25.03.2010 yildagi PQ-1310-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 25.03.2010 yildagi PQ-1310-son
Date of entry into force
25.03.2010
Hujjat 01.08.2018 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

XALQARO SHARTNOMAGA QOʻSHILISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (QXRXJ)ni tashkil qilish toʻgʻrisidagi Bitimga (Rim, 1976-yil 13-iyun) quyidagi izoh bilan qoʻshilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bitimning 13-moddasi 4-boʻlimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bitim 11-moddasi 2-boʻlimining qoidalari bilan oʻzini bogʻliq emas deb hisoblashini bildiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi ushbu xalqaro shartnomaga qoʻshilgani toʻgʻrisida bildirishnoma yoʻllasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oʻzbekiston Respublikasidan QXRXJ Boshqaruvchilar Kengashiga Boshqaruvchi sifatida, qishloq xoʻjaligi vazirining mutasaddi oʻrinbosari Boshqaruvchi oʻrinbosari sifatida belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 25-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1310-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 94-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 19.05.2020-y., 07/20/4717/0599-son)