Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.06.1998 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.06.1998 yildagi 243-son
Date of entry into force
08.06.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 08.06.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GERMANIYANING “KfV” TARAQQIYOT BANKI TOMONIDAN MABLAGʻ BILAN TAʼMINLANADIGAN OROLBOʻYI QISHLOQ AHOLISINI ICHIMLIK SUV BILAN TAʼMINLASH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Germaniyaning “KfV” taraqqiyot banki tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan Orolboʻyi qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash dasturining investitsiya qismini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorazm viloyati qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash loyihasining investitsiya qismini amalga oshirish uchun “KfV” banki tomonidan 23 mln. Germaniya markasi miqdorida moliyaviy mablagʻlar, ulardan 20 mln. Germaniya markasi yillik foiz stavkasi 0,75 foiz, uzish muddati 40 yil boʻlgan, 10 yil mobaynidagi imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi va qaytarilmaydigan ssuda sifatida 3 mln. Germaniya markasi berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi asosiy qarz oluvchi va Xorazm viloyatining qishloq joylarini ichimlik suv bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan qarz mablagʻlarining maqsadli foydalanilishi va taqsimlanishi uchun masʼul tashkilot etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi “KfV” bankining imtiyozli krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyihani ijro etuvchi tashkilot, buyurtmachi va obyektlardan foydalanuvchi tashkilot, shuningdek, kreditning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun masʼul hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar loyiha tugallangandan soʻng ijro etuvchi tashkilotga mulk qilib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda “KfV” banki bilan uch tomonlama kredit bitimini imzolash uchun zarur boʻlgan hujjatlar paketi tayyorlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda “KfV” banki bilan uch tomonlama kredit bitimi imzolanganidan soʻng uch hafta muddatda kreditga xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda dastlabki besh yilda foizlarni davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi jalb qilinadigan xorijiy konsultantlar bilan birgalikda, mablagʻ bilan taʼminlovchi tashkilot mezonlarini hisobga olgan holda, qishloq aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash obyektlari roʻyxatini tayyorlasin hamda uni Xorazm viloyati hokimligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishib olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xorazm viloyati hokimligi Moliya vazirligi va “Obi hayot” aksiyadorlik investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda mintaqa qishloq aholisini ichimlik suvdan oqilona foydalanish jarayoniga faol jalb etish, ichimlik suv bilan taʼminlash obyektlaridan foydalanish xarajatlarini qoplaydigan tarif stavkalarini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Jahon banki dasturi doirasida Orolboʻyi aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash loyihalarining umumiy muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 8-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243-son