07.01.2005 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.01.2005 yildagi 8-son
Date of entry into force
07.01.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“VIMM-BILL-DANN” KOMPANIYASI ISHTIROKIDAGI KORXONALARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]

Sut va sut mahsulotlari bozorini yanada rivojlantirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, eksportga yoʻnaltirilgan va importning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, shuningdek yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vimm-Bill-Dann-Produkti Pitaniya” kompaniyasi (Rossiya Federatsiyasi) “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi “Toshkent-Sut” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 76,98 foiz aksiyalarini sotib olganligi hamda oʻz shuʼba kompaniyasi — “VBD Toshkent” MCHJ xorijiy korxonasini tashkil etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005—2009-yillar mobaynida “Vimm-Bill-Dann-Produkti Pitaniya” kompaniyasi zamonaviy yuqori ishlab chiqarish texnologiyalari, asbob-uskunalar va intellektual mulk, “Toshkent-Sut” OAJning hosil boʻlgan (1,5 million AQSH dollariga teng miqdordagi) kreditorlik qarzlarini toʻlash va boshqa mablagʻlar sifatida 7,3 million AQSH dollari miqdorida investitsiya qoʻyishni moʻljallayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish va uni qayta ishlash boʻyicha “VBD Toshkent” MCHJ xorijiy korxonasi kompaniyasi loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2005—2009-yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“VBD Toshkent” MCHJ xorijiy korxonasi va uning rasmiy distribyutorlariga “Vimm-Bill-Dann” kompaniyasining mahsulotlarini, naqd pullarni har kuni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish sharti bilan, aholiga naqd pulga avtofurgonlardan sotishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“VBD Toshkent” MCHJ xorijiy korxonasiga fermer, dehqon xoʻjaliklaridan va jismoniy shaxslardan sutni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi korxonalari uchun belgilangan tartibda naqd mablagʻlarga mustaqil ravishda sotib olishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “VBD Toshkent” MCHJ xorijiy korxonasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab 7 yil muddatga daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-iyun 2006-yilgi 133-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent shahar hokimligi 2005-yil 1-yanvardan boshlab “VBD Toshkent” MCHJ xorijiy korxonasini mahalliy soliqlar va yigʻimlarning barcha turlarini toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari chorvachilik xoʻjaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratishda hamda chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun tegishli ruxsatnomalar berishda “VBD Toshkent” MCHJ xorijiy korxonasiga koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z.Usmonov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.Karimov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 7-yanvar,

8-son