Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 26.11.2009 yildagi 302-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.11.2009 yildagi 302-son
Date of entry into force
26.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Hujjat 06.09.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI HAMDA HUQUQIY EKSPERTIZA VA XALQARO ShARTNOMALAR BOShQARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-sentabrdagi 762-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi D.O.Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 26-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Yigʻma departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yigʻma departamentning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini chuqur va kompleks tahlil qilish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va ijtimoiy rivojlanishning oʻsishi tizimli monitoringini olib borish, makrodarajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar boʻyicha mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi nomutanosibliklarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni, hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlaydigan hamda iqtisodiyotni barqaror surʼatda oʻstirishga, aholi bandligi va turmush darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan strategik ustuvor vazifalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishishga doir takliflar va tadbirlarni ishlab chiqqan holda investitsiya loyihalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini barqaror rivojlantirish hamda respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish masalalarida Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari, markaziy iqtisodiyot organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga boʻlgan ehtiyoj respublikaga import hajmi va tuzilmasini tahlil qilish hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davomida aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga buyurtmalarni mamlakat korxonalariga joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish, shuningdek ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning amalga oshirilayotgan loyihalari boʻyicha tasdiqlangan parametrlarga erishish yuzasidan tizimli monitoringni tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilinayotgan qarorlarning alohida tarmoqlarga, hududlarga va umuman mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholashni oʻz ichiga oladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertiza qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlanishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishi, davlat va xoʻjalik boshqaruvining har bir darajasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishining tizimli, kompleks va qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini Yigʻma departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tahliliy axborotlar bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yigʻma departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi va ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Yigʻma departamentga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departament oʻziga hisobot beradigan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududiy boʻlinmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Yigʻma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yigʻma departamentning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Yigʻma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy, institutsional va maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, mamlakatni makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini, qabul qilinayotgan qarorlarning ularga taʼsirini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy mutanosiblikni, iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni taʼminlashning strategik vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning samaradorligini oshirish, respublika bank-moliya tizimini yanada isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy ahvol va iqtisodiyotdagi tarkibiy sifat oʻzgarishlari, rivojlanishning kompleks maqsadli dasturlari amalga oshirilishi, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida bank-moliya tizimini isloh qilish monitoringi tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar, shu jumladan bank-moliya tizimini isloh qilish boʻyicha Hukumatning maqsadli dasturlari va qarorlari loyihalarini respublikaning strategik manfaatlari va maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan ekspert baholash, ularning rivojlanishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlariga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga taʼsirini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini taʼminlash, aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini koʻpaytirish va turmush darajasini oshirishni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, innovatsion rivojlanish mexanizmini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlarda va mintaqalarda, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish asosida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, ijtimoiy muhofaza, aholini ish bilan taʼminlash va tarkibiy iqtisodiy islohotlar, investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologiya bilan qayta jihozlash dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish monitoringini olib borish tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlar, Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlar va hududlar darajasida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) investitsiya loyihalari amalga oshirilishini nazorat qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturi, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarining kiritilayotgan loyihalarini har tomonlama tahlil qilish va ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularni amalga oshirishning ehtimol tutilgan oqibatlarini kompleks baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirishning samarali va eng maqbul sxemalarini tanlash boʻyicha xulosalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining investitsiya loyihalarini, shu jumladan Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida tayyorlash va amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga boʻlgan ehtiyoj respublikaga import hajmi va tuzilmasini tahlil qilish hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davomida aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga buyurtmalarni mamlakat korxonalariga joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning amalga oshirilayotgan loyihalari boʻyicha tasdiqlangan parametrlarga erishish uchun tizimli monitoringni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda aniq investitsiya loyihalari boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarining kompleks ekspertizasini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya dasturi, rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlari amalga oshirilishini umumlashtirish va monitoringi natijalarini kompleks tahlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishishga doir takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazalari yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, oʻrganadi, oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi hamda ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi, shuningdek mazkur materiallar toʻgʻrisida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi, Yigʻma departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy taʼminot va aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha maqsadli dasturlarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi va natijalarini respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari boʻyicha umumlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yigʻma departamentning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional ijtimoiy islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy iqtisodiyot organlari, ularning ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun vaqtinchalik ekspert tahlil guruhlari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari boʻyicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan mustaqil yozishmalarni yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yigʻma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Yigʻma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yigʻma