Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.07.2009 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.07.2009 yildagi 207-son
Date of entry into force
21.07.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING MAʼLUMOTLAR UZATISh TARMOGʻINI YaNADA MODERNIZATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatishni va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish, maʼlumotlar uzatish tezligini oshirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida tarmoqqa ruxsatsiz ulanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan 2006 — 2010-yillarda soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqaning yoʻldosh tizimi bazasida maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan aloqaning optik tola liniyasiga asoslangan yerusti aloqa kanallari asosida yaratiladigan korporativ tarmoqqa bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadigan “Oʻzbektelekom” AK kommunikatsiyalari tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar uzatish korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilgani, vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtgani va uning dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan maʼlumotlar uzatishning korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish uchun texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga tender oʻtkazilganligi va uning yakunlari boʻyicha tender gʻolibi “TexnoServ AS” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan 3980 ming AQSh dollari summasiga kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻtkazilgan tendyerlarni hisobga olgan holda “Oʻzbektelekom” AK kommunikatsiyalari tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar uzatish korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxat boʻyicha davlat soliq xizmati organlari maʼlumotlar uzatish korporativ tarmogʻini modernizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan, chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, buyumlar va materiallarga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 21-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207-son