16.05.2001 yildagi 219-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.05.2001 yildagi 219-son
Date of entry into force
16.05.2001
Hujjat 16.05.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QIZILQUM FOSFORIT KONLARINI KOMPLEKS OʻZLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy Qizilqum mintaqasida nodir fosforit koni bosqichma-bosqich, kompleks va samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash, uning negizida respublikada fosforli mineral oʻgʻitlar va eksportga yoʻnaltirilgan boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy Qizilqum mintaqasidagi Jeroy fosforit koni zaxiralari va baholangan resurslari, ularning sifati, kon qazishning kon-geologiya va kon-texnika shart-sharoitlariga koʻra MDH mamlakatlarida bunga oʻxshash kon yoʻqligi hamda jahondagi konlarning birinchi oʻnligiga kirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fosforit xom ashyosi zaxirasi sanoat kategoriyalari boʻyicha 40 — 50 metr chuqurlikkacha 303,6 mln tonna ruda, 57,7 mln tonna fosfor besh oksidi miqdorida baholanishi, bu qishloq xoʻjaligining fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojini 100 yildan ortiq muddatga taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilayotgan Qizilqum fosforit kompleksining xom ashyo bazasi Jeroy koni zaxiralariga, shuningdek fosforit rudalarining prognoz resurslari 5,0 mlrd tonnadan ortiq boʻlgan Karakat, Shimoliy Jetimtov kabi va boshqa yangi konlar jalb etilishi hisobiga asoslanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalda Qizilqum fosforit kombinatida 1,0 mln tonna fosforit rudasi qazib olinganligi va unga qayta ishlanganligi, “Krup Polizius” firmasi (Germaniya)ning tez kuydiruvchi vertikal pechidan foydalangan holda 27 foiz ozuqa moddasi (P2O5) boʻlgan konsentrat ishlab chiqarish boshlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻsh jinslar ichki agʻdarilgan qatlam hosil qiladigan qazishning qabul qilingan sxemasi yerning texnik rekultivatsiyasini kon qazish ishlari bilan bir vaqtda bajarish imkonini berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizilqum fosforit kompleksi rivojlanishiga konsentratsiyasiga koʻra turlicha fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun 16 foizdan 28 foizgacha ozuqa moddalari (P2O5) olingan holda jinsni selektiv oʻyishdan tortib fosforit xom ashyosini izchil boyitishgacha boʻlgan butun texnologiya zanjiri boʻyicha ilgʻor texnologiyalardan foydalanilgan ishlab chiqarish quvvatlari yaratish imkonini beruvchi katta hajmda investitsiyalar jalb qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jeroy koni fosforitlaridan oddiy fosfor, azot-fosfor, azot-kalsiy, organik mineral oʻgʻitlar, konsentratsiyalangan fosfor kislota ishlab chiqarish uchun foydalanishning istiqbol yoʻnalishlari va muddatlari 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Qizilqum fosforit kompleksida Jeroy konining fosforit rudalarini qazib olishni bosqichma-bosqich kengaytirish, ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash hamda respublika kimyo korxonalari tomonidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish yuzasidan 2-ilovaga* muvofiq takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qizilqum fosforit kompleksidan respublika kimyo korxonalariga, ular rekonstruksiya qilingungacha, fosforit xom ashyosini quyidagi yillik hajmlarda yetkazib berishga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand kimyo zavodiga — 200-250 ming tonna kuydirilgan fosforit konsentrati (27-28% P2O5) va 100 ming tonna fosforit kukuni (16 — 18% P2O5), shuningdek zavod buyurtmasi boʻyicha minerallashtirilgan massa (12 — 14% P2O5);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasiga 200 — 250 ming tonna kuydirilgan fosforit konsentrati (27-28% P2O5);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga 200 ming tonna fosforit kukuni (16-17% P2O5).