Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.06.1998 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.06.1998 yildagi 246-son
Date of entry into force
11.06.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“AERBAS INDASTRI” KOMPANIYASI ISHLAB CHIQARGAN “A-310” SAMOLYOTINI XARID QILISHNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASH SXEMASI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi havo kemalari parkini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan “Aerbas Indastri” kompaniyasi oʻrtasida umumiy summasi 68,0 mln AQSH dollari boʻlgan bitta yangi “A-310” samolyotini sotib olishga tuzilgan kontraktga muvofiq 10,2 mln AQSH dollari miqdorida 15 foiz avans toʻlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt summasining qolgan 85 foizi (57,8 mln AQSH dollari) “Kofas” (Fransiya), “Germes” (Germaniya), Eksport Kreditlar Kafolati Departamenti (YESGD) (Buyuk Britaniya) eksport kredit agentliklarining kafolati ostida “Sosyete Jeneral” (Fransiya) bankining eksport kredit agentliklarining sugʻurta mukofotini oʻz ichiga olgan yillik foiz stavkasi 6,8365 foiz boʻlgan, 10 yil muddatga beriladigan krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moliyaviy lizingning quyidagi tuzilmasiga rozilik berilsin, unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samolyotni sotib olish uchun qarz “Sosyete Jeneral” banki tomonidan “Kofas”, “Germes”, YESGD eksport kredit agentliklarining sugʻurtasi ostida Kayman orollarida roʻyxatdan oʻtkazilgan Xiva Lizing Limited (Kayman orollari) (“Xiva Lizing”) maxsus lizing kompaniyasiga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xiva lizing” kompaniyasi moliyaviy lizing davrida, kredit toʻliq toʻlangungacha samolyotning egasi hisoblanadi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ijaraga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki samolyotni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga subijaraga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xiva lizing” “A-310” samolyotiga garovni “Sosyete Jeneral” foydasiga roʻyxatdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinayotgan samolyotni mablagʻ bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan ijara, subijara, garov va boshqa bitimlar toʻgʻrisida Bitimlar tuzsinlar va ularning bajarilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan bitimlar shartlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq samolyotni roʻyxatdan oʻtkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subijara, vositachilik haqi, foizlar toʻlash, muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlarni qoplash, shuningdek kreditga va moliyaviy lizingga xizmat koʻrsatishda paydo boʻluvchi boshqa xarajatlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan kafolat bitimi tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ijara, subijara va bitishuv boʻyicha boshqa hujjatlar shartlarining bajarilishi yuzasidan “Sosyete Jeneral”, YESGD, “Kofas”, “Germes” va “Xiva Lizing” lizing kompaniyasi uchun maqbul boʻlgan shakl va mazmunda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan majburiyat xatini berishga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J. B. Sayfiddinov:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sosyete Jeneral”, YESGD, “Kofas”, “Germes” va “Xiva Lizing” lizing kompaniyasi foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining ijara, subijara va bitishuv boʻyicha boshqa hujjatlar shartlarining oʻz vaqtida bajarilishini kafolatlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subijara toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi majburiyatlari yuzasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, kreditlarni toʻlash Ijara toʻgʻrisidagi asosiy bitim va Subijara toʻgʻrisidagi asosiy bitim shartlariga muvofiq “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining tijorat faoliyati hisobiga ijara toʻlovi toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va xarid qilinadigan samolyotni mablagʻ bilan taʼminlashning boshqa qatnashchilari soliqlar, toʻlovlar, bojlar, vositachilik haqining barcha turlaridan, hujjatlar bojxonada va notarial rasmiylashtirilganligi, ushbu mablagʻ bilan taʼminlash bilan bogʻliq kontraktlar va bitimlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi va qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun yigʻimlardan, shuningdek garov toʻgʻrisidagi shartnomalar rasmiylashtirilishiga tegishli sugʻurta boʻyicha majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xarid qilinadigan “A-310” samolyotini mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha “Sosyete Jeneral”, YESGD, “Kofas”, “Germes” va “Xiva Lizing” lizing kompaniyasi uchun maqbul boʻlgan shakl va mazmunda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Ijara va subijara toʻgʻrisidagi bitim majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur bitishuv amalga oshirilishi munosabati bilan tuzilgan kontraktlar va bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L. A. Axmetov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 11-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246-son