Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.01.2005 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.01.2005 yildagi 6-son
Date of entry into force
07.01.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksini Margʻilon shahridagi 22-son nogiron bolalar ixtisoslashtirilgan maktabiga berish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogiron bolalarning oʻqishi va dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Turon shoyisi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Fargʻona viloyati hokimligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri, B.Margʻiloniy koʻchasi, 32-uyda joylashgan “Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksini “Turon shoyisi” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi balansiga Margʻilon shahridagi 22-son ixtisoslashtirilgan maktabining nogiron bolalari uchun bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fargʻona viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi “Turon shoyisi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksining belgilangan tartibda balansdan balansga berilishini va qabul qilib olinishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilayotgan “Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan 2004 — 2009-yillarda buziladigan, mukammal rekonstruksiya qilinadigan, mukammal va joriy taʼmirlanadigan umumtaʼlim maktablari oʻrniga yangi umumtaʼlim maktablarini qurishning asosiy koʻrsatkichlari doirasida 2006-yilda Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturiga kiritsinlar, berilayotgan kompleksni keyinchalik rekonstruksiya qilsinlar va uning negizida aqliy jihatdan zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab tashkil qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 2-ilovadan 183-pozitsiya (“Turon shoyisi” sanatoriy-profilaktoriy kompleksi) chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son