departament:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yigʻma departamentning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yigʻma departamentning tuzilmasiga Yigʻma departament mudiri, Yigʻma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va bank-moliya tizimini isloh qilish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Yigʻma departament mudirining ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, shoʻbalar mudirlari, tegishli masalalar boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yigʻma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yigʻma departament mudiri, mudirning birinchi oʻrinbosari, mudir oʻrinbosarlari, shoʻbalar mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yigʻma departament faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yigʻma departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yigʻma departamentning choraklik ish rejalari, mudir, uning oʻrinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Yigʻma departamentning choraklik ish rejalari, mudirning va uning oʻrinbosarlarining, shoʻbalar mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Yigʻma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rejali, kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, departament majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yigʻma departament mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, oʻz oʻrinbosarlari, shoʻbalar mudirlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ular amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishi va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departamentning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni, mutaxassislarning kasb darajasini va amaliy malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish choralarini puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrinbosarlar, shoʻba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Yigʻma departamentning tarkibiy boʻlinmalari va mutaxassislari ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan Yigʻma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yigʻma departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yigʻma departament mudirining birinchi oʻrinbosari (oʻrinbosari):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va oʻziga boʻysunuvchi mutaxassislar ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yigʻma departament mudiriga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shoʻba mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shoʻbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan shoʻbaga biriktirilgan masalalar, tegishli vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va respublika hududlari boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy asosdagi monitoringini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Yigʻma departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, mudirning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yigʻma departament mudirining oʻrinbosariga, mudiriga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yigʻma departamentning bosh mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shoʻba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar)ning, tarkibiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ahvoli va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yigʻma departamentning yetakchi mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shoʻba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining qarorlari bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar)ning, tarkibiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ahvoli va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Inspektor Yigʻma departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda tashqi savdo aylanmasining muvozanatliligini kuchaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlar importi hajmi va tarkibini maqbullashtirish yuzasidan yagona tashqi iqtisodiy siyosat olib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalar, tashqi savdo, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida respublika hududida vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar, tijorat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini taʼminlash, buning uchun zarur shart-sharoitlar va preferensiyalar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va jahon bozorida konyunktura oʻzgarishini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy kompaniyalar, firmalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo hamkorligining ustuvor vazifalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport va import kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarning elektron bazasi ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil etish va shu asosda respublika tarmoqlari va korxonalari boʻyicha eksport va import qilinadigan mahsulotlar hajmi, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish, eng avvalo eksport tarkibida qoʻshilgan qiymat yuqori boʻlgan raqobatbardoshli tayyor mahsulotlar va xizmatlar ulushini oshirish, shuningdek tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlariga va mintaqaviy bozorlarga kirib borishi hisobiga eksport hajmini yanada koʻpaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tijorat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinadigan mahsulotlar hajmi va turlarini chuqur tahlil qilish, ana shunday mahsulotlarning xalqaro konyunkturasini tizimli oʻrganish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotni modernizatsiyalashning, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament faoliyatiga tegishli qismi yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvining har bir darajasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishining tizimli, kompleks va qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz eksporti tarkibida xizmatlar ulushini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan takliflarni ishlab chiqish va tadbirlarni muvofiqlashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar boshliqlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlari) loyihalarining ekspert jihatidan puxta ishlanishini, investitsiya va tashqi savdo shartnomalarining turkumlashtirilgan maʼlumotlar banki shakllantirilishi va monitoringi olib borilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalarning normativ-huquqiy bazasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha tahliliy axborotlar bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi va ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar va firmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tashqi savdoni tahlil qilish, eksport salohiyatini kengaytirish, import hajmi va turlarini maqbullashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona davlat tashqi iqtisodiy siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, uning strategiyasini va amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda qatnashish, bojxona-tarif va notarif yoʻli bilan, shu jumladan tashqi savdo boʻyicha sanitariya, fitosanitariya va texnik chora-tadbirlarni qoʻllash yoʻli bilan tartibga solishning kelishilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat boshqaruvi organlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizning eksport salohiyatini kengaytirish, xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasining muvozanatliligini kuchaytirish, tashqi savdo tuzilmasini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlar importi hajmi va tarkibini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport-import kontraktlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi ishlab chiqilishini tashkil etish hamda import hajmi va turlarini chuqur tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻzlashtirishi uchun tayyor mahsulot, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxatlari hamda importni qisqartirish boʻyicha takliflarni shakllantirish yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikamizning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tijorat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz eksporti tarkibida xizmatlar ulushini koʻpaytirishga, eng avvalo, turistik va transport-logistik xizmatlar eksporti hajmini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (xizmatlar)ning jahon bozorlarini