03.02.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2075
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 03.02.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2075
Date of entry into force
13.02.2010
Hujjat 13.02.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUNTAZAM XALQARO PARVOZLARNI BAJARISH UCHUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI TASHUVCHILARINI TAYINLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2075]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) 74-moddasiga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq T. OʻLJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144-son

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 28-dekabrdagi 144-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 74-moddasiga muvofiq muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlash — kelishilgan qatnovdan foydalanish va maʼlum yoʻnalishda yoʻlovchilarning (yuklarning) muntazam xalqaro havo tashuvlarini bajarish uchun ruxsatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlangan tashuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi havo qatnovi toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma (keyingi oʻrinlarda xalqaro shartnoma deb yuritiladi) shartlariga muvofiq muntazam xalqaro havo tashuvlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tayinlangan tashuvchi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tayinlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchisining maʼlum yoʻnalishdagi muntazam xalqaro parvozlari, uni Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davavianazorat deb yuritiladi) tomonidan tayinlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tayinlash majburiy shart hisoblanib, tegishli shartnoma kuchga kirgandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tayinlash tashuvchiga ustun egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazorat olib borish Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy yoki yuridik shaxslariga tegishli boʻlgan holdagina koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tayinlash uchun tashuvchi Davavianazoratga mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspluatant sertifikati nusxasi ilovalari bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemasiga va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligiga sugʻurta polislari nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni (yuklarni) tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davavinazorat taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, ularning ishonchliligini tekshirishni amalga oshiradi, shuningdek tayinlashni maqsadga muvofiqligi yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasining asosiy tashuvchisi foydalanayotgan yoʻnalishlarda boshqa tashuvchilarning xalqaro parvozlarni bajarishi shu tashuvchi bilan oldindan kelishilgandan soʻng Davavianazorat tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashuvlarga yetarli darajada talab boʻlganda bir qatnovdan bir qancha tayinlangan tashuvchilar, agar bu xalqaro shartnomalarga zid boʻlmasa foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bir qatnovga tayinlashni berish toʻgʻrisida bir necha tashuvchilardan ariza tushgan hollarda afzallik quyidagi tashuvchilarga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomuntazam (charter) xalqaro tashuvlarni amalga oshirish sohasida ish tajribasiga ega boʻlganlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) tavsiyalariga maksimal mos boʻlgan havo kemalaridan foydalanuvchilarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tayinlash uchun ariza kelib tushgan kundan boshlab Davavianazorat tomonidan 20 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tayinlash toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Davavianazorat xorijiy davlatni tayinlangan tashuvchi toʻgʻrisida xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xat yuboradi. Tayinlashni berish rad etilgan taqdirda Davavianazorat ariza beruvchiga asoslangan javobni joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tayinlash muddatsiz amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tayinlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchi tomonidan xalqaro shartnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlari qoidalari buzilganda olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchi tomonidan xalqaro shartnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlari qoidalari muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning amal qilish muddati tugaganda, shuningdek tayinlash toʻxtatilgan muddat davomida tashuvchi aniqlangan qoidabuzilishlarni bartaraf qilmasa tugatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan holatda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashuvchi tayinlashning toʻxtatilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi toʻgʻrisidagi qabul qilingan qarorga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 23-dekabr

Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 23-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 23-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 23-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻiga ‎
F.I.O. ‎

‎‎ARIZA

_‎‎___________________________________________________ aviakompaniyasi

(toʻliq nomlanishi)

_‎‎_________________________________________________________ ga asosan

‎(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining toʻliq nomi)

_‎‎__________________________________________________ yoʻnalishi boʻyicha
‎‎muntazam yoʻlovchi (yuk) tashuvlarini amalga oshirish uchun kelishilgan qatnovdan foydalanishga tayinlashni soʻraydi.

‎Ilova:_____________________‎

‎(sana)‎

‎(lavozim, imzo, F.I.O.)‎

M.Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 45-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2075-1/0480-son)