Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QOʻMITASINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida, Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari sonini 7 nafarga koʻpaytirgan holda, Narx belgilash yigʻma boshqarmasi tashkil etilsin.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Narx belgilash yigʻma boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narx belgilash, monopol narxlar (tariflar)ning cheklangan darajalari toʻgʻrisida maʼlum qilish hamda narxlar asossiz oshirilishining oldini olish masalalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari) tannarxi tarkibini chuqur tahlil qilish, ularning xarajatlarini shu jumladan mahsulotlarga energiya va material sarfini kamaytirish yoʻli bilan maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tovar bozorlaridagi narxlar, shu jumladan pirovard isteʼmolchining mahsulotiga narxlarning oʻzgarishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, monopol narxlar va tariflarning asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida narx belgilashga taʼsirini tahlil qilish;
monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga asossiz ravishda oshirilgan narxlarni pasaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotishning maqbul mexanizmlarini belgilash yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan hamkorlikni taʼminlash;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar faoliyatini taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi, deklaratsiya qilinayotgan narxlarning shakllantirilishi yuzasidan birgalikda tekshirishlar oʻtkazish huquqi berilsin.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
markaziy apparatni hamda hududiy organlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
8. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarori;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2006-yil 20-yanvardagi PQ-265-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda — qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ikki oy muddatda — raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralarning oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-mart,
PQ-1293-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 67-modda; 2012-y., 21-son, 226-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)