagi saldo Hisoblab yozilgan Toʻlangan Davr oxiridagi saldo
Debet‎ shu jumladan muddati oʻtgan‎ Kredit‎ Debet‎ shu jumladan muddati oʻtgan‎ Kredit‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t/r Isteʼmol-chining nomi Shu jumladan
Reaktiv energiya Shartnomaviy miqdordan oshirish‎‎ Oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penya
Davr boshidagi saldo‎‎ Hisoblab yozilgan Toʻlangan‎‏ Davr oxiridagi saldo Davr boshidagi saldo‎‎ Hisoblab yozilgan ‎‏ Toʻlangan Davr oxiridagi saldo Davr boshidagi saldo Hisoblab yozilgan Toʻlangan‎‏ Davr oxiridagi saldo
Debet‎ Kredit‎ Debet‎ Kredit‎ Debet‎ Kredit‎ Debet‎ Kredit‎ Debet‎ Kredit‎ Debet‎ Kredit‎
1 2 17 18 19 ‎20 ‎21 ‎22 23 ‎24 25 ‎26 ‎27 28 ‎29 30 ‎31 32 33 ‎34
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Toʻldirish tartibi:
1-ustun ‎ —‎ tartib raqami;‎
2-ustun‎ —‎ korxona (isteʼmolchi)ning nomi;‎
9-34 — ustunlar ‎ —‎ tegishli aylanma vedomostlar maʼlumotlari boʻyicha toʻldiriladi;‎
3-ustun ‎ —‎ 9+17+23+29-ustunlar summasi;‎
4-ustun —‎ 10+18+24+30-ustunlar summasi;‎
5-ustun ‎ —‎ 11+19+25+31-ustunlar summasi;‎
6-ustun ‎ —‎ 12+20+26+32-ustunlar summasi;‎
7-ustun ‎ —‎ 13+21+27+33-ustunlar summasi;‎
8-ustun ‎ —‎ 14+22+28+34-ustunlar summasi.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
5a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTR ENERGIYASI BOʻYICHA AYLANMA VEDOMOST
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

20___ yil “ ______________” uchun

(oy)

t/r‎ Isteʼmol-chining nomi Davr boshidagi saldo Hisoblangan Toʻlangan Davr oxiridagi saldo Oldindan toʻlov
kVt. soat debet‎ shu jumladan muddati oʻtgan qarzlar‎ kredit‎ kVt. soat summa‎ kVt.ch‎ summa‎ kVt.soat‎ debet‎ shu jumladan muddati oʻtgan qarzlar‎ kredit‎ belgilan-gan‎ toʻlangan‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻldirish tartibi:‎
1-ustun‎ —‎ tartib raqami;‎
2-ustun‎ —‎ korxona (isteʼmolchi) nomi;‎
3 — 6-ustunlar‎ —‎ davr boshidagi saldo, kVt.soat, debet (shu jumladan muddati oʻtgan qarzlar) va kredit (soʻmlarda koʻrsatiladi);‎
7, 8-ustunlar‎ —‎ tovar mahsulotlar, kVt. soat va soʻmlarda koʻrsatiladi;‎
9, 10-ustunlar‎ —‎ toʻlangani — bank koʻchirmalari, avizo asosida, protokollar va boshqa turdagi toʻlovlar boʻyicha pullarning tushishi: kVt. soat va summasi;‎
11 — 14-ustunlar‎ —‎ davr oxiridagi saldo, debet (shu jumladan muddati oʻtgan qarzlar) va kredit boʻyicha (soʻmlarda koʻrsatiladi);‎
15-ustun ‎ —‎ oldindan toʻlash uchun belgilangan summa;‎
16-ustun‎ —‎ amalda oldindan toʻlangan summa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

20__yil ____________uchun ____________________________________boʻyicha

‎(korxonaning nomi)

asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar
‎BALANSI

Nomi Davr boshidagi qoldiq Berilgan mahsulot hajmi Toʻlangan Davr oxiridagi qoldiq
ming kVt. soat‎ debet‎ kredit‎ ming kVt. soat‎ summasi‎ ming kVt. soat‎ summa-si‎ ming kVt. soat‎ debet‎ kredit‎
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
1. Asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar sotish
Elektr energiyasi. Jami ‎
shu jumladan:‎
yetkazib berilgan elektr energiyasi, shundan maishiy isteʼmolchilarga‎
oʻzining xoʻjalik ehtiyoji uchun foydalanilgan elektr energiyasi‎
2. Boshqa operatsiya daromadlari‎
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori boʻyicha jarimalar ‎
reaktiv energiya (quvvat) isteʼmoli uchun chegirmalar (ustamalar)‎
boshqalar (penyalar)‎
JAMI (1+2)‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻldirish tartibi:‎
1-ustun‎ —‎ nomi;‎
2,3,4-ustunlar‎ —‎ davr boshidagi qarzlar qoldigʻi (ming kVt.soat, debet, kredit);‎
5,6-ustunlar‎ —‎ yetkazib berilgan mahsulot hajmi (ming kVt.soat, soʻm);‎
7,8-ustunlar‎ —‎ joriy oy uchun toʻlov summasi (ming kVt.soat, soʻm);‎
9,10,11-ustunlar‎ —‎ davr oxiridagi qarzlar qoldigʻi (ming kVt.soat, debet, kredit).‎

‎Balans korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona balansiga 2a-ilova‎‎
Korxona nomi ______________________________________________________
Viloyat, shahar ______________________________________________________
___________________________________________ tumani soliq inspeksiyasi
20_____yil _______________dagi holati boʻyicha


‎Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOTNOMA

(ming soʻm)‎

‎‏T/r Vazirliklar, idoralar nomi Qarzlar summasi, jami Muddati oʻtgan qarzlar summasi, jami
debitorlik‎ kreditorlik‎ debitorlik‎ kreditorlik‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan:
3 oydan 1 yilgacha 1 yildan 3 yilgacha 3 yildan ortiq
debitorlik‎ kreditorlik‎ debitorlik‎ kreditorlik‎ debitorlik‎ kreditorlik‎
9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 108-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)