Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2017 15.09.2009 yildagi PQ-1190-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 15.09.2009 yildagi PQ-1190-son
Date of entry into force
15.09.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI TIZIMI HUDUDIY BOʻLINMALARI RAHBARLARINI TAYINLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1 maydagi PF-5030-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari qatʼiyan hamda soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, milliy meʼmoriy-madaniy anʼanalarni, respublika aholi punktlarining, ayniqsa qishloq joylarda, zamonaviy qiyofasini shakllantirishni hisobga olgan holda aholi punktlari bosh rejalarini sifatli ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimi hududiy tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi PQ-1539-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 256-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi majmuasi Rahbari bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) bir oy muddatda, ushbu Qarordan kelib chiqqan holda, Hukumat qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Tashkiliy-nazorat xizmati rahbari I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 15-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1190-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 9-son, 374-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 25-son, 256-modda)