Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 07.08.2008 yildagi PQ-938-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 07.08.2008 yildagi PQ-938-son
Date of entry into force
07.08.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Hujjat 07.08.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

OʻZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI HUZURIDA MUQADDAS QADAMJOLARNI SAQLASH VA OBOD ETISH XAYRIYA JAMGʻARMASINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqaddas islom dini, islom falsafasi va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ulamo va aziz-avliyolarning tabarruk nomlari bilan bogʻliq Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Hazrati Imom, Shohi Zinda, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Koʻk gumbaz, Dorus-saodat, Qosim shayx kabi mamlakatimiz hududidagi qutlugʻ ziyoratgoh va qadamjolarni talab darajasida saqlash va obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasining Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga, ijrochi direksiyasi tuzilmasi esa 2-ilovaga muvofiq tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yurtimizda yashab oʻtgan, yodgorlik va qadamjolari qutlugʻ ziyoratgohga aylanib ketgan aziz-avliyo va mutafakkirlarning qoldirgan bebaho merosini xalqimiz, avvalo yoshlarimizning qalbi va ongiga chuqur singdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noyob tarixiy-meʼmoriy majmualar boʻlmish mazkur ziyoratgohlarni saqlash, tiklash-taʼmirlash va yanada obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng koʻlamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy taʼlim muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash hamda diniy sohada faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish masalasida moliyaviy koʻmak berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasi faoliyatining moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlar, shuningdek, yurtimizdagi idora va muassasalar, ijtimoiy tashkilotlar, korxonalar, tijorat banklari va fuqarolarning xayriya mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarning xayriya tashkilotlari, jamgʻarmalar, davlat rahbarlari, din arboblari va boshqa shaxslarning xayr-ehsonlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan xayriya mablagʻlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida maxsus hisob raqami ochilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi “Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi 364-sonli qarori ikkinchi bandining ikkinchi abzatsida qayd etilgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida tashkil etilgan maxsus jamgʻarma haqidagi punkt oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus jamgʻarmaning mol-mulki va moliyaviy mablagʻlarini yangitdan tuzilayotgan Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi balansiga oʻtkazish haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taklifi maʼkullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi diniy tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, telefon, oqava suv va maishiy chiqindilarni tashish) boʻyicha belgilangan toʻlov imtiyozlari hisobidan hosil boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi budjetiga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasining Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maʼmuriy binosiga joylashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Uzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi nizomini belgilangan tartibda ruyxatdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 7-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-938-son

Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 7-avgustdagi PQ-938-sonli qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston musulmonlari vdorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O. Yusupov‎ —‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi vazifasini bajaruvchi, kengash raisi‎
U. Alimov‎ —‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, kengash raisi oʻrinbosari‎
J. Nuriddinov‎ —‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi taʼlim boʻlim mudiri, kengash masʼul kotibi‎
R. Qurbonov‎ —‎ Madaniyat va sport ishlari vaziri‎
J. Qoʻchqorov‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
R. Abdullayev‎ —‎ Toshkent islom universiteti rektori‎
N. Baxtiyorov‎ —‎ Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari‎
E. Boqiboyev‎ —‎ “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi‎
A. Ahmedov‎ —‎ “Mahalla” jamgʻarmasi raisi‎
M. Hojimatov‎ —‎ Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari‎
A. Alimov‎ —‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi‎
Z. Hakimov‎ —‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Oʻ. Xolmuhamedov‎ —‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: joylardagi hokim oʻrinbosarlari kengash aʼzolari hisoblanadi. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 7-avgustdagi PQ-938-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas kadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijrochi direksiyasining TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Ijrochi direktor‎ 1‎
2.‎ Bosh hisobchi — kassir‎ 1‎
3.‎ Ekspert-taʼmirshunos‎ 1‎
4.‎ Ziyoratlarni tashkil qilish boʻyicha mutaxassis‎ 2‎

‎‎Jami —5 ta shtat birligi