Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.10.1998 yildagi 434-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.10.1998 yildagi 434-son
Date of entry into force
10.10.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QAYMOGʻI OLINMAGAN SUTNI QAYTA IShLOVChI KIChIK ZAVODLAR TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgʻor xorijiy texnologiyani oʻzlashtirish negizida sut mahsulotlari ishlab chiqarish, ularning turlarini koʻpaytirish, sifatini oshirish hamda mamlakatning ichki bozorini ular bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Isroilning yetakchi firmalari texnologiyasi va asbob-uskunalari asosida qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlovchi va har xil sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik zavodlar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nukus, Toshkent shaharlari va viloyat markazlarining shahar atrofi zonalarida qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlovchi 15 ta kichik zavod tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish loyihalari amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzinvestloyiha” injiniring kompaniyasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda texnologik asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi firmalarni tender asosida aniqlasinlar, loyihalar boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti loyihalarning taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslanishlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston banklar uyushmasining “Baraka” universal lizing kompaniyasi qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar tashkil etish loyihalarini roʻyobga chiqarishning muvofiqlashtiruvchisi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Baraka” universal lizing kompaniyasi texnik-iqtisodiy asoslashlarni ekspertiza qilish va oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlash boʻyicha texnologik asbob-uskunalar yetkazib berishga Isroil firmalari bilan oʻn kun muddatda kontraktlar tuzsin, bunda kontraktlar shartlarida servis xizmati koʻrsatilishini va kadrlar oʻqitilishini nazarda tutsin hamda yetkazib berilgan asbob-uskunalarni lizing asosida lizingni oluvchilarga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, kichik zavodlar tashkil etish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Biznes-fond” va Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining ulushli qatnashishi va qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini tugallash, ishlab chiqarish oldi xarajatlariga haq toʻlash va aylanma mablagʻlarni shakllantirish uchun lizing oluvchilarga beriladigan milliy valyutadagi kreditlari hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Isroil banklarining Isroilning “Iftrik” sugʻurta agentligi qoplamasi ostidagi kredit liniyalari va boshqa kredit liniyalari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlash boʻyicha texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontraktlarga haq toʻlash uchun “Baraka” universal lizing kompaniyasiga erkin muomaladagi valyutada beriladigan kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, koʻrsatib oʻtilgan kreditlarni qaytarish qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlash boʻyicha kichik zavodlar lizing oluvchilarining “Baraka” universal lizing kompaniyasiga qaytariladigan lizing toʻlovlari sifatida toʻlanadigan soʻm tushumi hisobiga, keyinchalik koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar respublika valyuta birjasida konvertatsiya qilingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyihalar oʻzini qoplashi va kreditlar qaytarilishi tasdiqlangan taqdirda belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsin va mablagʻlarni qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlash boʻyicha texnologik asbob-uskunalar sotib olish va oʻrnatish uchun “Baraka” universal lizing kompaniyasiga qayta moliyalasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Isroilning “Iftrik” sugʻurta agentligi qoplamasi ostida Isroil banklari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanayotgan loyihalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Baraka” universal lizing kompaniyasi majburiyatlari yuzasidan kafolatlarni imzolash vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari boʻyicha Isroil banklari bilan tuzilgan banklararo bitimlarga ilovalarda belgilangan shakl boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qaymogʻi olinmagan sutni qayta ishlash boʻyicha texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontraktlar tuzilgandan keyin bir hafta muddatda ularni ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Isroilning “Agridev” kompaniyasi tomonidan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha seminarlar va ularning malakasini oshirish kurslari muntazam tashkil etilishi, ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya etilishi ustidan nazorat qilinishi, asbob-uskunalarga texnika xizmati koʻrsatilishi va tayyor mahsulot bozori monitoringi oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasiga kichik sut zavodlarini “Marmaks” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan oʻrash-joylash materiallari bilan barqaror taʼminlash topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 10-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
434-son