11.06.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari Iqtisodiyot vazirligi oʻrtasida Anglashuv Memorandumi
Date of entry into force
11.06.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari Iqtisodiyot vazirligi oʻrtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anglashuv Memorandumi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IQTISODIY HAMKORLIK, SAVDO VA INVESTITSIYaLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari Iqtisodiyot vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular oʻrtasidagi mavjud doʻstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash istagidan kelib chiqib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar orqali hissa qoʻshishni, oʻz xalqi uchun farovonlikka erishishni maqsad qilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar, xizmatlar va oʻzaro investitsiyalar oqimini kuchaytirish zaruriyatiga qatʼiy ishonib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy, ilmiy va sanoatdagi hamkorlik, texnologiyalar yetkazib berish, savdo va investitsiya uchun yetakchi tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash ahamiyatini anglab,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar Tomonlardan har birining manfaatlarini taʼminlashini anglab,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilarni kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda

Ushbu Anglashuv Memorandumining maqsadi ikki davlat oʻrtasida savdo, sanoat, xizmat koʻrsatish va investitsiyalar sohasida iqtisodiy aloqalarini yanada faollashtirishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda

Tomonlar har ikki davlatdagi iqtisodiy maʼlumotlarni almashishga rozilik bildiradilar. Shuningdek, har ikki Tomon savdo, investitsiya, eksport va importga oid qonunchilik boʻyicha ham maʼlumotlarni almashishga rozi ekanliklarini izhor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda

Har ikki Tomon ham 2008-yil mart oyida ikki davlat oʻrtasida imzolangan amaldagi iqtisodiy Bitimni amalga oshirish uchun oʻzaro faoliyat yuritishga rozilik bildiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda

Tomonlar ikki davlat xususiy sektorlari oʻrtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini qoʻllab-quvvatlashga rozilik bildiradilar. Tomonlar ikki davlat Savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi aloqalarni ragʻbatlantirishga va ularga homiylik qilishga rozi ekanliklarini izhor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda

Tomonlar ikkala davlatdagi davlat va xususiy kompaniyalar tomonidan oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantirishga rozilik bildiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda

Tomonlar ikki davlatdagi ulkan savdo, sanoat va investitsiya imkoniyatlarini tushunib yetadilar. Tomonlar xususiy sektorlar uchun ishbilarmonlar delegatsiyalari almashinuvini oʻzida mujassamlashtirgan oʻzaro tanishuv dasturlarini yaratish va savdo koʻrgazmalarini tashkillashtirish uchun ikki davlatdagi Savdo-sanoat palatalarini ragʻbatlantirishga rozilik bildiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda

Mazkur Anglashuv Memorandumi yuridik majburiy hisoblanmaydi va xalqaro huquq doirasida hech qanday huquq va majburiyatlarni yuklamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda

Ushbu Anglashuv Memorandumi Tomonlar tarafidan imzolagandan soʻng kuchga kiradi va Tomonlardan biri ikkinchi Tomonga olti oylik muddatda ushbu Memorandumni toʻxtatish boʻyicha yozma xabardor qilmagunga qadar, cheklanmagan muddatda amalda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda

Tomonlar ushbu Memorandumga istalgan paytda, oʻzaro kelishuv asosida, yozma ravishda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida 2009-yil 11-iyun kuni ikki nusxada har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 2-3-son)