Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017 26.11.2009 yildagi 302-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.11.2009 yildagi 302-son
Date of entry into force
26.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Hujjat 06.04.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI HAMDA HUQUQIY EKSPERTIZA VA XALQARO ShARTNOMALAR BOShQARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-sentabrdagi 762-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi 256-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 409-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi D.O.Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 26-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi 256-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 409-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shuningdek xalqaro shartnomalar bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish boʻyicha faoliyatini taʼminlaydigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining tegishli xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalari boʻyicha ish rejalarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan maʼlumotlar bankini shakllantirish va monitoringini olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va ularni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarining tizimli hisobini yuritadi, qonun hujjatlari boʻyicha maʼlumotnoma ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda Hukumat qarorlarini talqin qilish va qoʻllash boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar qarorlari loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek qonun hujjatlari boʻyicha maʼlumotnoma materiallar bilan taʼminlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar materiallarini tayyorlashda va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyati bilan bogʻliq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplamini nashr etishga tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
(6-bandning “a” kichik bandi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazirning koʻrib chiqishi uchun Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejalari loyihalarini kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejalarining bajarilishi monitoringi olib borilishini, koʻrsatib oʻtilgan rejalarning amalga oshirilishining holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi, tegishli qonun loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun loyihalarini muhokama etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari ishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalar belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlaydi, ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari topshirigʻiga koʻra Boshqarmaga tegishli sohaga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan Hukumatlararo komissiyalar va qoʻmitalar majlislarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xalqaro shartnomalarni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida xalqaro shartnomalar loyihalari belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini va ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga va tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya qilinishini taʼminlash masalalarida tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim boʻlgan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarni tayyorlash va tuzish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish hamda amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish masalalari boʻyicha axborotlarni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan maʼlumotlar bankini shakllantirishni, yuritishni va muntazam ravishda yangilab borishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarishning ahvoli toʻgʻrisida turkumlashtirilgan maʼlumotlar bankini va tahliliy bazani shakllantirish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish masalalari boʻyicha tahliliy va maʼlumotnoma materiallarni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli materiallarni va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga koʻra davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Boshqarma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari koʻrib chiqishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilishi uchun tayyorlanadigan va kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksliligi va sifati uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi monitoringini olib borish taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining taʼminlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Boshqarmaning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Boshqarma tarkibiga huquqiy ekspertiza boʻlimi hamda xalqaro shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi boʻlimi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma tuzilmasi Boshqarma boshligʻi, huquqiy ekspertiza boʻlimi mudiri, xalqaro shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi boʻlimi mudiri, tegishli masalalar boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektordan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Boshqarma ishlariga boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boshqarma boshligʻi, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Boshqarma ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, boshliqning, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshligʻining shaxsiy ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rejali, kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Kompleks, departament majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Boshqarma boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, boʻlimlar mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tashkil etilishini, shuningdek Boshqarma sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun hujjatlari loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha ish rejalari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qoʻshilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflar loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan maʼlumotlar banki shakllantirilishini va monitoringi olib borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan va ular boʻyicha respublika Hukumati qarori talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha takliflarni Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri koʻrib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish choralarini koʻradi, shuningdek ularni ragʻbatlantirish yoki ularga tanbeh berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning boʻlim mudirlari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amal qiladigan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan boʻlim mudirlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Boʻlim mudiri oʻziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda boʻlimdagi ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, koʻrsatib oʻtilgan loyihalarga viza qoʻyadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan oʻtkazishda bevosita qatnashadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshligʻiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar hamda tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma boshligʻiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga takliflar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini boʻlimning Boshqarma boshligʻi tomonidan belgilanadigan bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Boshqarmaning bosh mutaxassisi oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshligʻi, boʻlim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini va boshqa materiallarni oʻrganadi, ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarning turkumlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam ravishda yangilab boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻiga, boʻlim mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini talqin qilish va tushuntirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshligʻiga, boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga tayyorlash, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yigʻilishlar oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Boshqarmaning yetakchi mutaxassisi oʻziga birkitilgan masalalar yuzasidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshligʻi, boʻlim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishi, ularni ishlab chiqishning sifati va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosalari tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarni Boshqarma boshligʻiga, boʻlim mudiriga, tegishli bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha tegishli maʼlumotnoma va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma boshligʻi, boʻlim mudiri yoki tegishli bosh mutaxassis bilan kelishgan holda ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Inspektorlar Boshqarmada va boʻlimlarda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlar oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻma jildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining sakkizinchi xatboshi va qarorga 7-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qaroriga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda) I boʻlimining 6 va 7-bandlari, II boʻlimining 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 14-yanvardagi 6-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 2-maydagi 82-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarori) 2008-yil 20-maydagi 100-son qaroriga ilovaning 5-bandi 2-kichik bandi, 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 19-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 523-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 36-son, 409-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda)