Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.01.2008 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.01.2008 yildagi 12-son
Date of entry into force
23.01.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008—2012 YILLARDA QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARIDA QURILISh MATERIALLARI SANOATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻli boʻylab joylashgan hududlarida mineral xomashyo bazasini yanada kengaytirish va samarali oʻzlashtirish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzqurilishmateriallari aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008—2012-yillarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishning maqsadli parametrlari toʻgʻrisida 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008—2012-yillarda amalga oshirish, uchun investorlarga tavsiya etilayotgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari toʻgʻrisida 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun 2008—2012-yillarda sanoat asosida oʻzlashtirish tavsiya etilayotgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qidirib topilgan, biroq foydalanilmayotgan xomashyo konlarini ishga tushirish toʻgʻrisida 3-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki, “Hamkorbank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Asaka” davlat aksiyadorlik-tijorat banki va Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik-tijorat sanoat-qurilish banki tomonidan ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami 500 mln soʻmdan ortiq maqsadli kreditlar ajratish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi ishlab chiqarishlar quvvatlarining, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmaning, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotlarning har bir turi boʻyicha eksport hajmlarining asoslangan hisob-kitoblari bilan birga loyiha hujjatlarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlashga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari investorlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, konlarni oʻzlashtirishda, tasdiqlangan loyiha yechimlariga muvofiq obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda, shuningdek ularni amalga oshirish davomida tizimli asosda yordam koʻrsatish va koʻmaklashish boʻyicha bir oy muddatda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklariga qurilish materiallari sanoati sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy investorlarni qidirib topish va jalb etishda koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Surxondaryo viloyatida sement ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida Oqtoshdagi istiqbolli maydonlarda joylashgan gipsli tosh konlarida izlash-qidirish ishlarini olib borish va 2011-yilgacha tugallash chora- tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi investitsiya loyihalarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda yangi ishlab chiqarishlarning yuqori texnologiyaligi va samaradorligi, mineral xomashyo va yoqilgʻi-energetika resurslari tejalgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va tannarxi masalalariga alohida eʼtibor qaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining birgalikdagi taqdimiga koʻra, tegishli ravishda asoslangan taqdirda, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan investitsiya loyihalari roʻyxatiga tasdiqlangan maqsadli parametrlar saqlab qolingan holda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlari loyiha amalga oshirilayotgan viloyatlarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishning maqsadli parametrlari oʻz vaqtida taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 23-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son