Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.08.1997 yildagi 386-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.08.1997 yildagi 386-son
Date of entry into force
01.08.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-YILNING BIRINChI YaRIM YILLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShINI BAHOLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada iqtisodiyotning barcha sohalarini qayta tuzish va tarkibiy oʻzgartirish ustuvor vazifalari va yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar yoʻlini izchil amalga oshirish davom etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islohotlarning butun davri mobaynida birinchi marta yalpi ichki mahsulot hajmining oʻsishi aholi oʻsishi surʼatlaridan ortiq boʻldi va 103,9 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi (105,4 %), qishloq xoʻjaligi (122,8 %), transport xizmatlari (101,8 %), qurilish pudrat ishlari (101 %), chakana tovar oboroti (113,5 %), aholiga pulli xizmatlar koʻrsatish (118,1 %) hajmlari koʻpaydi. Yalpi tashqi savdo oboroti 13,8 foizga, xalq xoʻjaligiga investitsiyalar qoʻyish 15 foizga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar qoʻyish 23 foizga oʻsdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inflatsiya surʼatlari va naqd pul emissiyasi miqdorlari pasayishiga erishildi. Yigʻma budjet taqchilligi belgilangan parametrlardan oshmadi. Aholini ish bilan taʼminlash va uning real daromadlari oʻsishi taʼminlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda. Fond bozoridagi faoliyat faollashdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga davlat tasarrufidan chiqarishning yuqori surʼatlari koʻpincha real mulkdorlar paydo boʻlishiga, korxona hamda tashkilotlar moliya-xoʻjalik faoliyatining yaxshilanishiga olib kelmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari oʻz aylanma mablagʻlari saqlanishiga va toʻldirilishiga yetarli eʼtibor berishmayapti. “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻzavtosanoat”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzmashsanoat”, “Oʻzkimyosanoat” korxonalarida tayyor mahsulotning koʻplab zaxiralari toʻplanib qolgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Debitor qarzdorlikning, shu jumladan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlikning eng koʻp summasi Oʻzbekneftgaz korporatsiyasiga, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasiga toʻgʻri keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzmashsanoat” uyushmalari, “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik-ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekbirlashuv tomonidan mahsulot eksporti boʻyicha topshiriqlar qoniqarsiz bajarilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotni isloh qilishning 1997-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalari va yoʻnalishlarining, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish parametrlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari paketlarini taqsimlash ishlarining ahvolini tekshirib chiqsin va ularni tartibga solish hamda amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga aksiyalarning davlat ulushlari boʻyicha dividendlar hisoblab qoʻshilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarda davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarini, ayniqsa aksiyalarning nazorat paketi davlat tomonida saqlanib qolgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish samaradorligini oshirishga koʻmaklashuvchi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlatga tegishli aksiyalarni birjadan tashqari savdoda sotish tartibi”ni oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ularni yuridik shaxslarga faqat tender asosida, jismoniy shaxslarga esa — fond doʻkonlari orqali sotishni tashkil etishni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikda budjetdan tashqari fondlar kredit resurslari samaradorligini oshirish va ulardan maqsadli foydalanish maqsadida kichik va oʻrta biznes korxonalariga ularda tegishli fondlarning kredit liniyalarini ochish vositasi bilan faqat tijorat banklari orqali kredit berish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Eksport imkoniyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasini, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnatilmagan import asbob-uskunalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazsin va valyuta mablagʻlari sochilib ketishiga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarga nisbatan eng qattiq choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil oxirigacha eksport tushumlarining import boʻyicha xarajatlar bilan mutanosibligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda eksportni ragʻbatlantirish va savdo balansining ahvolini yaxshilash, tashqi savdo rejimini takomillashtirish maqsadida oʻn kun muddatda eksport va import boj poshlinalarini oʻzgartirish, kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatini tahlil qilsin va ular tomonidan amalga oshirilayotgan eksport-import operatsiyalarining mutanosibligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning eksportga yetkazib berilishini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni aniqlash uchun ilgari tuzilgan barcha eksport kontraktlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazsin hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ikki hafta muddatda kichik, oʻrta biznesni rivojlantirish uchun ekspertizadan oʻtkazish va kreditlar olish jarayoniga toʻsiq boʻlayotgan sabablarni tahlil qilsinlar hamda tadbirkorlik tuzilmalarini rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlarning faol jalb etilishini taʼminlash yuzasidan takliflar tayyorlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda qishloq xoʻjaligida islohotlarning borishi toʻgʻrisidagi masalani oʻrganib chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqish uchun kiritsinlar, bunda xususiylashtirish jarayonlarining ahvoliga, shu jumladan mulkiy paylar joriy etilishiga, shartnoma intizomiga rioya qilinishiga va oʻzaro hisob-kitoblar taʼminlanishiga alohida eʼtibor bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davarxitektqurilish vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlarining qimmatlashishi, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning ortiqcha sarflanishi sabablarini oʻrganib chiqsinlar va ajratilayotgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat ishlarining haqiqiy bajarilgan hajmlari va oʻzlashtirilgan kapital qoʻyilmalar miqdorlaridan kelib chiqqan holda 1997-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun Respublika investitsiya dasturiga tuzatishlar kiritsinlar, ularni mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalari bilan bogʻlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining industriyani rivojlantirish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha komplekslari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi,uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va korxonalar bilan birgalikda mashinasozlik, elektrtexnika, kimyo sanoati, temir yoʻl, aviatsiya va avtomobil transporti korxonalarini boshqarish tuzilmasi samaradorligini puxta tahlil qilsinlar va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
don ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish yakunlariga koʻra xoʻjaliklarning ish natijalarini puxta tahlil qilsin va don ekinlarini qulay yerlarda joylashtirish maqsadida ularning maydonlari tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish suvlardan foydalanish ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda belgilangan limitlardan ortiqcha va samarasiz foydalanganlik uchun qattiq javobgarlik choralarini belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi bilan birgalikda paxta yigʻim-terim texnikasining oʻz vaqtida taʼmirlanishini taʼminlasin va 1997-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumiga tayyorgarlik bilan bogʻliq boshqa barcha masalalarini hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq ijtimoiy infrastrukturasi obyektlarini ishga tushirish boʻyicha topshiriqlar bajarilishi yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilasinlar, bunda qishloq umumiy taʼlim maktablari qurish va ularni oʻquv mavsumiga tayyorlashga, qishloqda suv taʼminotini rivojlantirishga, qishloq davolash punktlari tashkil etishga doir ishlarning ahvoliga alohida eʼtibor bersinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar, tumanlar, korxonalar, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniyat muassasalarini, bugʻ qozonlari va muhandislik inshootlarini 1997/98 yilning kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni shu yil 1-oktabrgacha tugallasinlar. Obyektlarni qish sharoitida ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar barbod boʻlishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan taʼsir koʻrsatishning qattiq choralarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1997-yilning uchinchi choragi mobaynida tibbiy-ijtimoiy yordamning davlat standartlarini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari boshqaruv kadrlarini, maʼmurlari va tashkilotchilarini tayyorlash va oʻqitish boʻyicha maxsus boʻlimni ishlab chiqsinlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari — tegishli komplekslar rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 1-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
386-son