Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 30.05.2002 yildagi PF-3080-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 30.05.2002 yildagi PF-3080-son
Date of entry into force
30.05.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 30.05.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KOMPYUTERLASHTIRISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy maʼlumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va taʼlim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand boʻlishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy oʻquv yurtlarining taʼlim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qoʻllanishga asoslangan ilgʻor taʼlim tizimlarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, maʼlumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda tutgan holda mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan koʻchma aloqa, IP texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va maʼlumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga gʻoyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ilovaga* muvofiq tarkibda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Muvofiqlashtiruvchi Kengash kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida yuqori muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Muvofiqlashtiruvchi Kengash zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalarga va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy omillarni vujudga keltirish yuzasidan Hukumatga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasiga oid dasturlar, loyihalar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan mutaxassislarni chet ellarda oʻqitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobat muhitini shakllantirishga koʻmaklashish, innovatsiya biznesini, shu jumladan mahalliy dasturiy vositalar va kompyuter texnikasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini kompyuterlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar, homiylik mablagʻlari va grantlarni jalb etishga, taʼlim muassasalarining axborot tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Muvofiqlashtiruvchi Kengash 2002-yilning 1-oktabriga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003—2010-yillarda telekommunikatsiya va maʼlumot uzatish milliy tarmogʻini rivojlantirish dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003—2010-yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha boʻlgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etilsin hamda unga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon-telegraf va pochta aloqasi, matbuot tarqatish, maʼlumot uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet, radioaloqa, radio eshittirish va televideniye tarmoqlarini barpo etish, faoliyatini yoʻlga qoʻyish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi strategik ustuvor yoʻnalishlarni roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi tizimi faoliyatini boshqarish, telekommunikatsiyalar va axborot uzatish tarmoqlarini rivojlantirishni davlat tomonidan boshqarish, ushbu sohalarda raqobat muhitini vujudga keltirish, tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari, telekommunikatsiyalar va maʼlumot uzatish tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalariga oid mahalliy standartlarni, texnik shartlar va talablarni ishlab chiqib, ularni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot resurslari bozorini rivojlantirish, davlat boshqaruvi, biznes, sogʻliqni saqlash, fan va taʼlim sohalarida, shuningdek jamiyat hayotining boshqa sohalarida axborot almashuvning elektron shakllariga oʻtish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi 2002-yilning 1-avgustiga qadar yirik xorijiy va mahalliy kompyuter hamda axborot kompaniyalari bilan birgalikda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazini tashkil qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash budjetdan tashqari jamgʻarmasining nomi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi deb oʻzgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarmaga maʼlumot uzatish tarmoqlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi ustuvor loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002/2003 oʻquv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, tarmoq texnologiyalari, koʻchma radiotelefon aloqasi, elektron tijorat va axborot xavfsizligi sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 2006-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaga olib kelinayotgan kompyuter maʼlumotlarini uzatish tarmoqlarini barpo etishga moʻljallangan asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar, shuningdek dasturiy vositalar bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻim bundan mustasno) toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuter va axborot texnologiyalariga oʻqitish boʻyicha xizmatlar, dasturiy vositalarni sotish, shuningdek ularga servis xizmatlari koʻrsatish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 2002-yilning 1-iyulidan boshlab dasturiy vositalar ishlab chiqarish, kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarga servis xizmatlari koʻrsatish, aholiga kompyuter texnikasida va axborot texnologiyalari bilan ishlashni oʻrgatish yuzasidan xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashgan tashkilotlarga (ularning katta-kichikligidan qatʼi nazar) yagona soliq toʻlash tartibi tadbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 30-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3080-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 98-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 262-modda)