Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 23.12.2009 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.12.2009 yildagi 327-son
Date of entry into force
23.12.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 02.06.2010 10 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

ALKOGOLLI MAHSULOTLAR UCHUN ENG KAM ULGURJI-SOTISH VA CHAKANA NARXLARNI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun ularning 1-ilovaga muvofiq narxlardan past narxlarda sotilishi mumkin boʻlmagan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar, mahsulotlarni sotish narxlari va hajmi oʻzgarishidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotish holatlari aniqlangan taqdirda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga nisbatan tegishli jarima sanksiyalari qoʻllanadi, aybdor shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar boʻyicha belgilangan talablarga 2010-yil 1-yanvardan boshlab rioya etilishini taʼminlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda maʼlum qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan tartibda monitoring va tekshirishlarni amalga oshirishda alkogolli mahsulotlarning belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotilishi hollarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2010-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 23-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
327-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga
1-ILOVA

Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Sotilayotgan tovarning nomi‎

Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi‎ Eng kam chakana narx‎
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida‎ 1800‎ 2400
Konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida‎ 3800‎ 5000‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 20-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji sotish narxidan past narxlarda sotish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshiga “alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotish holatlari aniqlangan taqdirda alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotilgan alkogolli mahsulot qiymatining 20 foizi miqdorida, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aynan shu qonun buzilishi bir yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda — ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxidan past narxlarda sotilgan alkogolli mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda jarima qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulot qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish narxi boʻyicha hisoblab chiqariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 60-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxdan past narxlar boʻyicha”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 569-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda, 42-43-son, 364-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)