22.12.2006 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori, 22.12.2006 yildagi 16-son
Date of entry into force
22.12.2006
Hujjat 22.12.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUDLAR TOMONIDAN AMNISTIYA AKTLARINI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud amaliyotini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, jinoyat ishlarini koʻrishda sudlar tomonidan jinoyat, jinoyat-protsessual, boshqa qonunchilikning amnistiya aktini qoʻllash shartlari va tartibiga doir normalari asosan toʻgʻri qoʻllanilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, amnistiya aktlarining ayrim bandlarini muayyan ishlar boʻyicha qoʻllashda sudlar baʼzi qiyinchilikka uchrayotganligi bu masalada qoʻshimcha tushuntirish berilishini taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqoridagilarga koʻra, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, amnistiya akti maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etgan muayyan toifa shaxslarga nisbatan davlat tomonidan koʻrsatiladigan insonparvarlik ifodasi boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad mazkur shaxslarga nisbatan maʼmuriy yoki jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllamagan holda ularning axloqan tuzalishi uchun imkoniyat berish yoxud bunday choralar qoʻllanilgan shaxslar holatini yengillashtirishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Amnistiya akti maʼmuriy va jinoyat qonuni normalaridan farq qilib, amal qilish davrida sodir etilgan qilmishga nisbatan emas, balki kuchga kirgunga qadar sodir etilgan qilmishga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amnistiya akti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilayotgan (tortilgan) shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jinoyat kodeksi 68, 76 va 79-moddalariga muvofiq, amnistiya akti qoʻllanilishi natijasida quyidagi huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkum asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ozod etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazo muddatining kamaytirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumga tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismi yengilrogʻi bilan almashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, amnistiya akti yuridik mohiyatiga koʻra, nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan hujjat boʻlsa-da, biroq uni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror har bir shaxsga nisbatan alohida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, amnistiya akti ijrosi yuklatilgan davlat organlari tizimi hamda ularning vakolat doirasi amnistiya aktida va uni qoʻllashga oid nizomda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan, amnistiya aktiga koʻra, tergov organlari tomonidan tugatilishi lozim boʻlgan va amnistiya akti kuchga kirgan kunda mazkur organlar ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishlari sudlarga taalluqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish amnistiya aktini qoʻllash tartibiga xilof ravishda sudga yuborilgan hollarda, sudya ishni JPK 395, 396-moddalariga muvofiq, JPK 385-moddasi talablarini bajarish uchun prokurorga qaytarishi kerak. Jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilib, ulardan ayrimlariga nisbatan ish tergov organi tomonidan amnistiya aktiga asosan tugatilishi lozim boʻlgan hollarda ham sud shunday qaror qabul qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar amnistiya akti bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatga doir ish sudga kelib tushgandan soʻng kuchga kirgan boʻlsa, amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushuvchi shaxslarga nisbatan jinoyat ishining bir qismini tugatish haqidagi qaror sud tomonidan sud majlisining tegishli bosqichida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Amnistiya aktini qoʻllash har doim jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy holati bilan bogʻliq boʻlishi tufayli, sudlar har bir holda u qonunga koʻra sudlangan yoki sudlanmagan hisoblanishini aniqlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksi 77-moddasiga muvofiq, agar ayblov hukmi chiqarilgan va unda shaxsga nisbatan jazo tayinlangan boʻlsa, shaxs sudlangan hisoblanadi. Biroq qonunga koʻra, shaxsga nisbatan jazo tayinlangan hollarda ham, agar sud JK 69-71-moddalariga asosan, shuningdek amnistiya aktini qoʻllagan holda hukmda uni ushbu jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qilgan boʻlsa, shaxs sudlanmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsga nisbatan amnistiya aktiga asosan jazo tayinlanmasdan ayblov hukmi chiqarilgan holda ham u sudlanmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonunga koʻra, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab u bilan bogʻliq boʻlgan barcha huquqiy oqibatlar barham topadi. Shuning uchun ham amnistiya aktini qoʻllash chogʻida qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik inobatga olinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat qonuni oʻzgarishi natijasida