marketing asosida kompleks tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish hamda eksport tarkibini yanada koʻpaytirish va takomillashtirish, eksport turlari va geografiyasini, birinchi navbatda, tayyor mahsulot eksportini koʻpaytirish hisobiga kengaytirish, tashqi bozorlarga chiqishning yangi transport yoʻlaklarini aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini shakllantirish, uning bajarilishini taʼminlash yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportni nazorat qilish sohasida davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlashda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining himoya chora-tadbirlarini, dempingga qarshi va kompensatsiya bojlarini qoʻllashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari kompleks koʻrib chiqilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida respublika hududidagi vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar, tijorat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini taʼminlash, buning uchun zarur shart-sharoitlar va preferensiyalar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va jahon bozorida konyunktura oʻzgarishini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo hamkorligining ustuvor vazifalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi boʻyicha shart-sharoitlar yaratishda va chora-tadbirlar ijrosi monitoringini olib borishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi rivojlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya muhitini tahlil qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalar, eng avvalo, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimi uchun shart-sharoitlar va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
potensial investorlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti toʻgʻrisida, shu jumladan investitsiya qoʻyish jarayonining asosiy tartib-qoidalari masalalari, shuningdek taklif etilayotgan investitsiya hajmlari haqidagi axborot bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzilishi va shartlarga rioya qilinishi, moliyalashtirish oʻz vaqtida boshlanishi hamda xorijiy investorlar va kreditorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda alohida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy hisob-kitob)ni, moliyalashtirish sxemalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish jarayonini muvofiqlashtirish, shuningdek amalga oshirish taklif qilinayotgan investitsiya takliflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni potensial xorijiy investorlar va kreditorlarga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish masalalari boʻyicha xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik qilish dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublikaga texnik koʻmaklashish mablagʻlari va muruvvat yordami jalb etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmini koʻpaytirishni tizimli asosda taʼminlaydigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini qoʻllash ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlari) amalga oshirilishi ekspertizasi va monitoringi sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalari ekspert jihatidan puxta ishlanishini, maʼlumotlarning turkumlashtirilgan elektron bankini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar boshliqlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari monitoringini shakllantirish va yuritishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha maʼlumotlarning turkumlashtirilgan elektron bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, oʻrganadi, oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi hamda ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi, shuningdek mazkur materiallar toʻgʻrisida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning tegishli oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi; Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini, tijorat tuzilmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar hamda tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning tegishli oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, korxonalar, firmalar va tashkilotlardan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati departamentlarining tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat tuzilmalari, korxonalar va jamoat tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy iqtisodiyot organlari, ularning ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun vaqtinchalik ekspert tahlil guruhlari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish muammolarining axborot-tahliliy tadqiqotlari sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy hukumat muassasalari bilan mustaqil yozishmalarni yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir tegishli oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro, xorijiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borish va ularda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarning ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Departamentning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shoʻbalar mudirlari, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdo va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament mudiri, shoʻbalar mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Departament faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir tegishli oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir, shoʻba mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rejali, kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, departament majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Departament mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ular amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning tegishli yoʻnalishlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi tizimli monitoringi tashkil etilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, faoliyatning tegishli yoʻnalishlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni, mutaxassislarning kasb darajasini va amaliy malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish choralarini puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrinbosarlar, shoʻba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Departamentning tarkibiy boʻlinmalari va mutaxassislari ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan shoʻbalar mudirlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Shoʻba mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba mutaxassislari ishini muvofiqlashtiradi va shoʻbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan shoʻbaga biriktirilgan masalalar, tegishli vazirliklar, idoralar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning doimiy asosdagi monitoringini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masalalarni oʻrganib chiqishning muvofiqlashtirilishini va tegishli davrga mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalarida tasdiqlangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida departament mudiri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun tegishli takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan faoliyatning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari, korxonalar, tijorat tuzilmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ahvoli va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tijorat tuzilmalari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlar bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, tijorat tuzilmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq ularning zarur kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shoʻba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tijorat tuzilmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari, korxonalar, tijorat tuzilmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ahvoli va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijroda turgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatini taʼlim va kadrlar tayyorlash; sogʻliqni saqlash; ijtimoiy muhofaza; fan va innovatsiyalar; madaniyat va sport; Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va kadrlar tayyorlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishini monitoring va tahlil qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining taʼlim va kadrlar tayyorlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy