O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 11 MARTDAGI 131-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2009-yil 19-maydagi 141-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qarorida:
1-ilova III bo‘lim 10-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilovaning 2-bandi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 3-iyul,
185-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 27-son, 317-modda)