jinoyat hisoblanmay qolgan (JK 13-moddasi ikkinchi qismi) qilmish uchun sudlangan shaxs ushbu sudlanganlik uchun belgilangan tugallanish yoki olib tashlanish muddatlari oʻtgan-oʻtmaganligidan qatʼi nazar, sudlanmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar amnistiya aktida yoki uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, amnistiya akti muqaddam amnistiya aktiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi rad etilgan yoki amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoxud jazodan ozod etilgan va amnistiya akti qoʻllanilgandan soʻng qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksi Umumiy qismi normalariga muvofiq, amnistiya akti shaxs muqaddam amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan-etilmaganligidan qatʼi nazar, quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat qonuni oʻzgarishi natijasida shaxs muqaddam jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan qilmish jinoyat deb hisoblanmay qolgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amnistiya akti qoʻllanilgan paytdan boshlab shaxs amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan jinoyat uchun qonunda belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddatlariga teng vaqt oʻtgan boʻlsa (agar amnistiya aktida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs muqaddam boshqa davlat (shu jumladan, sobiq SSSR)ning amnistiya aktiga asosan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va amnistiya aktida boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, agar tekshirish natijalari boʻyicha shaxsga nisbatan oʻtmishda amnistiya akti qoʻllanilganligi toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash imkoni boʻlmasa, amnistiya akti qoʻllanilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davomli va uzoqqa choʻzilgan jinoyatlarga xos xususiyat jinoiy harakat (harakatsizlik)ning uzoq vaqt mobaynida sodir etilishi boʻlib, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllashda jinoyat boshlangan va tugallangan vaqt aniqlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davomli jinoyatning boshlanishi deb umumiy qasd bilan qamrab olingan bir necha bir-biriga aynan oʻxshash harakatlardan birinchisi sodir etilgan payt, tugashi deb oxirgi jinoiy harakat sodir etilgan payt hisoblanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoqqa choʻzilgan jinoyat jinoiy harakat (harakatsizlik) boshlangan paytdan boshlanib, aybdorning jinoyatni tugatishga qaratilgan harakati yoki jinoyat sodir etilishiga toʻsqinlik qilgan voqea boshlangan paytda tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davomli va uzoqqa choʻzilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan amnistiya akti, faqat bu jinoyatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar tamomlangan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agar shaxsning harakatlari bir xil huquqiy oqibat tugʻdiruvchi, yaʼni shaxsni faqat jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni yoxud jazo qoʻllanilishi istisno etilishini nazarda tutuvchi bir necha amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, surishtiruv, tergov organi, sud shaxs sodir etgan oxirgi jinoyatdan keyin kuchga kirgan amnistiya aktini qoʻllashi kerak. Biroq, agar amnistiya aktlarida faqat jazo muddatlari kamaytirilishi nazarda tutilgan boʻlsa, barcha amnistiya aktlari xronologik ketma-ketlikda qoʻllanilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning harakatlari turlicha huquqiy oqibat tugʻdiruvchi, yaʼni ayrimlari shaxsni jinoiy javobgarlikdan, boshqalari esa jazodan ozod etishni yoki jazo muddatlari kamaytirilishini nazarda tutuvchi bir necha amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushgan hollarda shaxsning ahvolini koʻproq yaxshilaydigan amnistiya akti qoʻllanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, 401 va 421-moddalari mazmuniga koʻra, jinoyat ishi dastlabki tergov yoki birinchi instansiya sudida ish yuritish bosqichida (sud maslahat xonasiga kirgunga qadar) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yozma roziligi bilan shaxsning jinoyatni sodir etishda aybdorligi masalasi hal qilinmagan holda amnistiya aktiga muvofiq tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat-protsessual kodeksi 46-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, amnistiya aktiga muvofiq jinoyat ishini tugatish masalasi hal qilinadigan paytda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ishtiroki majburiy, JPK 410-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi (u vafot etgan holda — yaqin qarindoshlaridan biri) eʼtiroz bildirsa, jinoyat ishini amnistiya aktiga muvofiq tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda jinoyat ishini yuritish umumiy tartibda olib boriladi va yetarli asoslar mavjud boʻlganda, sud aybdorni jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi yoki jazo tayinlamagan holda ayblov hukmi (JPK 463-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari) yoxud oqlov hukmi chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazodan ozod qilishni, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni, jazoni yengilroq jazo bilan almashtirishni yoki jazo muddatini kamaytirishni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qoʻllash uchun sudlanuvchi(mahkum)ning roziligi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, amnistiya aktini gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining roziligi bilan qoʻllash masalasini hal etishda uning oʻz aybini boʻyniga olgan-olmaganligi ahamiyatga ega emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qonunga koʻra amnistiya aktini qoʻllash uchun ayblov tomonining, shu jumladan, jabrlanuvchining roziligi talab etilmaydi. Amnistiya akti qoʻllanilganligiga rozi boʻlmagan ayblov tomoni tegishli organ qarori ustidan umumiy asoslarda shikoyat (protest) berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Amnistiya akti qoʻllanilishiga eʼtiroz bildirgan shaxs tomonidan ayblov hukmi chiqarilgandan soʻng jinoyat ishini amnistiya aktiga muvofiq tugatish toʻgʻrisida ariza berilishi, agar hukmni bekor qilish uchun boshqa asoslar boʻlmasa, uning apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida bekor qilinishiga olib kelmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi bosqich sudida amnistiya aktiga asosan jinoyat ishi tugatilishiga rozilik bergan shaxsning ishni ayb mazmuni boʻyicha koʻrib chiqishni talab etgan shikoyati ham sud qarorining bekor qilinishiga, agar buning uchun boshqa asoslar boʻlmasa, sabab boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida surishtiruv, tergov organi qaror, sud esa — ajrim, ayblov hukmi chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shaxsni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amnistiya akti taʼsiriga tushuvchi jinoyat sodir etilganligi fakti aniqlangan hollarda surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud amnistiya qilinayotgan shaxsning roziligi bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etadi (JPK 333-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jinoyat ishi shaxsni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga xilof ravishda qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ayblov hukmi, garchi unda mahkumni jazodan ozod qilish nazarda tutilgan yoki jazo tayinlanmagan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish JPK 84-moddasi birinchi qismining ikkinchi bandiga asosan tugatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Surishtiruv, tergov bosqichida yoki sudda jinoyat ishining amnistiya akti asosida tugatilishi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi masalaning jinoyat protsessida hal etilishi imkoniyatini istisno etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishida fuqaroviy daʼvo mavjud boʻlganda surishtiruv, tergov organi yoki sud amnistiya akti asosida jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror, ajrimda daʼvo koʻrilmasdan qoldirilganligini koʻrsatadi. Ayni paytda, JPK 276-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, manfaatdor shaxslarga bunday daʼvoni fuqarolik sudida ishlarni yuritish tartibida taqdim etish huquqi tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jinoyat kodeksining 76-moddasi, JPK 463-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari birinchi bandlariga asosan sud:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar amnistiya akti ushbu hukm boʻyicha tayinlangan jazodan ozod qilishni nazarda tutsa — shaxsni jazodan ozod qilib;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar amnistiya akti jazo tayinlanishini istisno etsa — jazo tayinlamasdan, ayblov hukmi chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar amnistiya aktida yoki uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda shaxs qaysi jazo turidan (asosiy yoki qoʻshimcha) ozod qilinishi aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, sud uni ham asosiy, ham qoʻshimcha jazodan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Amnistiya akti qoʻllanilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi sud xulosasi hukmning tavsif qismida, uni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori — qaror qismida bayon etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan amnistiya aktining jazo muddatini qisqartirishni nazarda tutuvchi bandini qoʻllash chogʻida jazoning amnistiya akti chiqqan kunga qadar amalda oʻtalgan muddati chegirib tashlangandan soʻng qolgan qismi qisqartiriladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartli hukm qilinganda amnistiya aktiga asosan jazo muddati qisqartirilib, soʻngra JK 72-moddasi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha amnistiya akti qoʻllanilgan hollarda ilgarigi amnistiya akti qoʻllanilgandan keyin qolgan va keyingi amnistiya akti chiqqan kunga qadar oʻtalmagan jazo muddati qisqartiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Amnistiya akti tatbiq etilmaydigan shaxslar doirasi amnistiya aktida belgilanadi va u qatʼiy boʻlib, kengaytirilgan holda sharhlanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasini hal etishda sudlar Jinoyat-ijroiya kodeksining ushbu masalani alohida jazo turlari boʻyicha tartibga soluvchi normalariga rioya etishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 77-moddasi, JIK 5-moddasiga muvofiq qamoqqa olish tariqasida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar jazo oʻtovchi hisoblanmaydilar. Shuning uchun ham ularning hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar namoyon etgan xulq-atvorlari ularni jazoni oʻtash tartibini muttasil buzuvchi deb topish masalasi hal etilayotgan paytda inobatga olinishi mumkin emas. Ushbu qoida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan vaqtda yangi jinoyat sodir etganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Amnistiya aktini mahkumning shaxsini belgilovchi maʼlumotlarni aniqlamay turib qoʻllash mumkin boʻlmaganligi tufayli, sudlar tegishli organlardan zarur maʼlumotlarni (uning sudlanganligi, unga nisbatan intizomiy chora, amnistiya akti qoʻllanilganligi haqida) talab qilib olishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Shuni eʼtiborga olish lozimki, amnistiya akti qoʻllanilishini istisno etuvchi muayyan shartlar belgilangan hollarda amnistiya aktini, agar unda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday shartlar (masalan, jazo oʻtash tartibini muttasil buzish, shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish) amnistiya akti kuchga kirgunga qadar yuzaga kelgandagina qoʻllamaslik mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jinoyat ishining amnistiya akti asosida tugatilishi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bogʻliq barcha huquqiy oqibatlarni istisno etishi tufayli alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari (JK 96-moddasi) qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat sodir etilgandan soʻng ruhiy kasallikka yoʻliqqan va majburiy davolanishga yuborilgan shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash masalasi sud tomonidan shaxs tuzalgandan keyin JPK 579-moddasida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qonunga koʻra, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash yoki ish boʻyicha boshqacha qaror qabul qilish masalasini (JPK 395—401-moddalari) sudya yakka tartibda, uni sud majlisiga kiritmagan holda hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi va JPK 84-moddasi ikkinchi qismi talablariga muvofiq, sudlanuvchiga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash masalasi hal qilinayotgan paytda sud majlisida prokuror, sudlanuvchi, uning qonuniy vakili va himoyachisining (himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno) ishtiroki majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi mahkumning harakatlarini Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelganda va bu modda shaxsni jinoiy javobgarlikdan, jazodan ozod etishni yoki jazo qoʻllanilishini istisno etishni nazarda tutuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushgan hollarda, tegishli instansiya sudi birinchi instansiya sudi qilmishni toʻgʻri kvalifikatsiya qilganda qabul qilishi shart boʻlgan qaror chiqarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya, nazorat instansiyasi sudida ayblov hukmi oʻzgartirilgan hollarda amnistiya akti qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi qaror, muqaddam u jazoni ijro etuvchi organlar tomonidan qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, ajrim (qaror)ning qaror qismida koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Agar sud amnistiya aktini qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan qoʻllagan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi jabrlanuvchining shikoyati yoki prokuror protesti boʻlgan taqdirda, hukmning jazo tayinlash qismini bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrishga yuborishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat instansiyasi sudi esa sud raisi yoki prokurorning protesti asosida sud qarorlarining jazo tayinlash qismini bekor qilib, jinoyat ishini yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq agar apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukmda tayinlangan jazo amnistiya akti qoʻllanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan, hukmni oʻzgartirishga — undan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukmda belgilangan muddat (miqdor) doirasida jazo tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni eʼtiborga olish lozimki, JPK 500, 513-moddalarida belgilangan bir yillik muddat amnistiya akti qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan asossiz qoʻllanilgan hollarga ham taalluqlidir. Bunday hollarda yuqori instansiya sudi hukmni oʻzgartirishga — undan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qoʻllanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishi tugatilgan hollarda ashyoviy dalillar taqdiri toʻgʻrisidagi masala surishtiruv, tergov organi yoki sud tomonidan JPK 211-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 22-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son