Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2019 19.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2088
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 19.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2088
Date of entry into force
29.03.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2019
Hujjat 29.03.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“OʻZBEKNEFTGAZ” MXK KORXONALARI TIZIM ICHIDA MAHSULOT YETKAZIB BERISH BOʻYICHA TABIIY GAZNI PIROVARD ISTEʼMOLCHIGA SOTISHDAN RESPUBLIKA YOʻL JAMGʻARMASIGA, BYDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMGʻARMASI VA BYDJETDAN TASHQARI MAKTAB TAʼLIMI JAMGʻARMASIGA MAJBURIY AJRATMALAR TOʻLASH TARTIBI HAQIDAgi NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 10-apreldagi 51 va 2019-28-sonli “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2088-2, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda) 5-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2010-yil 19-fevral,

14-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 19-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 19-fevraldagi 14, 2010-5-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandiga muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari uchun tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar (keyingi oʻrinlarda maqsadli jamgʻarmalarga tabiiy gazni sotishdan majburiy ajratmalar deb yuritiladi) toʻlash tartibi joriy etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom tizim ichida tabiiy gazni yetkazib berishni amalga oshiruvchi mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalariga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan korxonalar oʻrtasida tabiiy gazni yetkazib berish tizim ichida hisoblanadi, shu jumladan neft va gazni qazib oluvchi korxonalardan gazni qayta ishlovchi va gaz transporti korxonalarigacha, shuningdek gazni qayta ishlovchi korxonalardan gaz transporti korxonalarigacha yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tabiiy gazni sotishdan maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalarni hisoblash, toʻlash va hisobot topshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalarni pirovard isteʼmolchiga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini chegirib tashlagan holda hisoblaydi va toʻlaydi. Bunda pirovard isteʼmolchi boʻlib mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatib oʻtilmagan shaxs hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻztransgaz” AK orqali tabiiy gaz transportirovkasi boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomalariga asosan tabiiy gaz transportirovkasini amalga oshiradigan korxonalar ushbu tabiiy gazni sotish hajmidan majburiy ajratmalarni Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari soliq hisoboti shakllarida Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha soliq solish bazasidan chiqariladigan tizim ichida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmini alohida satrda koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Nizom talablariga rioya etish boʻyicha javobgarlik “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Nizomga rioya etish ustidan nazorat Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Nizom “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvi raisi U. NAZAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 18-fevral
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha tabiiy gazni pirovard isteʼmolchiga sotishdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash tartibi haqidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy gazni tizim ichida mahsulot yetkazib berish boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ “Muborakneftgaz” USHK‎
2.‎ “Shoʻrtanneftgaz” USHK‎
3.‎ “Gazlineftgazqazish” USHK‎
4.‎ “Ustyurtgaz” USHK‎
5.‎ “Andijonneft” OAJ‎
6.‎ “Gissarneftgaz” QK*
7.‎ “Koʻkdumaloqgaz” QK*
8.‎ “Muborak GQZ” USHK
9.‎ “Shoʻrtan GKK” USHK‎
10.‎ “Oʻztransgaz” AK‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:

* “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi boʻyicha.
Keyingi tahrirga qarang.