OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
BUDJET TAShKILOTLARI TOMONIDAN VAQTINChA FOYDALANILMAYOTGAN DAVLAT MULKINI BOShQA KORXONA VA TAShKILOTLARGA IJARAGA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 10-iyunda 869-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 15-son, 186-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 23-noyabrdagi 88-son va 1999-yil 29-noyabrdagi 17-son bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini boshqa korxona va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 869, 2000-yil 7-yanvar) (Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 1-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2001-yil 6-sentabrdagi 102 va 10-1-262-son “Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini boshqa korxona va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori (roʻyxat raqami 869-1, 2001-yil 10-sentabr) (Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2001-yil, 17-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-iyun,
59-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-iyun,
01-16-18/13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 275-modda)