Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.2009 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.08.2009 yildagi 251-son
Date of entry into force
28.08.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 28.08.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UZ-CHINA URAN” MASʼULIYATI ChEKLANGAN JAMIYAT OʻZBEKISTON-XITOY QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geologiya-qidiruv ishlarini va qattiq foydali qazilma boyliklar qazib olishni yanada kengaytirish, respublika hududida xorijiy investorlarni jalb etgan holda qora slanets tipidagi uran rudasini boyitish texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Rivojlantirish va islohotlar ishlari davlat qoʻmitasi oʻrtasida uran sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan Bitim doirasida geologik oʻrganish ishlarini tashkil etish uchun tomonlar, birinchi navbatda, qora slanets tipidagi uran konini aniqlashga istiqbolli maydon sifatida Navoiy viloyatidagi Boztov maydonini belgilaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Xitoyning “CGNPC Uranium Resources Co., Ltd” Guandon yadro-energetika korporatsiyasining shoʻba kompaniyasi bilan Navoiy viloyatidagi istiqbolli Boztov maydonida qora slanets tipidagi uran konini aniqlash maqsadida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik oʻrganish ishlarini olib borish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Uz-China Uran” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining ustav kapitali miqdori 4,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi, undan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“CGNPC URC” kompaniyasining 50 foiz miqdoridagi ulushi pul mablagʻlari va asbob-uskunalar hisobiga shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 50 foiz miqdoridagi ulushi istiqbolli Boztov maydonida ilgari olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologik, geofizik va boshqa maʼlumotlar hisobiga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boztov maydonida geologik oʻrganish ishlari salbiy natijalar bergan taqdirda “CGNPC URC” kompaniyasi tomonidan jalb etilgan mablagʻlar, shu jumladan kreditlar qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “CGNPC URC” kompaniyasiga xorijiy investor sifatida “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni jahon narxlarida sotib olishda ustunlik huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga istiqbolli Boztov maydonini geologik oʻrganish uchun yer osti uchastkasidan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda uch yil muddatga litsenziya bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologik oʻrganish ishlari natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga geologik oʻrganish ishlarini olib borish aniqlangan konda tarkibida uran mavjud boʻlgan rudalarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Navoiy viloyati hokimligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga istiqbolli Boztov maydonida geologik oʻrganish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha qoʻshma korxona faoliyatida qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha qoʻshma korxona faoliyatida qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishini va koʻp martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek ular yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Uz-China Uran” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga qoʻshma korxona faoliyatida qatnashish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 28-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 387-modda; 2013-y., 11-son, 142-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)