taʼlim tuzilmalari bilan koʻp tomonlama va samarali xalqaro hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oʻquv yurtlarida, shu jumladan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida oʻqishga qabul qilish va kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, taʼlim muassasalari bitiruvchilarining sohasi va ixtisoslashuvining real iqtisodiyot korxonalari va sohalari ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirilishini kuchaytirish, oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va doimiy ravishda yangilab borish, ularni malakali oʻqituvchi kadrlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodi bilan taʼminlash hisobiga oʻqitish sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— respublikada sogʻlom avlodni tarbiyalashning tarkibiy qismi sifatida bolalar sportini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— boshlangʻich musiqa taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va shakllantirish, ularni yuqori professional pedagoglar va mutaxassislar bilan taʼminlash masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sogʻliqni saqlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning sogʻliqni saqlash sohasining faoliyat koʻrsatishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi salomatligi saqlanishi va yaxshilanishini maqbullashtirish, samaradorligini oshirish va taʼminlash, profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, ushbu sohada aniq yoʻnaltirilganlikni va aholini qamrab olishni kuchaytirish boʻyicha vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash, mamlakatda vatanimiz farmatsevtika sanoatining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilada tibbiy madaniyatni oshirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va tarbiyalanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga sifatli bepul tibbiy yordam koʻrsatish va ularni dori-darmonlar bilan taʼminlash boʻyicha Hukumat qarorlarining bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli kasalliklarning oldini olish, hududlarni oʻta xavfli kasalliklarning olib kirilishi va tarqalishidan sanitariya jihatidan muhofaza qilish, atrof muhit gigiyenasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni, shu jumladan OITS, sil kasalligi va shu kabilarni davolash hamda oldini olishni tashkil etish boʻyicha tizimli tadbirlar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ijtimoiy muhofaza sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhofaza sohasidagi eng muhim dasturlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks monitoringini hamda tahlilini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning kam taʼminlangan hamda koʻp bolali oilalarga aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy yordam koʻrsatilishini amalga oshirishdagi faoliyati muvofiqlashtirib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla posboni” jamoat tuzilmalarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joylarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni, sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, jismonan sogʻlom va maʼnaviy boy yosh avlodni kamol toptirish masalalaridagi faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining chuqur va mustaqil fikrlaydigan, demokratik qadriyatlarni, bozor iqtisodiyotini puxta oʻzlashtirgan jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk yoshlarni kamolga yetkazishdagi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash, ularning uzoq muddatli va keng koʻlamli iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirokini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat tuzilmalarining xorijdan respublikaga keladigan muruvvat yordamini aniq yoʻnaltirilgan holda va maqsadli taqsimlash hamda keyinchalik undan samarali foydalanilishi monitoringini olib borishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) fan va innovatsiyalar sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlashtirilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga yuklangan davlat ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlari amalga oshirilishi monitoringi va tahlilini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy va texnologiya salohiyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada isloh qilishning strategik vazifalari va ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning saviyasi, sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ulardan amaliyotda keng foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fan va innovatsiyalar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
(6-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan sohasini boshqarish va moliyalashtirish prinsiplarini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini ilmiy va innovatsion faoliyatdagi boshqaruv va xoʻjalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar, ilmiy tashkilotlar va muassasalarning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “g” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) madaniyat va sport sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli va kompleks oʻrganishni, tahlil qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat, ommaviy sport sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak maʼnaviyatni, xalq anʼanalari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismoniy sogʻlom, maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxslarni tarbiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatishni, ularning harbiy qismlarga qabul qilinishini, shuningdek rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylariga qaytib kelishini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalarida tashkiliy jihatdan koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportda yuksak yutuqlarni rivojlantirish hamda Olimpiya oʻyinlarida, jahon chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston nomidan munosib qatnashishga qodir boʻlgan yuqori klassli sportchilarni qoʻllab-quvvatlash va tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanʼat, kino, kino- va videofaoliyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish boʻyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Davlat dasturining tizimli va kompleks joriy etilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tilining amal qilishi sohasida monitoring va tahlilni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlarining toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tashkilotlariga va harakatlariga, mahalla qoʻmitalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga mamlakatimizda roʻy berayotgan keng koʻlamli oʻzgartirishlarning mohiyatini ochib berish boʻyicha aholi oʻrtasida olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy va tashviqot-targʻibot ishlarining taʼsirchanligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashishni tashkil etish. Bizning milliy manfaatlarimizni taʼsirchan va izchil tashviq va targʻib qilishni, mamlakatimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlashni, milliy anʼana va urf-odatlarimizni saqlab qolishni, qabul qilingan qonunlar, davlat dasturlari, keng koʻlamli islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari mohiyatini tushuntirish va sharhlashni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Departamentning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, taʼlim va kadrlar tayyorlash; sogʻliqni saqlash; ijtimoiy muhofaza; fan va innovatsiyalar; madaniyat va sport; Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Departament faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rejali, kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, departament majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Departament mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishi hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kompleks rahbariga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlarning sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlarning sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ijroda boʻlgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shuningdek xalqaro shartnomalar bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish boʻyicha faoliyatini taʼminlaydigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining tegishli xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalari boʻyicha ish rejalarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan maʼlumotlar bankini shakllantirish va monitoringini olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va ularni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarining tizimli hisobini yuritadi, qonun hujjatlari boʻyicha maʼlumotnoma ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda Hukumat qarorlarini talqin qilish va qoʻllash boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar qarorlari loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek qonun hujjatlari boʻyicha maʼlumotnoma materiallar bilan taʼminlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar materiallarini tayyorlashda va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyati bilan bogʻliq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplamini nashr etishga tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazirning koʻrib chiqishi uchun Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejalari loyihalarini kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejalarining bajarilishi monitoringi olib borilishini, koʻrsatib oʻtilgan rejalarning amalga oshirilishining holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi, tegishli qonun loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun loyihalarini muhokama etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari ishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalar belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlaydi, ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari topshirigʻiga koʻra Boshqarmaga tegishli sohaga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan Hukumatlararo komissiyalar va qoʻmitalar majlislarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xalqaro shartnomalarni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida xalqaro shartnomalar loyihalari belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini va ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga va tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya qilinishini taʼminlash masalalarida tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim boʻlgan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarni tayyorlash va tuzish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish hamda amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish masalalari boʻyicha axborotlarni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan maʼlumotlar bankini shakllantirishni, yuritishni va muntazam ravishda yangilab borishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarishning ahvoli toʻgʻrisida turkumlashtirilgan maʼlumotlar bankini va tahliliy bazani shakllantirish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish masalalari boʻyicha tahliliy va maʼlumotnoma materiallarni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli materiallarni va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga koʻra davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Boshqarma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari koʻrib chiqishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilishi uchun tayyorlanadigan va kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksliligi va sifati uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi monitoringini olib borish taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining taʼminlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Boshqarmaning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Boshqarma tarkibiga huquqiy ekspertiza boʻlimi hamda xalqaro shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi boʻlimi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma tuzilmasi Boshqarma boshligʻi, huquqiy ekspertiza boʻlimi mudiri, xalqaro shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi boʻlimi mudiri, tegishli masalalar boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektordan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Boshqarma ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boshqarma boshligʻi, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Boshqarma ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, boshliqning, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshligʻining shaxsiy ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rejali, kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, departament majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Boshqarma boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tashkil etilishini, shuningdek Boshqarma sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun hujjatlari loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha ish rejalari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflar loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan maʼlumotlar banki shakllantirilishini va monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan va ular boʻyicha respublika Hukumati qarori talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha takliflarni Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri koʻrib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish choralarini koʻradi, shuningdek ularni ragʻbatlantirish yoki ularga tanbeh berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning boʻlim mudirlari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amal qiladigan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan boʻlim mudirlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Boʻlim mudiri oʻziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda boʻlimdagi ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, koʻrsatib oʻtilgan loyihalarga viza qoʻyadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan oʻtkazishda bevosita qatnashadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshligʻiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar hamda tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma boshligʻiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga takliflar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini boʻlimning Boshqarma boshligʻi tomonidan belgilanadigan bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Boshqarmaning bosh mutaxassisi oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshligʻi, boʻlim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini va boshqa materiallarni oʻrganadi, ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarning turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam ravishda yangilab boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, boʻlim mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini talqin qilish va tushuntirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshligʻiga, boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga tayyorlash, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yigʻilishlar oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Boshqarmaning yetakchi mutaxassisi oʻziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshligʻi, boʻlim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishi, ularni ishlab chiqishning sifati va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosalari tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarni Boshqarma boshligʻiga, boʻlim mudiriga, tegishli bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha tegishli maʼlumotnoma va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma boshligʻi, boʻlim mudiri yoki tegishli bosh mutaxassis bilan kelishgan holda ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Inspektorlar Boshqarmada va boʻlimlarda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlar oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻma jildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining sakkizinchi xatboshi va qarorga 7-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda) I boʻlimining 6 va 7-bandlari, II boʻlimining 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 14-yanvardagi 6-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 2-maydagi 82-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarori) 2008-yil 20-maydagi 100-son qaroriga ilovaning 5-bandi 2-kichik bandi, 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 19-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 523-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 36-son, 409-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda)