Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.06.2009 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.06.2009 yildagi 173-son
Date of entry into force
19.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKA KORXONALARIDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BOʻLGAN SIFATNI BOShQARISh TIZIMLARINI JORIY ETIShNI KENGAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning eksport salohiyatini koʻpaytirish va respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhning yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Maxsus ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va ularni oʻz vaqtida sertifikatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirish bilan bogʻliq jarayonlarning tizimli monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga doir takliflar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini 2011-yil 1-yanvargacha joriy etish toʻgʻrisidagi 2-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus ishchi guruhga, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek respublika korxonalarining takliflari asosida ushbu qarorga 2-ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzstandart” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 3-ilovada* koʻrsatilgan korxonalar faoliyatini tahlil qilish asosida 2011-yil 1-yanvargacha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish istiqboliga ega boʻlgan korxonalarning aniq roʻyxatini tasdiqlash uchun Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maxsus ishchi guruhning ular yuzasidan ijobiy qarorlari qabul qilingan mintaqaviy korxonalar boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir mintaqaviy tadbirlarni tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga kiritilgan korxonalar boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir tarmoq tadbirlarini tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish amalga oshirilishi tahliliga bagʻishlangan masalalarni Komplekslarning choraklik majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruvning barcha darajalarida ish yakunlarini chiqarishda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha koʻrsatkichlardan rahbarlar ishlarini baholash mezonlaridan biri sifatida foydalansinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun tegishli malakaga ega boʻlgan maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari oʻtkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega boʻlgan mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga muvofiq foyda soligʻini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga va qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan investitsiyalar summasiga kamaytirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import boʻyicha bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar roʻyxatiga laboratoriya tadqiqotlarida va mahsulotlarni testdan oʻtkazishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ularga ehtiyot qismlarni bir oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzstandart” agentligi xalqaro sifat standartlarini joriy etgan korxonalar reyestrining ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ishlab chiqarishlarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha korxonalar tajribasini har oyda ommaviy axborot vositalarida yoritib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 19-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundaga 173-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhning yangilangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rozuqulov U.U.‎

—‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari‎
Abduvaliyev A.A.‎ —‎ “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari‎
Badalov S.S.‎ —‎ Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri‎
Tursunov A.Q.‎ —‎ Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining shoʻba mudiri‎
Toʻlaganov Sh.A‎. —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari
Fayzullayev �.N.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Tursunov Y.E.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Gadoyev E.F.‎ —‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Xayrullayev Sh.Sh.‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Daliyev A.Sh.‎ —‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Shayxov A.E.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi‎
Qodirov D.B.‎ —‎ Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi‎
Mustafoyev A.P.‎ —‎ “Oʻzstandart” agentligining sifat-menejmenti tizimlarini joriy etish boʻlim boshligʻi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ishchi guruh tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 173-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) 2-bandi, 3-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda) 1-ilovaning 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 297-modda, 46-son, 498-modda, 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; 2017-y., 23-son, 473-modda)