Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.06.2009 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.06.2009 yildagi 165-son
Date of entry into force
17.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOʻQON TEMIR YOʻL KASB-HUNAR KOLLEJINI “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI TASARRUFIGA OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, pedagog va muhandis-pedagoglarning tajribasini orttirish, oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat mulki qoʻmitasi va Fargʻona viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga qarashli Qoʻqon temir yoʻl kasb-hunar kollejini 2009/2010 oʻquv yilidan boshlab “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Qoʻqon temir yoʻl kasb-hunar kollejini belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufiga oʻtkazish, kollejning moddiy boyliklarini topshirish va qabul qilish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy va huquqiy masalalarni 2009-yil 1-iyulgacha hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilangan tartibda Qoʻqon temir yoʻl kasb-hunar kollejini oʻz tasarrufiga qabul qilib olgandan soʻng, uni moddiy va moliyaviy taʼminlashni, oʻquvchilarni kasbga oʻrgatishni va ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Qoʻqon temir yoʻl kasb-hunar kollejiga tashkiliy, oʻquv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, oʻquv taʼlim va kasb-hunar dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Qoʻqon temir yoʻl kasb-hunar kolleji Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda hududda mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashtiradilar va ularning ish bilan bandligini monitoringini olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda Qoʻqon temir yoʻl kasb-hunar kollejini mukammal taʼmirlash, oʻquv ustaxonalarini kasbga oid jihozlar bilan boyitish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Qosimov va N.M.Xanov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 17-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165-son