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001 — 2003-yillarda Markaziy Qizilqum konlari yer osti suvlarining tabiiy resurslarini va mintaqaviy foydalanish zaxiralarini qayta baholasin hamda ularni Qizilqum mintaqasining jadal oʻzlashtirilishi va suvdan foydalanishning oʻzgargan shart-sharoitlari munosabati bilan 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilma boyliklar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasida tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002 — 2005-yillarda Karakat va Shimoliy Jetimtov konlarining fosforit zaxiralarini razvedka qilsin hamda ularni 2006-yilda Foydali qazilma boyliklar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasida himoya qilsin, shuningdek Qizilqum fosforit kompleksining moddiy-xom ashyo bazasini mustahkamlash va yanada kengaytirish maqsadida Boʻkantov togʻlaridagi Jaxau va Zirabuloq togʻlaridagi Ziyoviddin istiqbolli maydonlarida fosforit zaxiralarini dastlabki baholasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni 700 ming tonna yuvilgan fosforit konsentrati, ulardan 430 ming tonnasi yuvilgan kuydirilgan konsentrat (28% P2O5), 200 ming tonna yuvilgan konsentrat (18-19% P2O5) olgan holda yiliga 1500 ming tonna rudani qayta ishlaydigan Qizilqum fosforit kompleksining I navbatini (II bosqich) kengaytirish va rekonstruksiya qilishning texnik-iqtisodiy asoslarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qizilqum fosforit kompleksi I navbatini (II bosqich) kengaytirish va rekonstruksiya qilish obyektlari qurilishini, istisno tariqasida, loyihalashtirish bilan birga olib borishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 300 ming tonna kuydirilmagan fosforit konsentratini qayta ishlash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Jeroy konidan olingan fosforit konsentrantlarining oʻziga xosligini hisobga olgan holda oʻgʻitlar olishning texnologiyalarini ishlab chiqish va keyinchalik doimiy ravishda takomillashtirish maqsadida, 2002-yilning III choragida foydalanishga topshirgan holda, Samarqand kimyo zavodida tajriba-sanoat qurilmasiga ega boʻlgan eksperimental laboratoriya tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olti oy muddatda Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasini rekonstruksiya qilish va 500 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentratidan (28% P2O5) va 200 ming tonna yuvilgan fosforit konsentratidan (19% P2O5) 200 ming tonna fosforli oʻgʻitlar (100% P2O5) ishlab chiqaruvchi quvvatlar tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga yillik quvvati 200 ming tonna diammoniyfosfat (100% P2O5) ishlab chiqaradigan Samarqand kimyo zavodini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Navoiy kon-metallurgiya kombinati Qizilqum fosforit kompleksining I navbati ishi natijalari boʻyicha qayta ishlash hajmi yiliga kamida 3600 ming tonna ruda boʻlgan va tarkibida P2O5 miqdori fosforit xom ashyosi isteʼmolchilarining texnik shartlariga muvofiq boʻlgan 2500 ming tonna miqdorida fosforit xom ashyosi ishlab chiqarishga yetkazilgan holda kompleksni kengaytirishning iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun 2002-yilning IV choragida birlamchi maʼlumotlarni bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernining Oʻzbekiston Sanoat texnologiyasi ilmiy-tadqiqot-loyihalashtirish instituti birlamchi maʼlumotlar olingan paytdan boshlab 6 oy mobaynida Qizilqum fosforit kompleksini yanada kengaytirishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda fosforit rudasini qayta ishlash chogʻida hosil boʻlgan past navli fosforit xom ashyosidan olingan oʻgʻitlardan foydalanishga doir takliflar tayyorlash uchun maxsus ekspertlar guruhini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001 — 2003-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida oddiy fosforli va azot-kalsiyli oʻgʻitlar qoʻllash samaradorligining dala sinovlarini oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2001-yildan boshlab yiliga 200 ming tonna hajmida organik mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish maqsadida tarkibida 12—14% P2O5 boʻlgan fosforit xom ashyoni kompostlashni tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2002-yildan boshlab investitsiya dasturlarida Qizilqum fosforit kompleksini kengaytirish, Samarqand kimyo zavodini, Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, “Qoʻqon superfosfot zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish, shuningdek Samarqand kimyo zavodida eksperimental laboratoriya tashkil etish loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasining “Fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 26-noyabrdagi 509-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 16-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219-son