07.08.2009 yildagi 224-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.08.2009 yildagi 224-son
Date of entry into force
07.08.2009
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XORIJIY INVESTITSIYA ISHTIROKIDAGI MCHJ “JV MAN AUTO — UZBEKISTAN” KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat transportlarini ishlab chiqaruvchi jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri bilan integratsiyalashuv asosida respublika avtomobilsozlik sanoatini yanada barqaror rivojlantirish, yuk tashuvchi MAN avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish orqali ishlab chiqarilayotgan avtomobilsozlik mahsulotlari turlarini kengaytirish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmining oʻsishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzavtosanoat” AJ va “MAN Nutzfahrzeuge AG” kompaniyasi (Germaniya) oʻrtasida 2009-yil 10-iyun kuni masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida ustav kapitali 3 million yevro boʻlgan “JV MAN Auto — Uzbekistan” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida Bitim imzolanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“JV MAN Auto — Uzbekistan” qoʻshma korxonasini ustav kapitalidagi “Oʻzavtosanoat” AK ulushi 51 foizni, “MAN Nutzfahrzeuge AG” esa 49 foizni tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “JV MAN Auto — Uzbekistan” MCHJ talabiga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda kirish vizalari berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “JV MAN Auto — Uzbekistan” MCHJning arizasiga koʻra, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, chet ellik mutaxassislar va oila aʼzolarining vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska muddatini davlat boji toʻlashdan ozod etgan holda uzaytitirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “JV MAN Auto — Uzbekistan” MCHJga qoʻshma korxona tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislar va yuqori malakali ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 7-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224-son